Suriya maydonidagi oxirgi voqealar

482
0

Suriya maydonidagi oxirgi voqealar

Parij hujumlarining ularga aloqasi bormi?

Savol:

Suriyadagi muhit, ayniqsa ruslarning Suriyaga qarshi vahshiyona bosqinchiligidan keyingi muhit Amerika, Rossiya, Suriya va bulardan boshqa davlatlar samolyotlari uchun harbiy maydonga hamda harbiy kurashga aylanib qoldi. Ayni vaqtda Vena-1, Vena-2 va Vena-3 so’zlashuvlari hamda ikkinchi darajali so’zlashuvlar ham avj oldi. Mening savolim quyidagicha: nega bu samolyotlar o’rtasida havoda harbiy to’qnashuv yuz bermadi? Axir ular turli davlatlarga qarashli bo’lsa? Nega harbiy ishlar jadallashishi bilan bir vaqtda siyosiy ishlar avj olishi ham yuz berdi? Suriya mavzusi bo’yicha kutilayotgan echim nimadan iborat? 2015 yil 14 noyabrda Vena-3 so’zlashuvlari o’tkazilishidan bir necha soat oldin Parijda 2015 yil 13 noyabr juma kuni ro’y bergan hujumlarning Suriya mavzusi bo’yicha kutilayotgan echimga ta’siri bormi? Yoki bu hujumlarning bu mavzuga aloqasi yo’qmi va so’zlashuvlar bilan hujumlarning bir vaqtga to’g’ri kelib qolgani bir tasodif bo’ldimi? Men javob berishingizni iltimos qilaman. Lekin siyosiy tahlilga o’ta sho’ng’imay, balki menga va odamlar ommasiga oson tushunarli bo’lgan sodda, oddiy javob berishingizni iltimos qilaman. Alloh sizga butun yaxshilikni mukofot aylasin.

Javob:

Javob berishni savoldagi oxirgi so’zingizdan boshlayman. Agar javob sodda, oddiy bo’lsin deyishdan uning hech qanday tushunarsizlik yoki noaniqlik bo’lmagan aniq bo’lishi, yorqin dalolatli lafzlar bilan bo’lishi ko’zda tutilayotgan bo’lsa bu – xoh nashra bo’lsin yoki bayonot va savolga javob bo’lsin – biz chiqarayotgan nashrlar ajralib turgan xususiyatlardir. Ammo agar javob sodda, oddiy bo’lsin deyishdan maqsad masalalarning muqaddimalari va oqibatlarini o’rganib chiqmaslik, ularning voqesini va sabablarini chuqur bilib olmaslik bo’lsa u holda bu siyosiy krizislarda bo’lmaydi, ya’ni siyosiy krizislarda bunday yondashilmaydi. Chunki javob ko’proq rost yoki to’g’ri deb gumon qilinadigan ma’lumotlar asosiga qurilishi lozim. Bu (ya’ni gumonda rost yoki to’g’ri degan ra’y g’olib bo’lishi) esa – agar voqeni, uning omillarini, sababchilarini, unga aloqador dalillarni o’rganib chiqilmaydigan bo’lsa – to’g’ri bo’lmaydi. Biz o’zimiz chiqarayotgan nashrlarda bundan saqlanamiz, balki javobning to’g’ri bo’lishiga kuchimiz etganicha qattiq urinamiz. Bu javobimizni o’qib chiqish bilan bizning ray’imiz insha Alloh rost va to’g’riligini ehtimol aniq bilib olarsiz. Savollaringizga javob quyidagichadir:

Birinchi: samolyotlarning to’qnashmayotgani mavzusi:

To’g’ri, bu davlatlar nomlari ham, pozitsiyalari ham turlicha bo’lgan davlatlardir. Lekin ularning «muallimi» Suriyadagi krizis mavzusida bittadir. Shuning uchun rejalar va hatto fitna iplari ham aniq belgilangandir. Buni sizga quyidagicha tushuntiraman: 1 – Suriyadagi rejim haqida aytadigan bo’lsa, u Amerikaning sodiq malayidir. Bashar davrida ham, uning otasi davrida ham bu rejim Amerikaning sodiq malayi bo’lib keldi va shunday bo’lib qolmoqda. Chunki bu rejim Amerika manfaatlarini va yahud davlati manfaatlarini qo’riqlab kelmoqda. Hofiz Asad Jo’lon tepaligini tashlab chiqib uni yahudiylarga qo’sh-qo’llab topshirdi, qirq yil davomida uni yahudiylar uchun tinch mintaqaga aylantirdi. 1991 yil ikkinchi Ko’rfaz urushi chog’ida Amerika koalitsiyasida ishtirok etdi. Mintaqada Amerika idora qilayotgan so’zlashuvlar va til biriktiruvlarda bu rejim Amerika siyosatiga muntazam ravishda butunlay bo’ysungan yugurdak qurollaridan biri bo’lib keldi… Mana shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, Suriya aviatsiyasining odamlarga hujum qilishi Amerika siyosati doirasida bo’ladi. Shuning uchun Suriya samolyotlari Amerika samolyotlariga yaqin yo’lamaydi. Balki o’zining vazifalarini chizib berilgan reja doirasida ado etadi. O’tgan yili Suriyada Amerika koalitsiyasining harbiy amaliyotlari boshlangan paytda bu amaliyotlar boshlanishi haqida rejimga ma’lumot berilgani to’g’risida xabar tarqaldi. Bularning barchasi ortiqcha tushuntirib o’tirishga hojat qoldirmaydi.

