G’arb muborak Shom qo’zg’olonini butunlay yo’q qilishni rejalashtirmoqda

503
0

G’arb muborak Shom qo’zg’olonini butunlay yo’q qilishni rejalashtirmoqda

Malay hukmdorlar esa uni amalga oshirishga shoshilishmoqda

4563Shom qo’zg’oloni islomiy yurtlar hukmdorlarining malay ekanliklarini, goh malaylik va qaramlik yo’lida elib-yugurayotgan bo’lishsa, goh Islom niqobini taqib, Shom zaminini sotishga va u erdagi musulmonlar qonini to’kishga zo’r berib intilishayotganini butun dunyoga ochib tashladi. Aftidan, navbatdagi Vena konferentsiyasida bo’lgan ishlar ham bu hukmdorlar o’ynayotgan rolning naqadar iflos ekanini fosh qildi. Xususan, barcha Islom dushmanlari Shom qo’zg’olonini bo’g’izlab tashlash strategiyasini qabul qilishganidan hamda o’zlarining iflos uslublarini o’zgartirganlaridan keyin ularning bu o’ynayotgan rollari naqadar iflos ekani fosh bo’ldi. Ular sobiq uslublarning barchasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgach, asosan, xalqaro vakil Stefan De Misturaning jangni muzlatishga bo’lgan tashabbusi mutlaqo ish bermagach uslublarini o’zgartirishdi.

2015 yil 15 noyabr yakshanba kuni BMT bosh kotibi Pan Gi Munning Nyu-Yorkdagi rasmiy voizi tomonidan berilgan bayonotda aytilishicha, Vena yig’ini ishtirokchilari Suriya xususida bir kun avval bir nechta asosiy masalalarda mushtarak kelishuvga erishishgan, ya’ni qachon Suriya hukumati vakillari bilan muxolafat vakillari BMT mutassaddiyligi ostida va Jeneva bayonotiga tayangan holda, o’zgarish amaliyoti sari birinchi qadamni tashlashsa, yig’in ishtirokchilari ham Suriyada o’t ochishni to’xtatishni amalga oshirish va uni qo’llab-quvvatlash maqsadida harakat qilishga kelishishgan.

Ha, bu hukmdorlar Islom dushmanlari kelishuvini amalga oshirishga shoshilishdi. Masalan, joriy yil 16 noyabr dushanba kuni Arab Davlatlari Ligasi bosh kotibi Nabil Arabiy Saudiya kelasi oyda mo”tadil muxolafat delegatsiyasiga mezbonlik qilmoqchi ekanini, bu yig’ilishda kelasi dekabr oyida tog’ut hukumati bilan o’tkazilishi belgilangan muzokaralarga boradigan delegatsiya a’zolari nomlari belgilab olinajagini ochiqladi. Ma’lumki bu muzokaralardan Shom qo’zg’olonini yo’q qilish va Amerika echimini amalga oshirish ko’zlangan. «Qudsul Arabiy» ro’znomasining Suriya muxolafatidagi bir manbaga tayanib xabar qilishicha, Saudiya sa’y-harakatlari Turkiya va Qatar bilan muvofiqlashgan holda amalga oshiriladi. Bundan barcha siyosiy, harbiy tashkilotlaru, guruhlarni milliy kongressga jamlash hamda ularni bitta etakchilikni o’zida gavdalantiruvchi siyosiy koalitsiya doirasida birlashtirish ko’zlangan. Shunday qilib, saudlar oilasi hukmdorlari bilan Qatar va Turkiya hukmdorlari birgalikda harakat qilib, Suriyadagi guruhlarni g’arblik xo’jayinlari rozi bo’ladigan siyosiy malay etakchilik ostiga birlashtirishmoqchi, musulmonlar qonlari va jonlari evaziga G’arb manfaatlarini amalga oshiruvchi oliy komissarlar rolini ado etish bilan kofir G’arb ishonchini qozonishmoqchi. Iordaniya rejimi roli esa, Shom zaminidagi xolis insonlarga qarshi butun dunyo birlashib turgan bir paytda, Amerika rozi bo’lmagan, ya’ni terrorchi, deya nishonga olinadigan tashkilotlar ro’yxatini tuzishdan iborat. Misol uchun, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov terrorchi tashkilotlar ro’yxatini tayyorlashga kelishib olishgani va bu ro’yxatni tayyorlash jarayonida o’t ochilgan vaqt istisno qilinishi (ya’ni o’t ochilgan vaqt hisobga olinmasligi) to’g’risida bayonot berdi. Uning o’rinbosari Mixail Bogdanov ham Iordaniya kelasi ikki yoki uch hafta davomida terrorchi tashkilotlar ro’yxatini tayyorlash bilan shug’ullanuvchi yig’inga mezbonlik qilishini aytdi.

