Amerika IShIDga qarshi kurashish uchun Germaniyadan qo’shimcha yordam so’ramoqda

400
0

Germaniyada chiqadigan «Der Spiegel» jurnalining o’tgan shanba kungi xabariga ko’ra, Germaniya parlamenti Suriyadagi harbiy kampaniyaga qo’shilishga rozilik berganidan keyin Qo’shma Shtatlar Germaniyadan IShID tashkilotiga qarshi kurashda qo’shimcha yordam ko’rsatishni talab qildi.

Xabarda aytilishicha, Amerika mudofaa vaziri Eshton Karter Berlinga maktub yo’llab, undan bu kampaniyada harbiy tomondan ko’proq hissa qo’shishni talab qilgan.

Ayni paytda Germaniyaning hissasi oltita Tornado razvedka samolyotlari, Frantsiyaning Sharl de Goll avianosetslarini qo’riqlaydigan Fregat, yonilg’i bilan ta’minlaydigan samolyotlar va 1200 nafar askarni o’z ichiga oladi.

Bu kuchlarni safarbar qilish, Frantsiya hukumatining ekstremistlar tomonidan sodir etilgan va 130 nafar insonni halok bo’lishiga sabab bo’lgan Parij hujumlari ortidan qilgan talabiga bevosita javob sifatida amalga olirildi. Ammo Germaniyaning o’zi Suriyada havo zarbalari berishni rejalashtirayotgani yo’q. Germaniya mudofaa vazirligi Qo’shma Shtatlardan maktub olganini tasdiqladi va maktub mazmunidagi talablar o’rganib chiqilayotganini bildirdi, ammo batafsil bayon qilishni istamadi (Reyter axborot agentligi).

Roya gazetasi sharhi:

Amerika Germaniya kabi davlatlarning o’z etovidagi koalitsiyaga qo’shilishlarini istamoqda. IShID tashkilotida gavdalanuvchi tahdidni, ayniqsa, Yevropaga bo’lgan tahdidni bahona qilib, bu davlatlarning hammasini o’z qanoti ostiga kirishlarini xohlayapti.

Reyter axborot agentligi o’tgan yakshanba kuni Germaniya kantsleri Angela Merkelning Amerika talabini rad etganini xabar qildi. Biroq Reyter uning bu xabarini to’g’ridan-to’g’ri keltirmadi. Merkel Amerika talabi bilan bog’liq Germaniya jurnali hisoboti to’g’risida so’ralganda Zi-Di-Ef telekanaliga bergan intervyusida jumladan bunday dedi: «Ishonamanki, Germaniya o’z burchini ado etmoqda va yaqin orada ayni masala to’g’risida so’z ochishimizga zarurat yo’q».

Roya gazetasining 2015 yil 16 dekabr chorshanba kungi 56-sonidan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.