2 – Ruslarning Suriyaga qilgan bosqinchiligiga kelsak, u Amerika bilan kelishuv asosida va ikki tomon samolyotlari o’rtasida harakatlarni o’zaro muvofiqlashtirish bilan bo’lmoqda. Biz buni shu mavzu bo’yicha 2015 yil 11 oktyabrda chiqargan nashramizda aniq bayon qilgan edik. Undan shunga aloqador ba’zi narsalarni sizga keltirib o’taman: «… Butun falokat mana shundadir. Chunki Amerika o’zini zohirda qo’zg’olonchilar bilan birga qilib ko’rsatmoqda. Shuning uchun qo’zg’olonchilarga qarshi ochiq jang qilish Amerikaga qiyindir. Qo’zg’olonchilar esa rejimga zarar etkazishdi. Amerikaning eski malayi o’rniga keladigan yangi malayi esa hali «pishib-etilgani» yo’q. Shuning uchun Rossiyaning qo’li bilan mana shu olovli, iflos o’yin boshlandi. Rossiyaning roli rejimni ochiq-oshkor qo’llab-quvvatlash va qo’zg’olonchilarga qarshi ochiq urush qilishdir. Qo’zg’olonchilarga qarshi urush qilish uchun Rossiyaning oqlovchi bahonasi bor. Shuning uchun rejim Amerikaning buyrug’i bilan Rossiyani yordamga chaqirishga tayyor turdi va shunday ham bo’ldi. Chunki Rossiya Suriyada Amerikaga xizmat qilish uchun bu yovuz, iflos rolni o’ynashga rozi bo’ldi! Rus aviatsiyasining havodan, dengizdan va hatto o’zlarining bazalaridan turib quruqlikdan qilayotgan hujumlari Amerika bilan kelishuv asosida bo’lmoqda. Ikki davlatning harbiy samolyotlari bitta osmonda uchadigan bo’lsa bu uchish yo ikkala davlat o’rtasidagi ikki do’st sifatidagi kelishuv bilan bo’ladi yoki ikki dushman sifatida ularning o’rtasidagi urushda bo’ladi. Bunda ikkalasi har qanday urushda bo’lganidek bir-biri bilan to’qnashadi, bir-biriga raketa otadi. Bunday bo’lmasa ikkalasi do’stlar sifatida bitta maqsadga erishish uchun osmonda o’zaro hamkorlik qilishadi. Ikkala taraf berayotgan bayonotlar bu hamkorlikni isbotlab turibdi: «Rus tashqi ishlar vazirligi o’zining elektron saytida 2015 yil 8 oktyabr payshanbada nashr qilgan bayonotda «Rus prezidenti Putin va uning amerikalik hamkasbi Barak Obamaning BMT Bosh Assambleyasi yig’inidan tashqari uchrashuvlari yakunida qilgan taklifiga muvofiq ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Suriyadagi vaziyatni hal qilish yo’llarini muhokama qilishni oxiriga etkazishdi. Jumladan Suriya osmonida hodisalar yuz berishining oldini olish va Suriya bo’yicha siyosiy echim amaliyotini 2012 yil 30 iyundagi Jeneva bayonotiga muvofiq kuchaytirish zarurligi ham muhokama qilindi» deb bildirdi. Bayonotda ikkala vazirning «Ukraina bo’yicha 12 fevralda imzolangan Minsk kelishuvlarini ijro qilish qadamlarini ham ko’rib chiqishgani» ham aytildi. Hayot: raqamli nusxa, chorshanba, 2015 yil 7 oktyabr». Men quyidagi ma’lumotlarni ham qo’shimcha qilaman:

