Tojikiston havo bazalaridan hind askarlari foydalanmoqda

548
0
The Prime Minister, Shri Narendra Modi interacting with the Indian soldiers at the India-Tajik Friendship Hospital, in Quarghan Teppa, Dushanbe, Tajikistan on July 13, 2015.

Tojikiston harbiy havo bazalarida Rossiya qo’shinlari bilan bir qatorda Hindiston harbiy kuchlari ham joylashtirilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarga ko’ra, hind askarlari sonining orttirilishi ikki mamlakat o’rtasidagi kelishuvga binoan amalga oshirilmoqda.

Dmitriy Lavrentev imzosi bilan “eurasianews.info” elektron sahifasida chop etilgan xabarda aytilishicha, Xatlon harbiy garnizonidagi kasalxonada 73 hind harbiy tibbiyot xodimi faoliyat yuritmoqda. Bu harbiy shifoxona 2014 yilda shaxsan Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov ishtirokida ochilgan edi.

Bundan tashqari, xabarda so’z yuritilgan “Tojik-Hind” do’stligining zaruriy jihati sifatida Sadriddin ayniy harbiy havo bazasida 100 nafar hind harbiy xodimlari faoliyat yuritayotganligi haqida ham aytiladi. Tojikiston hukumatining ma’lum qilishicha, Hindiston harbiy xizmatchilari tojik uchuvchilariga ta’lim berish sohasida va boshqa texnik yordam sohalarida faoliyat yuritmoqda.

Hozirgi kunda Tojikiston havo kuchlari Chexiya mahsuloti bo’lgan 4 L-39 o’quv samolyoti, 7 dona Mi-8 va uch dona Mi-24 vertolyotlarga sohibdir. Tojikiston ommaviy axborot vositalari Tojik ofitserlarining malakasini takomillashtirishga ehtiyoj mavjudligini olg’a surib keladi.

Rasmiy Dushanbe hukumati mashhur xalq yozuvchisi Sadriddin Ayniy nomi berilgan harbiy havo bazasida hind harbiy xodimlaridan boshqasining mavjud bo’lishiga aslo izn bermaydi. Buning sababi esa 2012 yilda 70 million dollar xarajat bilan faoliyat qila boshlagan harbiy baza Hindistonning moliyaviy va texnik yordami bilan qayta yangilanganligidir. Hindiston yordamni harbiy jihatdan foydalanish huquqini qo’lga kiritish uchun bergan edi.

Dunyodagi barcha turli samolyotlarning uchib qo’nishi mumkin bo’lgan Ayniy harbiy aerodromida uchish-qo’nish yo’lagining uzunligi 3200 metrdir. Aerodrom zamonaviy texnik va boshqa vositalari bilan jihozlangan. Ammo Hindiston tomoni bu havo bazasidan qanday maqsadda foydalanishi hozircha aniq emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.