Kerri: Rossiyadan sanktsiyalar Minsk kelishuvlari bajarilishi bilanoq olinadi

1194
0

Ukraina bo’yicha Minsk kelishuvlari qanchalik tezroq bajarilsa, Rossiyaga qarshi sanktsiyalar shunchalik tezroq bekor qilinadi, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralardan keyin AQSh Davlat kotibi Jon Kerri. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma’lum qildi.

“Shuni ta’kidlab o’tmoqchimanki, Minsk kelishuvlari bo’yicha majburiyatlarni amalga oshirish bo’yicha choralar ko’rish kerak va Ukrainadagi ixtilofni hal qilish uchun sa’y-harakatlarni davom ettirish lozim. Minsk kelishuvi qanchalik tez bajarilsa, AQSh va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan kiritgan sanktsiyalari shunchalik tez bekor qilinadi”, deb aytdi Kerri.

Avvalroq Kerri Minsk kelishuvlarining bajarilishi bo’yicha javobgarlik Ukrainadagi ixtilofning barcha tomonlari zimmasida ekanligini aytgan edi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Putin va Kerri o’rtasida bo’lib o’tgan muzokaralarni aniq va mavzuga oid bo’ldi, deb aytdi. Lavrovning aytishicha, uchrashuv chog’ida Suriya masalasi bo’yicha oldinga siljish asosiy vazifa qilib belgilandi.

Turkiston:

Putin 2015 yil yakunida odatdagi matbuot bayonoti vaqtida jurnalistlarning savollariga javob berayotib, Asadni saqlab qolish printsipi haqida gapirib o’tdi. Unda Putin, Asadni hokimiyatdan ketishi yoki qolishini faqat Suriya xalqi hal qiladi dedi. U Kerri bilan shu masala to’g’risida maslahat olib borishgani va shu xulosada ikkovi yakdil fikrda ekanlariga ishora qildi.

AQSh Putinning shu kundagi ichki va tashqi siyosiy tuturiqsiz holatidan, Suriyadagi manfaatlarini ro’yobga chiqarib olishda unumli foydalanib olmoqchi. Putin esa, AQShning iltifotidan umid qilib, hech bo’lmaganda I. Karimovni olamiy embargoga borayotgan sanktsiyalaridan saqlab qolganidek, Rossiyani ham Putinning rejimini ham saqlab qolishidan umidvor.

Lekin Rossiya O’zbekiston emas. U o’zini tiklay boshlashi bilan yana olamiy gegemonlik sari harakatlanaveradi. Putin esa, otdan tushsa ham egardan tushgani yo’q. U egardan tusha olmaydi ham. Rossiya etakchi guruhi uni yo’q qilib yuborishi mumkin. Putin endigi siyosiy umri mobaynida, urush qilaverishga harakat qiladi. U AQSh ruxsat bergan va xalqaro siyosatda qo’llab turishni va’da qilgan barcha imkoniyatdan foydalanib, urushlarga kirishaveradi. Soddaroq aytganda Rossiya AQShning himoyachi iti vazifasiga o’zini taklif qilyapti. Ichki siyosatida ham, faqat harbiylarga tayanadi, hozirgi ketuvida uning boshqa imkoniyati yo’q.

Turkiya Rossiya samolyotini urib tushurganida, Rossiya AQShning yashirincha bergan va’dasiga ishonib avval katta shov shuv ko’tarib yubordi. Keyin esa, AQSh NATO orqali Turkiyani qo’llab yubordi. Putin o’ta noqulay ahvolda qoldi. Turkiya Rossiyaga tahdid qila boshladi. Rossiya esa, Turkiyadan kirib kelayotgan pomidorlarni orqaga qaytarish bilan javob qaytarganga o’xshagan bir qator harakatlar bilan butun dunyo oldida sharmanda bo’ldi. Buning bilan AQSh Rossiyaga o’z o’rnini ko’rsatib qo’ydi.

Endi Kerri Putindan, bo’lib o’tgan hodisalardan qanday xulosalar chiqarib olganini tekshirish uchun va ba’zi bir matbuot tarmoqlari aytishayotganidek “kapitulyatsiyani qabul qilib olish uchun keldi”. Lekin Rossiya AQShning faqat iflos ishlarini bajarib yuruvchi harbiy mashinasi bo’lib kun ko’radi. Asadni saqlash majburiyati emas, Putin o’zi Asadning o’rniga tushib borayotgani bois, o’zini saqlash uchun harakatlanish degan yangi programma qabul qildi. Putin Kerri oldida shu majburiyatni o’z zimmasiga olib, o’z rejimi hayotini AQShning ixtiyoriga topshiradi. Rossiya AQShning mustamlakasi bo’lish tomonga dastlabki yana bir qadam tashladi desak bo’laveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.