Rossiya bilan hamkorlik qilish juda xavfli

464
0

Rossiya bilan hamkorlik qilish juda xavfli

0hizbBishkekdagi turmadan ayrim musulmonlarning qochishi ortidan qirg’iz militsiyasi butun yurt bo’ylab keng ko’lamda qidiruv ishlarini boshlab yubordi. Bu jinoyat hukumat, mahalliy axborot vositalari va ekspertlar tomonidan Islom va musulmonlarga qarshi keng ko’lamda axborot hujumi olib borilishida juda ham qo’l keldi.

Qirg’iziston hukumati Rossiyaning bosimi ortidan Islom va musulmonlarga qarshi g’oyat xavfli choralar ko’rishga kirishdi. 2006 yilda ham shunga o’xshash ish bo’lgan edi. O’shanda Bakiev prezidentligi davri edi. Bakiev yurtda o’z hukmronligini kuchaytirib olgach, musulmonlarga qarshi repressiv tadbir-choralar qo’llay boshladi. O’sha paytda Rafiq qori Kamolov ham hukumat tomonidan jismonan yo’q qilindi. Bosh vazir o’rinbosari bo’lib ishlagan Madumarov esa ramazon hayiti kuni Novqat shahrida tartibsizliklar keltirib chiqargan edi. Hozirgi amaldagi prezident Atambaev va hukumat lavozimlarida ishlayotgan rahbarlar o’sha paytda «hukumat qanday qilib odamlarni faqat Allohu Akbar, deganlari uchun qamoqqa tashlaydi», deyishgan edi.

Hukumat 2015 yilning boshida marhum Rafiq qorining o’g’li Rashod qori Kamolovni hibsga oldi va hamon uni hibsda saqlab kelmoqda. Rashod qori ustidan olib borilayotgan sud jarayoni xuddi Bakiev hukumati davrida olib borilgan sud jarayonlari bilan bir xil ketmoqda. Bularga qo’shimcha, hukumat musulmonlarni yo’ldan urib, ularga ayblov yopishtirish maqsadida Qirg’iziston Shimolida provokatsion harakatlarni olib bormoqda. Bu yo’lda bir necha shaxslarni terrorchilar, degan da’vo bilan o’ldirib yuborgan bo’lsa, bir qanchasini qamoqqa oldi. Yaqinda to’qqiz kishining turmadan qochgani, qochish paytida mahbuslar tomonidan qamoqxonaning uch qo’riqchisi o’ldirilgani va mahbuslar yaralagan yana bir zobit esa kasalxonada vafot etgani to’g’risida xabarlar tarqadi.

Hukumat har safar shunga o’xshash hodisalar ortidan bir necha musulmonni qamoqqa olmoqda yoki turli xil yo’llar bilan ta’qib qilmoqda. Birgina musulmonga qilingan tuhmat natijasida minglab musulmonlar ta’qib qilinmoqda.

Yaqinda Qirg’iziston prezidenti ma’muriyati rahbari Daniyar Narimbaev poraxo’rlik va xizmat vazifasini suiste’mol qilganlikda ayblanib qamoqqa olindi. Unga nisbatan qo’zg’atilgan jinoiy ishlarning barchasi bosti-bosti qilinadi. Bu masalada prezident ham, uning ma’muriyati mulozimlari ham hech qanday – hatto ma’naviy – javobgarlikni ham bo’yniga olmaydi. Bir necha deputatlar, parlament spikerlari, organ xodimlari, prokuratura xodimlari va sudyalar «jinoyatchilik», degan spektakl manzarasida qamoqqa olinmoqda va buni hamma ko’rib-bilib turibdi. Biroq hukumat ham, axborot vositalari ham, ekspertlar ham bu jinoyatchilarga qarshi axborot urushini olib borishgani yo’q.

Biz nima uchun bunday poraxo’r rahbarlarga hamda ularning Islom va musulmonlarga nisbatan yopishtirayotgan tuhmat va bo’htonlariga ishonishimiz kerak?! Nima uchun ba’zi bir musulmonlar sodir etgan jinoyat sababli Islom va musulmonlar ayblanishi kerak?! Nima uchun bu hukumatga va uning mulozimlariga nisbatan – ular sodir etgan jinoyatlar sababli – o’z ishonchsizligimizni ochiq bildirmaymiz?! Holbuki ularning ba’zilari «Biz Islomni o’ziga yashash tarzi qilib olayotgan musulmonlarni yo’q qilishimiz lozim», deya ochiq bayonot berayotgan bo’lsa.

Qirg’iziston hukumatining ayni ishlari millatchilik harakatlari tamoillariga juda o’xshab ketadi. Chunki bu harakatlar bir millat vakili tomonidan sodir etilgan jinoyat uchun, o’sha millat vakillarining barchasi javobgar deb biladi. Rossiyaning Islom va Musulmonlarga nisbatan bo’lgan munosabati mana shu millatchilik printsiplari asosida olib borilmoqda.

Bu hukumat jinoyatlarni amalga oshirib, so’ng ularni musulmonlarga yopishtirishga urinishi bilan Putin rejimi ko’rsatmalariga ergashmoqda. Bularning barchasi terrorizm va ekstremizmga qarshi qattiqroq choralar belgilaydigan qonunlar qabul qilishga zamin tayyorlash maqsadida amalga oshirilmoqda desak adashmaymiz.

Qirg’iz hukumati Rossiya bosimi ostida qolganiga aslo shubha yo’q. Shuning uchun biz bu mintaqa hukumatlarini ogohlantirib, ularga – bir oz kutinglar, Allohning izni ila Rossiya yaqinda butunlay emiriladi! deymiz. Haqiqatdan ham u amalda qulamoqda. Biroq Putin urushga kirishish bilan o’z mag’lubiyatini yashirishga urinmoqda. Agar sizlar ham Rossiya bilan uning Islom va musulmonlarga qarshi urushida bir safda turgan bo’lsangiz, shoshilmanglar, buning oqibati sizlar uchun falokat bo’lgay!

Biz Qirg’izistondagi Hizb ut-Tahrir a’zolari hukumatni Islom va musulmonlarga qarshi urushda tayyor qurol bo’lishdan tiyilishga chaqiramiz. Sizlarning ayrim shaxslar qilgan jinoyati sababli boshqalarga ham jinoyatchi degan nuqtai nazarda qarayotganingiz, xuddi anavi «Islomiy Davlat» chiqarayotgan «takfir fatvosi»ga o’xshaydi. Chunki ular ham armiyadagi bitta askar amalga oshirgan ishni deb, butun askarlarni kofir deb hisoblashmoqda. Hozir Rossiya ham juda tang ahvolda. U har qanday vaqtda birorta yordam ko’rsatmay, qo’llab-quvvatlamay, sizlarni ichki urushlarda tashlab ketadi. Sizlar esa Rossiyani qo’llab-quvvatlaydigan bo’lsangiz, Afg’oniston mujohidlari tomonidan Rossiyaning bir bo’lagi sifatida sizlarga qarshi boshlaydigan hujumlariga nishon bo’lishingiz mumkin.

Sizlarning – Rossiyani qo’llab-quvvatlash orqali yurtga taraqqiyot olib kelamiz, degan umidingiz ham, shu yo’ldagi sa’y-harakatlaringiz ham ertaga yomon oqibatlarga olib kelishi muqarrar.

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi raisi

Rasmiy sayt: http://hizb-turkiston.net

Elektrot pochta: webmaster@hizb-turkiston.net

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.