  1. a) Rossiyaning 2015 yil 30 sentyabrda Suriyaga bosqinchilik qilishidan oldin Obama va Putin 2015 yil 29 sentyabrda uchrashishdi va bu uchrashuv 90 minut davom etdi. Uchrashuvning birinchi qismida Ukraina muammosi muhokama qilingan bo’lsa, qolgan qismida ikkala prezident butun e’tiborni Suriyadagi vaziyatga qaratishdi. Bu uchrashuv natijalari tezda ko’rindi. «2015 yil 30 sentyabrda rus dumasi Putinning Suriyada rus harbiy havo kuchlarini qo’llash haqidagi talabini bir ovozdan ma’qulladi». (Rusiyal Yavm 2015 yil 30 sentyabr).
  2. b) Hatto Rossiyaning Suriyada ko’pgina pozitsiyalarga zarba berishi ham Amerika bilan bo’lgan kelishuv asosida bo’ldi. Chunki Si-En-En 2015 yil 4 oktyabrda quyidagi xabarni tarqatdi: «Rus armiyasi bosh shtabi harbiy mas’uli general Andrey Kartapolov 2015 yil 3 oktyabr shanba oqshomida «Suriyada rus harbiy havo kuchlari tomonidan nishonga olingan mintaqalarning terrorchilar boshpana topgan mintaqalar ekanligi haqida oldinroq Amerika harbiy qo’mondonligi tomonidan Moskvaga ma’lum qilingan edi» deb bildirdi. Ruslarning TASS agentligiga ko’ra bu mas’ul «AQSh o’zaro bog’lanishlar orqali bizni bu mintaqalarda terrorchilardan boshqa hech kim yo’qligi haqida ogohlantirgan edi» deb ham bildirdi».
  3. v) Rus va Amerika samolyotlari o’rtasida Suriya osmonidagi harakatlarning kuchli muvofiqlashtirilgani. Buni hatto mashg’ulot deb ham ataldi: «Amerika mudofaa vazirligi «Pentagon» 2015 yil 3 noyabrda quyidagilarni bildirdi: Amerikaliklar va ruslar o’zlarining Suriya osmonida amaliyotlar o’tkazayotgan samolyotlariga har qanday hodisaning oldini olish uchun bevosita bog’lanish imkonini beradigan mexanizmni muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazishdi. Pentagon matbuot kotibi Jeff Devis «seshanba kuni Amerika qiruvchi samolyotlari rus qiruvchi samolyotlari bilan birgalikda tayyorlab qo’yilgan aloqa vositasini Suriya osmonida sinovdan o’tkazdi» dedi. U bu sinovning «uch daqiqa» davom etib «o’z maqsadlariga erishgani»ga e’tiborni qaratdi». O’z navbatida rus axborot agentligi ham rus qurolli kuchlari generalining quyidagi gaplarini keltirdi: «Amerika va rus harbiy havo kuchlari Suriyada seshanba kuni birgalikda mashg’ulot o’tkazdi». (Arabiyya Net: 2015 yil 3 noyabr).

Shunga ko’ra, demak Amerika va rus samolyotlari barcha tarafdan tinch bo’lgan osmonda harakat qilmoqda: Amerika aviatsiyasi Suriyada tog’ut rejimga ma’lum qilib qo’yib bombardimon qilayotgan bo’lsa, rus aviatsiyasi ham Suriya rejimiga ma’lum qilib bombardimon qilmoqda. Rus samolyotlari Suriya osmonida Amerika bilan bo’lgan kelishuv asosida izg’imoqda. Bu izg’ish Amerika va rus harbiy havo kuchlarining harakatlarni to’liq muvofiqlashtirilishi asosida bo’lmoqda. Shunday qilib demak to’qnashuv kutilmaydi. Chunki Suriya osmonida izg’iyotganlar bir-biriga do’st, ulfatdir. Ularning butun makru hiylasi Islom va musulmonlarga qarshi qaratilgandir.

 ﴿قَاتَلَهُمُ اللَّهُ أَنَّى يُؤْفَكُونَ﴾

«Ularni Alloh la’natlagay! Qanday adashmoqdalar-a!» [Tavba 30]

Ammo agar ikkalasi o’rtasidagi ittifoq buzilsa o’shanda to’qnashuv bo’ladi.

Ikkinchi: siyosiy ishlarning harbiy ishlar bilan bir vaqtda bo’layotgani:

Ma’lumki Suriyadagi rejim Amerikaning bir xor, qaram malayidir. Shuning uchun Amerika Suriyani o’zining manfaatlariga xizmat qiladigan o’z nufuzi ostidagi mintaqa deb hisoblaydi. Amerika hozir Bashar allaqachon qulaganini yoki qulashga yaqin kelib qolganini, shuning uchun Amerika manfaatlariga xizmat qilishga yaramaydigan bir holatda bo’lib qolganini yaxshi tushunib turibdi. Shu bois Amerika uning o’rnini bosadigan yangi malayni qidirmoqda va bu yangi malayni topishidan oldin eskisining qulashidan qo’rqmoqda. Shuning uchun ham Amerika eski malayini turli uslublar bilan, jumladan harbiy ishlar bilan ham qo’llab-quvvatlamoqda. Amerika bu bilan quyidagi ikki ishga erishmoqchi:

Birinchi ish: tog’ut Basharni – u to Amerika uning o’rniga yangi malayni topguniga qadar qulamasligi uchun – qo’llab-quvvatlash. Amerika uning o’rniga yangi malayni topsa o’shanda bo’shliqni Amerika hisoblariga to’g’ri kelmaydigan tariqada to’lg’azish yuz bermaydi. Ikkinchi ish: Suriya ahliga tinimsiz bosim o’tkazib ularni Amerikaning koalitsiya va u mo”tadil deb atayotgan guruhlar hamda rejimning ba’zi yordamchilaridan iborat qo’g’irchoq alternativini qabul qilishga majbur qilish.

