Putin: Agar shunga o’xshash holat yana takrorlansa biz albatta javob qaytaramiz

372
0

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya havo sarhadlarini buzgan Rus samolyoti urib tushirilgandan so’ng Lazkiyadagi havo bazasiga S-300 va S-400 havo mudofaa tizimini joylashtirishga qaror qilganligini bildirdi. Bu haqida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu o’zining bayonotida ma’lum qildi.

“Rossiya Mudofaa vazirligi Su-24 samolyoti voqeasiga javoban favqulodda chora tadbirlar ko’rdi. Moskva nomli kreyser Lazkiya qirg’oqlariga safarbar qilinadi. Oldindan ogohlantirish va havo mudofaa tizimlariga ega bu kreyser Suriyadagi Rossiya havo kuchlarining himoyasini ta’minlaydi. Bizga potentsial xavf tug’dirgan barcha xatarlarni nishonga olishga tayyormiz”, dedi Shoygu.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa Rossiyaning “Hmeym” harbiy bazasiga S-300 havo mudofaa tizimi joylashtirilishini bildirdi.

“SU-24 samolyoti urib tushirilganidan so’ng shunga o’xshash yangi holatlarning vujudga kelishi ehtimolidan ko’z yuma olmaymiz. Agar shunga o’xshash holat yana takrorlansa biz albatta javob qaytaramiz “, dedi Putin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.