Ey Islom diyori markazi bo’lmish Shom diyoridagi musulmonlar!

Shubhasiz, Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yurituvchi rahbaringizning yo’qligi sababli bu ruvaybiza hukmdorlar G’arb rejalarini ijro etuvchi qurollarga aylanishdi. G’arbning islomiy yurtlardagi hukmronligidan va mustamlakachiligidan ozod bo’lishga qaratilgan hamma urinishlarga to’siq bo’lishdi. Hatto ular G’arbning dinni davlatdan ajratish asosiga qurilgan hazoratining mudofaachilariga hamda shu hazoratdan kelib chiqqan davlat tuzumi va jamiyatning posbonlariga aylanishdi.

Mana, shuncha qurbonliklar berildi, pokiza qonlar daryo bo’lib oqdi, uy-joylarning kuli ko’kka sovurildi, hukmdorlarning musulmonlarni yomon ko’rishlari, Allohga va Islomga qarshi dushmanlar tarafida turishgani ayon bo’ldi… Shunday ekan, kelinglar, Shom qo’zg’olonini jilovlab, yo’q qilish uchun tashlangan barcha arqonlarni uzaylik, bunday quturgan hujumga qarshi bir musht bo’laylik. Zero, bunday hujum dinimizni, aqidamizni hamda Robbimiz shariati asosiga qurilgan hayot nizomimizni nishonga olgan. Shuningdek bu hujumdan musulmonlarni tiz cho’ktirish maqsad qilingan. Toki, ular Amerikacha siyosiy echimni amalga oshirishga va xiyonatkorlikka asoslangan muzokaralar bozorida shahidlarimiz qoni sotilishiga sukut saqlasinlar.

Musibatimiz juda katta, g’am-kulfatimiz g’oyat og’ir. Biroq Alloh haqqi, faqat sabr qilishimiz, sobit turib, Rosululloh Aning yo’llaridan borishimiz kerak. Alloh Taolo bunday dedi:

 ﴿قُلْ هَذِهِ سَبِيلِي أَدْعُو إِلَى اللَّهِ عَلَى بَصِيرَةٍ أَنَا وَمَنِ اتَّبَعَنِي وَسُبْحَانَ اللَّهِ وَمَا أَنَا مِنَ الْمُشْرِكِينَ﴾

«Ayting: Mening yo’lim shu, men Allohga da’vat qilaman, men va menga ergashgan kishilar aniq hujjat-ishonchga egamiz, Allohni (har qanday sherikdan) poklayman, men mushriklardan emasman» [Yusuf 108]

Alloh haqqi, faqat Allohning mustahkam arqonini mahkam ushlashimiz, Rosuli A shariatiga rioya qilishimiz kerak, xolos. Rosululloh A bunday deganlar:

«…قَدْ تَرَكْتُكُمْ عَلَى الْبَيْضَاءِ لَيْلُهَا كَنَهَارِهَا لاَ يَزِيغُ عَنْهَا بَعْدِي إلاَّ هَالِكٌ…»

«… Men sizlarni tunlari kunduzidan farq qilmaydigan oppoq-tiniq yo’lda qoldirdim, mendan so’ng bu yo’ldan faqat halok bo’lgan kimsagina toyiladi…».

Qachon Allohning arqonini mahkam ushlasak-xursand bo’lavering: albatta Allohning nusrati va yaqin fathi bo’ladi. Chunki mashaqqat ortidan albatta engillik keladi, zulmat kunlardan so’ng albatta yoruq kunlar keladi. Nusrat kalitlari qo’lida bo’lgan Zot bunday degan:

 ﴿وَلَا تَهِنُوا وَلَا تَحْزَنُوا وَأَنْتُمُ الْأَعْلَوْنَ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ﴾

«Sustlashmang va g’amgin bo’lmang, agar (haqiqiy) imon egalari bo’lsangiz, sizlar ustun bo’lguvchisiz» [Oli Imron 139]

Karami keng va qudrati ulug’ Alloh bunday degan:

 ﴿وَأَنَّ هَذَا صِرَاطِي مُسْتَقِيمًا فَاتَّبِعُوهُ وَلَا تَتَّبِعُوا السُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَنْ سَبِيلِهِ ذَلِكُمْ وَصَّاكُمْ بِهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ﴾

«Albatta, mana shu Mening To’g’ri Yo’limdir. Bas, shu yo’lga ergashinglar! (Boshqa) yo’llarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yo’lidan uzib qo’yar. Shoyad taqvo qilsangiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyurdi» [An’om 153]

Ustoz Ahmad Abdulvahhob

Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati matbuot bo’limining raisi

Skype: TahrirSyria

Elektron pochta: media@tahrir-syria.info – ahmadabdalwahab2@gmail.com

Suriya viloyati rasmiy sayti: www.tahrir-syria.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.