Shuning uchun Amerika Suriyada boshchilik qilayotgan harbiy ishlar uslublari turlicha bo’ldi. Eronning yoki uning Hizbining yoki Eron yordamchilarining yoki yaqinda bostirib kirgan rus kuchlarining uslublari turlicha bo’lsa-da barchasi mana shu yo’nalishga xizmat qiladi. Ya’ni eng avvalo Amerika manfaatlarini ro’yobga chiqaradigan va Rossiyani ham jazo choralarini engillatish va Ukraina mavzusi bo’yicha rozi qiladigan siyosiy ishga muhitni tayyorlashga xizmat qiladi. Siyosiy muhitni tayyorlash uchun harbiy ishlar shu tarzda avj oldirilmoqda. Hodisalar jarayonini kuzatilsa bu ish aniq-ravshan bo’ladi. Chunki harbiy amaliyotlar davom etayotgan bir vaqtda uchrashuvlar ham ketma-ket bo’lmoqda:

– 2015 yil 23 oktyabrda to’rtlik: Rossiya, Qo’shma Shtatlar, Saudiya va Turkiya o’rtasidagi birinchi uchrashuv bo’ldi. «Rus tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bunday dedi: «Venada 23 oktyabr juma kuni bo’lib o’tgan to’rtlik: Rossiya, Amerika, Saudiya va Turkiya uchrashuvi qatnashchilari Suriyadagi siyosiy amaliyotni xorijdan qo’llab-quvvatlash mazmuni bo’yicha kelishib olishdi». U barcha vazirlarning Suriyani suveren, ilmoniy, yaxlit davlat sifatida saqlab qolish zarurligini bir ovozdan ma’qullashganini aytdi. Kerri Venadagi to’rtlik vazirlarining uchrashuvini «konstruktiv va samarali» deb atadi. «Blumberg» agentligi Kerrining: Tehron Suriya krizisini hal qilish bo’yicha o’tkaziladigan maxsus muzokaralarga qo’shilish uchun taklifnoma olishi mumkin, degan gapini keltirdi…» (Rusiyal Yavm 2015 yil 23 oktyabr).

 – 2015 yil 29 oktyarbda esa bu to’rtlikning ikkinchi uchrashuvi bo’lib o’tdi. «Venada 2015 yil 30 oktyabr payshanba-juma tunida to’rtlik uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda Saudiya, Turkiya, Rossiya va Qo’shma Shtatlarning tashqi ishlar vazirlari to’planib Suriyadagi krizisga chek qo’yadigan siyosiy echim yo’llarini muhokama qilishdi. Lekin to’rtlik vazirlari uchrashuv yakunlanganidan keyin axborot vositalari uchun hech qanday bayonot berishmadi… Bundan oldin Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri o’zining eronlik hamkasbi Muhammad Javod Zarif bilan uchrashgan edi. Uning aytishicha Vena so’zlashuvlari tez siyosiy echimga olib bormaydi, lekin bu so’zlashuvlar Suriyani jahannamdan qutqazish uchun eng yaxshi fursat bo’lishi mumkin». (Arabiyya Net 2015 yil 29 oktyabr).

Bunda Amerikaning o’zi bilan ittifoqchilari va tobelari: Rossiya, Turkiya, Saudiya va Eron o’rtasida uchrashuvlar bo’lishiga zo’r berib intilayotgani ko’rinib turibdi. Bundan maqsadi bu guruhni to’lg’azish va ana shundan keyin Amerika rejalarini Yevropaning tashvish tug’dirishlarisiz bemalol yurgizishdir! Shuning uchun Amerika Eronni bu uchrashuvlarga taklif qilishga zo’r berib urindi: «Amerika 2015 yil 27 oktyarbda Eronga Venadagi uchrashuvda qatnashish taklifini yo’llaganini e’lon qildi. Eron tashqi ishlar vazirligi vakilasi Marziyya Afxam darhol «Biz bu taklifni oldik va tashqi ishlar vazirining bu so’zlashuvlarda ishtirok etishiga qaror qilindi» deb bildirdi. (Sharqul Avsat 2015 yil 28 oktyabr). Ish shundangina iborat bo’lmadi, balki Amerika Yevropani – uning muzokaralar chog’ida tashvish tug’dirishidan xalos bo’lish uchun va ana shundan keyin muzokaralar o’zining ittifoqchilari va tobelari ishtirokida davom etishi uchun – birinchi uchrashuvlardan yiroqlatishga urindi. Frantsiya bundan tashvishga tushdi. Shuning uchun qarshi munosabat bildirish sifatida frantsuz tashqi ishlar vaziri 2015 yil 27 oktyabrda «kechki ovqat»ga chaqirdi. Fabius «kechki ovqat» tashqi ishlar vazirligi qarorgohida o’tkazilishini, unda Frantsiyaning «Suriya krizisi bilan munosabatda bo’lishdagi sheriklari» ishtirok etishini aytdi. U: «Yig’ilganlar yaxlit va demokratik Suriya uchun xalqning barcha qatlamlarini hurmat qiladigan siyosiy o’tish davri yo’llarini hamda terrorizmga qarshi kurashimizni qo’llab-quvvatlash yo’llarini muhokama qilishadi» deb qo’shimcha qildi. Lekin Amerika bu yig’inga ko’pam ahamiyat bermadi. Chunki Amerika Jon Kerri o’rniga uning o’rinbosari Toni Blinkenni yubordi». (Bi-Bi-Si 2015 yil 27 oktyabr). Frantsiya o’tkazgan bu yig’in Venadagi muzokaralarda joy egallashga bo’lgan shunchaki bir urinish ekanligi ko’rinib turibdi.

