Shoygu: Rossiya “IShID”ga qarshi kurashish uchun Qirg’iziston armiyasini qayta qurollantiradi

393
0

Afg’oniston yo’nalishida “IShID” va boshqa terroristik tashkilotlarga qarshi kurashish uchun Rossiya Qirg’izistonga harbiy-texnik yordam ko’rsatib kelmoqda. Bu haqida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Qirg’iziston qurolli kuchlar bosh shtabi rahbari Janibek Kaparov bilan Moskvada bo’lib o’tgan uchrashuvi chog’ida ma’lum qildi.

“(Afg’oniston yo’nalishi bo’yicha) yuzaga kelayotgan tahdidlarga qarshi turishi uchun Qirg’iziston qurolli kuchlarini qayta jihozlash bo’yicha rejalarni bajarish bo’yicha qo’limizdan kelgan barcha choralarni ko’ryapmiz”, – dedi Shoygu.

Shoyguning so’zlariga ko’ra, “tahdidlar haqiqatdan ham mavjud”. “Biz ularni ko’ryapmiz. O’ylaymanki, sizlar ham (ko’rib turibsizlar)”, -dedi vazir.

Shoyguning qayd etishicha, Rossiya “Rossiya harbiy ta’lim muassasalarida Qirg’iziston qurolli kuchlari mutaxassislarini tayyorlash, Rossiya harbiy bazasini kuchaytirish, aviatsiya guruhlari, qurol-yaroq va harbiy texnikalarni etkazib berish bilan bog’lik barcha vazifalarni to’liq bajarib kelmoqda”.

“Umid qilamanki, – dedi Shoygu – bularning barchasi bugun mavjud bo’lgan tahdidlarga qarshi turishda ijobiy samara beradi”.

Shoygu hamkorlikdagi sa’y-harakatlar “Qirg’izistonga bu tahdidlarga qarshi himoya tizimini yaratish imkonini berishiga”, ishonch bildirdi.

Turkiston:

Qirg’iz armiyasi o’z harbiy quvvatini Rossiya texnikalarini sotib olish bilan bir necha barobar quvvatlantirgan taqdirida ham, tashqi tahdidlardan o’zini himoya qila olmaydi. Rossiya unga oxirgi dunyo talabiga javob beradigan texnikalarni bermaydi. Aksincha, arzon, eski va zaxirasida turib ishlash muddati o’tib bo’lgan texnikalarini qimmat narxlar bilan o’tkazib, Qirg’izistonni qarziga yana qo’shimcha qarz yozib qo’yadi.

Afg’oniston haqidagi vahimalari esa yolg’on. U erdagi islomiy quvvatlar mobodo biz tomon harakatlanishsa ham, faqat Qirg’izistondagi Rus quvvatlarining mavjudligi sababli yoki Qirg’izistonni Rossiyaga harbiy imkoniyatlarni keng yaratib berayotgani sababli, Qirg’izistonga hujum qilishlik bilan Rossiyaga zarba berayapmiz degan tushuncha ularni biz tomon provokatsiya qilishi mumkin.

Shuning uchun, hozirda Rossiyadan olinadigan har qanday harbiy yordam musulmon olamini, qirg’iz mamlakatiga qarshi provokatsiya qilib boraveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.