Yana bir harbiy koalitsiya tuzildi

612
0

AQSh prezidenti Barak Obama terrorizmga qarshi kurash niqobi ostida Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashida faqat o’zining moddiy quvvatiga suyanish ijobiy natijalarga olib kelmasligiga amin bo’ldi. Uni bu xulosaga kelishiga kufr davlatlari biror islomiy yurtga bostirib kirishidan oldin o’zaro kurashayotgan islomiy harakatlarni umumiy dushmanga qarshi birlashishlari sabab bo’ldi.

Shu sababli ham AQSh mazkur kurashda islomiy yurtlardagi malay hokimlarni ham jalb qilib, Islom diniga qarshi olib borayotgan urushida “sopini o’zidan chiqarishga” e’tibor qarata boshladi. AQShning bu pozitsiyasi Barak Obamaning 2015 yil 20 yanvarda so’zlagan nutqida o’z ifodasini topgan edi.

“Terrorchilarni ta’qib qilishda va ularning tarmoqlarini zararsizlantirishda davom etamiz. Birlashib ish yuritish haq-huquqini saqlab qolamiz. Biz amerikaliklarning Afg’oniston vodiylarida aylanib soqchilik qilishlari o’rniga afg’onlarning xavsizlik kuchlarini mashqdan o’tkazdik, hozir bu kuchlar boshqaruv tizginlarini o’z qo’liga olmoqda… Katta sondagi quruqlik kuchlarini xorijga yuborish o’rniga janubiy Osiyodan tortib shimoliy Afrikagacha bo’lgan davlatlar bilan sherikchilik doirasida hamkorlik qilyapmiz. Amerikaga tahdid solayotgan terrorchilarni tinch boshpanalardan mahrum qilish uchun shunday qilmoqdamiz”, – degan edi.

Barak Obamaning chaqiriqlariga “labbay” deb javob bergan islomiy yurtlar hokimlari Islom diniga qarshi kurashda yangi koalitsiya tuzishdi.

Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon Al-Saudning ma’lum qilishicha, terrorchilikka qarshi kurashni yanada kuchaytirish uchun 34 ta musulmon davlatidan iborat yangi harbiy koalitsiya tuzildi.

Uning so’zlariga ko’ra, yangi barpo etilgan harbiy koalitsiya birgina “Islom davlati” tashkilotiga emas, balki boshqa terrorchi guruhlarga ham qarshi kurashish maqsadida tuzildi.

Yangi aksilterrorchilik ittifoqi kuchlari Ar-Riyoddan boshqariladi. Ta’kidlanishicha, koalitsiya 72 soat ichida tuzilgan.

Koalitsiyaga Saudiya Arabistoni, Iordaniya, BAA, Pokiston, Bangladesh, Bahrayn, Benin, Turkiya, Chad, Togo, Tunis, Jibuti, Senegal, Sudan, Serra-Leone, Somali, Gabon, Gvineya, Falastin, Komor Orollari, Qatar, Kot-d’Ivuar, Kuvayt, Livan, Liviya, Mali, Maldiv Respublikasi, Malayziya, Misr, Marokash, Mavritaniya, Niger, Nigeriya va Yaman kirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.