Agar suriyalik qochoqlar krizisi va uning asoratlari Yevropaning qoq markaziga ko’chishi muammosi portlamaganida edi (hatto qochoqlar krizisi evropaliklarga Gretsiya krizisini unuttirib qo’ydi, degan gap-so’zlar ham bo’ldi) Amerika Yevropani yiroqlatishda davom etishga deyarli muvaffaq bo’lay deb qolgan edi. Oxirgi to’rt oy davomida Yevropadagi axborot vositalarida asosiy e’tibor shu qochoqlar krizisiga qaratildi. Ayniqsa Britaniya va Frantsiyada shunday bo’ldi. Shundan keyin bu muammo yanada kuchayib Yevropa uchun, ayniqsa Frantsiya va Britaniya uchun Suriya krizisi sari o’tib boradigan bir «tuynuk»ka aylandi. Oqibatda Yevropani Suriya krizisiga oid uchrashuvlarda ishtirok ettirishdan boshqa iloj qolmadi. Shunga qaramay kuzatuvchi jiddiy muhokamalar Amerika bilan uning ittifoqchilari va tobelari: Rossiya, Saudiya, Turkiya va Eron o’rtasida ketayotganini aniq ko’radi.

 – 2015 yil 30 oktyabrda o’n etti davlatning kengaytirilgan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda Yevropa va ba’zi boshqa davlatlar hamda BMT, Yevropa Ittifoqi va Arab Ligasi vakillari ishtirok etdi. Lekin bu uchrashuvlarning borishiga o’z hukmini o’tkazadigan Amerika ekanligi, so’ngra uning ittifoqchilari va tobelari ekanligi oldindan ma’lum edi!

Bu uchrashuv haqida kelgan eng ko’zga ko’ringan narsalar quyidagilar bo’ldi:

«Venada Suriya krizisi bo’yicha yangi muzokaralar bugun ertalab yigirmaga yaqin davlat ishtirokida boshlandi. Ularning orasida Eron ham bor. Bu muzokaralar shu krizisga barham beradigan va Asadning o’tish davri orqali ketishini kafolatlaydigan siyosiy echimga erishishga harakat qilish bo’yicha o’tkazilmoqda. Yig’inda Qo’shma Shtatlar, Rossiya, Saudiya, Turkiya, Xitoy, Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Livan, Eron, Iordaniya, Qatar, Misr, Ammon, Iroq va Amirliklar vakillari ishtirok etmoqda. Unda BMT va Yevropa Ittifoqi vakillari ham ishtirok etmoqda. Bu Suriya bo’yicha Eron Suriya krizisini hal qilishga harakat qilayotgan xalqaro va regional kuchlar bilan yonma-yon ishtirok etayotgan birinchi so’zlashuvlar hisoblanadi». (Al-Jazira Net 2015 yil 30 oktyabr). Bu yig’in ko’proq rozi qilish yig’iniga, ayniqsa Yevropaga yaqinroq bo’ldi… Ikki haftadan keyin kelgusi yig’in o’tkazilishi e’lon qilindi.

– 2015 yil 14 noyabrda yig’in bo’lib o’tdi. Uning bayonotida quyidagilar keldi: «17 davlat vakillari hamda Yevropa Ittifoqi, BMT va arab davlatlari ligasi vakillari Vena uchrashuvida Suriyada olti oy orasida o’tish davri hukumatini tuzish va 18 oy orasida saylovlar o’tkazish uchun bir aniq belgilangan kun tartibiga kelishib olishdi, Bashar Asad taqdiri borasidagi kelishmovchiliklarga qaramay shunga kelishib olishdi. Venadagi xalqaro yig’in shanba kuni, Qo’shma Shtatlar va Rossiya ishtirokida boshlangan edi. Maqsad – bir diplomatik manbaning bildirishicha – Parijdagi misli ko’rilmagan hujumlardan va Bashar Asad taqdiri borasidagi kelishmovchiliklardan keyin Suriyadagi nizoga oid bir siyosiy echimni topishga harakat qilishdir. Bu 15 kun orasida o’tkazilayotgan ikkinchi xalqaro yig’indir. U eng kamida 128 kishi o’ldirilgan Parij hujumlaridan bir necha soat keyin bo’lib o’tmoqda». (Arabiyya Net 2015 yil 14 noyabr Vena – Frans Press).

