Yangi yildan elektr energiyasiga cheklov kiritilishi mumkin

450
0
OLYMPUS DIGITAL CAMERA

To’qtag’ul GESi quvvati ikki barabobarga – 1200 megavattdan 600 megavattga – pasayib ketdi. Bu haqida “Elektr santsiyalari” OAJning bosh direktor o’rinbosari Uzoq Qidirboev 29 dekabr kuni Bishkekda bo’lib o’tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 28 dekabr kuni tonggi 7lar chamasida To’qtag’ul GESida avariya holati vujudga kelgan, bunga kabellerdan yog’ tomayotgani sabab bo’lgan va ikkita generator o’chirilgan.

Hodisa sababli vazirlik mamlakat bo’yicha elektr energiyasi iste’moliga cheklov kiritib, 235 megavatt-soatdan oshirmaslik to’g’risida qaror qabul qildi. GESdagi favqulotda vaziyatni bartaraf qilishi uchun chet eldan mutaxassislar chaqirtirilgan. Ta’mirlash ishlari ikki-uch haftaga cho’zilishi aytilmoqda.

Iqtisodiyot vaziri o’rinbosari Oybek Kaliev, elektr energiyasidagi etishmovchilikni import hisobiga bartaraf qilish bo’yicha muzokaralar boshlab yuborilganini ma’lum qildi. Shuningdek u, muammoni bartaraf qilish uchun Rossiyadan mutaxassislar etib kelganini qo’shimchalab o’tdi.

“Bundan tashqari, bizning mutaxassislar zarur ehtiyot qismlarni olib kelish uchun Xitoyga jo’nab ketishdi. Ta’mirlash ishlari 2-3 haftaga cho’zilishi mumkin. Biz elektr energiyasini chetdan sotib olish masalasini ko’rib chiqa boshladik. Hozir sutkasiga tahminan 6 million klavat-soat elektr energiyasi etishmayapti. Bayram kunlari elektr ta’minotida uzilishlar bo’lmaydi. Ammo yangi yildan boshlab cheklov kiritilishi mumkin”, – dedi Kaliev.

Turkiston:

Yangi yilni kutib olish uchun bir hafta mamlakat bo’ylab elektr energiyasi uzluksiz berib turilishi e’lon qilindi. Demak elektr etkazib berish sistemasi ishlashga layoqatli. Agar avariya holati yuz bergan bo’lsa, bu uskunalar ularga yangi yilni bayramlab olishlariga yoki saylovlar kelib qolganida uni o’tkazib olishi uchun vaqtincha imkoniyat berib turgan bo’larmidi.

Muammo elektr tarmoqlarining holdan toyganida emas. Balki elektr energiyasi uchun narx navoni ko’tarib olish qasd qilinganida. Buning uchun ular sun’iy muammolar paydo qilib, xalqni elektrsiz qiyin ahvolda ushdab turish bilan, narx navoni ko’tarishlariga rozi qilishadi. Keyin ko’shimcha tushgan pullardan yana hech narsani o’zgartirmay eski elektr tarmoqlarini ishlataverishadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.