«Germaniya vaziri ham o’z navbatida quyidagilarni aytdi: «Bu ish hamon erishish uzoq bo’lgan ish bo’lib qolayotgan bo’lsa-da lekin barcha taraflar muzokara stoli atrofida yig’ilishdi». Kerri esa o’zining rus hamkasbi Sergey Lavrov va BMTning Suriyaga yuborgan maxsus vakili Stefan de Mistura bilan birgalikda o’tkazgan matbuot konferentsiyasida bunday dedi: «BMT Xavfsizlik kengashining beshta doimiy a’zosi Suriyada o’t ochishni to’xtatish va 18 oy orasida saylovlar o’tkazishni yoqlab qaror chiqarishga rozilik berdi». (Imarotul Yavm 2015 yil 14 noyabr).

Shunday qilib demak harbiy ishlar davom etmoqda, muzokaralar ham davom etmoqda. Bularning barchasi Amerikaning uqtirib yo’naltirishi bilan bo’lmoqda. Amerikaning bundan maqsadi biz hozirgina aytib o’tgan quyidagi ikki maqsadga erishishdir:

Birinchi: tog’ut Basharni – u to Amerika uning o’rniga yangi malayni topguniga qadar qulamasligi uchun va ana shundan keyin bo’shliq Amerika hisoblariga to’g’ri kelmaydigan tariqada to’lishi yuz bermasligi uchun – qo’llab-quvvatlash…

Ikkinchi: Suriya ahliga tinimsiz bosim o’tkazib ularni Amerikaning koalitsiya va u mo”tadil deb atayotgan guruhlar hamda rejimning ba’zi yordamchilaridan iborat qo’g’irchoq alternativini qabul qilishga majbur qilish.

Qo’shma Shtatlar Suriyada tushib qolgan qiyin ahvol shuki, Amerika bir necha qo’g’irchoqlarni tayyorladi. Masalan o’zining tobelari va yugurdak qurollaridan iborat koalitsiya degan narsani va boshqa turli qo’g’irchoqlarni tayyorladi. Lekin bu qo’g’irchoqlarning hech biri Suriya ichkarisida qabul qilinmadi. Shuning uchun Amerika o’zining harbiy amaliyotlarini avj oldiryapti. Bu amaliyotlar bevosita Amerikaning o’zi tomonidan yoki Eron va uning Hizbi tomonidan amalga oshirilyapti. Yaqindan boshlab esa Rossiya tomonidan amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi Amerika tomonidan Suriya ahliga – ularni sobiq malay Bashar o’rniga keladigan yangi qo’g’irchoq malaylarni qabul qilishga majbur qilish maqsadida – bosim o’tkazish uchun bo’layotgan urinishdir.

Uchinchi: Suriya bo’yicha kutilayotgan echim: Suriyada bo’layotgan voqealarga, ularning xalqaro, regional va mahalliy maydonga bo’lgan aloqasiga chuqur nazar tashlash kutilayotgan echim quyidagicha bo’lishini yoritib beradi:

1 – Suriya rejimi Basharning otasi davrida ham Amerika malayi bo’lib kelgan, Bashar davrida ham shunday bo’lib qolmoqda. Buni ortiqcha sharhlab tushuntirib o’tirishga hojat yo’q.

2 – Mustamlakachi kofirlar o’zlarining malaylari agar o’z rolini tugatib, ularning manfaatlarini amalga oshirishga qodir bo’lmay qolsa uni yiroqqa bir lattadek uloqtirib tashlashadi.

3 – Lekin bu kofirlar ayni vaqtda o’sha eski malay o’rnini bosadigan yangi malayni topishga zo’r berib harakat qilishadi…

4 – Bu erda Amerika tushib qolgan qiyin ahvol bor. Chunki Amerika tayyorlagan qo’g’irchoq alternativlar va koalitsiya sehrgarning hiylasi bo’lib chiqdi, sehrgar esa qaerga borsa najot topmaydi.

5 – Amerikaning hozirgi malayi o’rniga keyingi malayni topish urinishi barbod bo’ldi. Shuning uchun Amerika Basharning yangi malayni topishguncha halok bo’lishidan natijada bo’shliqni musulmonlar to’ldirishidan qo’rqib qoldi. Mana shu yoritish kutilayotgan echim quyidagi uchta ishdan bittasi bo’lishini ochiq ko’rsatib turibdi:

– Amerikaning muzokaralarni, Jeneva 1-2-3ni, Vena 1-2-3ni va boshqalarini cho’zishda davom etishi… Muzokara muddatlarini bir oydan yoki ikki oydan keyinga cho’zish… bir yil yoki ikki yilga mo’ljallangan muvaqqat boshqaruv… Amerika odamlar tomonidan qabul qilinadigan va o’zining manfaatlarini amalga oshirib berishga qodir bo’lgan alternativ malayni topishni kutib shunday qiladi. Ayni vaqtda Basharni – u vaqtidan oldin halok bo’lmasligi uchun – qo’llab-quvvatlashda davom etadi. Buni o’zi tomonidan hamda malaylari Eron va uning to’dalari, Rossiya va uning to’dalari tomonidan ishga solinadigan turli shaytoniy qo’llab-quvvatlash vositalari bilan amalga oshiradi.

– Amerikaning hokimiyat tepasiga o’zining koalitsiya va mo”tadil guruhlardan iborat qo’g’irchoqlarini xalqaro kuch yoki boshqa kuch bilan zo’ravonlarcha olib kelishi. Bu qo’g’irchoqlar Alloh Subhanahu va Rosuli Aga qarshi urush ochadigan ilmoniylikni e’lon qilishadi.

– Hokimiyatni uning sodiq ahli, Dorul Islom uqri bo’lgan Shom ahli o’z qo’liga olishi. O’shanda ular mustamlakachi kofirlarni, ularning qo’g’irchoqlarini va ilmoniyliklarini ezib, yanchib tashlaydilar va Islom boshqaruvini, roshid Xalifalikni quradilar. Natijada Islom va uning ahli aziz, kufr va uning ahli esa xor bo’ladi. Aziz, Hakim Zot:

 ﴿وَقُلْ جَاءَ الْحَقُّ وَزَهَقَ الْبَاطِلُ إِنَّ الْبَاطِلَ كَانَ زَهُوقًا﴾

«Yana ayting: Haqiqat (ya’ni, Islom) keldi va botil (ya’ni, kufr) o’chib-yo’qoldi. Chunki botil yo’qolguvchi narsadir» [Isro 81]

deb aytganidek bo’ladi. Zero Shom ahli va ularning Islomdagi barcha birodarlari Alloh kuch-qudrati bilan Shom erida faqat Islom boshqaruvi bo’lishigagina rozi bo’ladilar, undan boshqa barcha boshqaruvga aslo yo’l qo’ymaydilar. Ular faqat Uqob royasi, Rosululloh A royasi, la ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh royasinigina qabul qiladilar, undan boshqa barcha royani rad etadilar. Ana shundan keyin ular Shom erini malaylar va mustamlakachilar iflosligidan tozalab poklaydilar.

To’rtinchi: Parij hujumlarining ta’siri va ularning Vena uchrashuvi bilan bir vaqtga to’g’ri kelgani: Endi Vena uchrashuvining Frantsiyadagi portlashlar bilan bir vaqtga to’g’ri kelib qolganiga kelsak, uchrashuv portlashlardan bir necha soat keyin bo’lib o’tdi. Bu bir vaqtga to’g’ri kelishning qasddan qilingani yoki Vena uchrashuviga kuchli ta’sir qilishi ehtimoldan yiroqdir. U faqat Amerikaning bu hujumlardan foydalanib qolishi miqdoricha ta’sir qilishi mumkin, xolos. Amerika Frantsiyani Bashar rejimiga qarshi urush qilishni talab qilishdan tiyib qo’yish uchun, balki Bashardan yiroqda terrorizm deb atayotgan narsaga qarshi urush qilish bilan band bo’lishi uchun bu hujumlardan foydalanishi mumkin. Chunki ana shunda Bashar to Amerika uning o’rniga yangi malayni topguniga qadar o’z o’rnida qolaveradi. Frantsiya Amerikaning rejimga qarshi emas, balki faqat terrorizm degan narsagagina havodan hujum qilishlarga cheklanishiga qarshi chiqib kelayotgan edi. Endi esa Frantsiya rejimga emas, balki terrorizm degan narsaga butun e’tiborini qaratadigan bo’lib qoldi… Bularning barchasi Amerikani Suriya borasida Shom ahli talab qilayotgan Xalifalik o’rniga o’zining «qopi»da yotgan ilmoniy echimni paydo qilish uchun o’zining til biriktiruv fitnalari to’rini to’qishga harakat qilishga majbur qiladi. Amerika Basharning – to yangi malayni topguniga qadar – hokimiyatda qolishiga ishonch hosil qilib xotirjam bo’lmaguncha shunga harakat qilaveradi. Xotirjam bo’lganidan keyin fitna to’rlarini to’qishdan forig’ bo’ladi. Bunga Basharni Eron va uning Hizbi, ularning to’dalari va tobelari bilan, yaqindan boshlab esa Rossiya bilan qo’llab-quvvatlaganidan keyin, Frantsiya xatarini rejimdan yiroqlashtirganidan keyin erishmoqchi.

Bu bir tomondan shunday. Boshqa tomondan esa Obama bu hujumlardan o’zining demokratik boshqaruvi basharasini saylovlar arafasida chiroyli qilib ko’rsatishda foydalandi. Chunki Obamaning Frantsiya bilan uning terrorchi tashkilot va terrorizmga qarshi choralarida elkama-elka turish haqidagi bayonotlari avj olgani kuzatildi! Obama o’zini Amerikada bo’lib o’tadigan saylovlar kampaniyalari muhitida terrorizmga qarshi kurashda qat’iy qilib ko’rsatmoqchi. Chunki uning respublikachi raqiblari Obamaning demokrat hukumati terrorizmga qarshi zo’r quvvat bilan kurashmayapti, deb ayblab kelishayotgan edi. Bu esa jamoatchilikning saylovda demokratlarni qo’llab-quvvatlashiga ta’sir qiladi. Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerrining 2015 yil 13 noyabrda, Tunisda aytgan gaplari shu mazmunda bo’ldi. Parij hujumlari o’sha kuni yuz berdi. Kerri bunday dedi: «DOISh (IShID)ning sanoqli kunlari qoldi». U buni Jihodiy Jon ismli kimsa nishonga olinganiga sharh berish chog’ida aytdi. Amerikaning o’zi mashqdan o’tkazayotgan kuchlar haqida jar solishi, Suriyada Davlat tashkilotiga qarshi g’alabalarga erishayotgani ham xuddi shu mazmundadir.

Bu erda e’tiborni qaratish zarur bo’lgan yana bir ish bor. U shuki, G’arb Parijdagi hujumlardan Islomga qarshi «safarbarlik e’lon qilish»da foydalandi. Chunki G’arb tinch fuqarolarni o’ldirish ortida Islom turibdi deb da’vo qildi. Holbuki urush qilmayotgan tinch fuqarolarni nishonga olish Islom nuqtai nazaridan qaraganda noshar’iy ish ekanligi sobit haqiqatlardan yaxshi ma’lumdir. Zero Islom butun tarix davomida va Rosululloh A davridan boshlab urush holatida bo’lmagan tinch fuqarolarni urush falokatlaridan himoya qilishga intilib keldi. Balki Islom o’zlarini mudofaa qilish uchun zarur bo’lgan urush qurollariga ega bo’lmagan nochor, tinch fuqarolarni qutqazishni buyuradi. Hatto urushlarda, dushman bilan yuzma-yuz kelgan paytda ham Rosululloh A islomiy qo’shinga shuni buyurib

 «وَلاَ تَقْتُلُوا امْرَأَةً، وَلاَ وَلِيدًا، وَلاَ شَيْخًا كَبِيرًا»

«Bironta ayolni, go’dakni va keksa kishini o’ldirmanglar», degan edilar. Roshid xalifalar ham shuni buyurishar edi. Masalan Abu Bakr G o’zining qo’shini qo’mondoniga quyidagilarni vasiyat qilib buyurgan edi: «Sizlar o’zlarini ana shu ibodatxonalarga hibs qilgan (ya’ni ibodatxonalardan chiqmaydigan) qavmlarga duch kelasiz, ularga ham, ibodatxonalariga ham tegmang… bironta keksani, ayolni, go’dakni o’ldirmang, obod joylarni xarob qilmang…». Umar G ham o’z qo’shini qo’mondoniga quyidagilarni vasiyat qilib buyurgan edi: «Kishanga solmang, g’addorlik (aldab xiyonat) qilmang, musla qilmang (o’ldirilganlarning a’zolarini kesmang), bironta ayolni, bolani va keksani o’ldirmang…». Musulmonlar hatto urushlarida ham shunday bo’lganlar. Ularning dushman bilan jang qilayotgan otliq chavandozi agar dushman qo’lidan qilich tushib ketsa uni to u qilichini olmaguncha o’ldirmay kutib turar, shundan keyin uni yuzma-yuz olishuvda azizlik, mardlik maqomida turib o’ldirar edi. Bular Islomdagi sobit-qat’iy haqiqatlardir, G’arb ularni musulmonlar tarixi va fath-g’alabalaridan juda yaxshi biladi. Lekin mustamlakachilar ana shu hodisalardan Islom va musulmonlarga qarshi kek-adovatni safarbar qilishda foydalanmoqda. U ko’rlarcha kek-adovatdir. Agar ularning o’zi bu jinoyatni qilishganida edi – ularning bunday jinoyatlari esa juda ko’p – bunday dod-voy solishmagan bo’lar, aksincha uni oqlab jar solishar edi. Agar biron musulmon jinoyat qilib qo’ysa uni darhol o’zlaridagi islomiy diasporaga yopishtirishadi, yopishtirishibgina qolmay balki Islomning o’ziga hujum qilishadi. Buni kecha ham, bugun ham kuzatib turibmiz. Bu hech shubhasiz ko’rlarcha kek-adovat bo’lib, uni faqat Xalifalik tiklanganidan keyingina o’chiriladi. Ana shundan keyin Xalifalik har bir mazlum uchun har bir tog’utdan intiqom oladi. Natijada Xalifalik ziyosi hamma tomonga yoyiladi, uning yaxshiligidan hamma bahramand bo’ladi. Faqat musulmonlar yurtlarigina emas, balki bu olamdagi har bir oqil tirik jon bahramand bo’ladi.

 ﴿وَاللَّهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ﴾

«Alloh O’z ishida g’olibdir, lekin odamlarning ko’plari (buni) bilmaydilar» [Yusuf 21]

6 safar 1437h

18 noyabr 2015m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.