Navoz Sharif O’zbekistonga safar qildi

488
0

4563Navoz Sharif O’zbekistonga safar qildi

O’zbekistondagi musulmonlarni qamoqqa tashlayotgan, qiynoqqa solayotgan va o’ldirayotgan Karimov bilan qo’l berib ko’rishish uning jinoyatlariga yordamlashishdir

Hizb ut-Tahrir-Pokiston viloyati Navoz Sharifning Karimov bilan uchrashganini qattiq qoralaydi. Chunki Karimov O’zbekistondagi musulmonlar qotilidir, Islom va musulmonlarning ashaddiy dushmanidir. U ulug’ imom Buxoriy rohimahulloh kabi ko’plab buyuk ulamolar etishib chiqqan bir yurtni Islomni sevuvchi barcha musulmonlar uchun zindonga aylantirdi.

Nahotki, Navoz Sharif imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilganda Karimovga yordam berayotgani uchun xijolatchilik sezmadi, vijdoni qiynalmadi?! Axir, bu kimsa Islomga bo’lgan da’vatni to’xtovsiz taqiqlab kelyapti, qo’llaridan musulmonlar qoni oqib turibdi! Navoz Sharif Karimovning 2005 yil Andijonda minglab musulmonni qatli om qilganini bilmaydimi?! Yoki uning o’n besh yildan ziyod vaqtdan buyon minglab musulmon va muslimalarni qamoqda saqlayotganini, ulardan musulmon bo’lganliklari uchun o’ch olib, qiynoqlarga tutayotganini, oqibatda ayrimlari shahid bo’layotganini va ularning shu imom Buxoriy yurtida Islomni tatbiq qilishni talab etishdan boshqa «jinoyat»lari yo’qligini bilmaydimi?! O’zbekistondagi yoshlarni masjidga kirishdan, soqol qo’yishdan, hukumat mulozimlarini nomoz o’qishdan, ayollarni ro’mol o’rab, hijob kiyishdan taqiqlayotgan ham mana shu kimsa ekanidan xabari yo’qmi?! Karimovning Islom va musulmonlarni juda yomon ko’rishini ham bilmaydimi?! Yo’q, Navoz Sharif bularning hammasini juda yaxshi biladi. Lekin u O’zbekistondagi mazlum musulmonlardan ko’ra, mana shu zolim tomonida turishni afzal ko’rdi!

Shu bilan birga, Navoz Sharifning ayni safari Karimovdan imom Buxoriy yurtidan Islomni qanday qilib o’chirib, uni ilmoniy yurtga aylantirganidan saboq olish safari bo’lganining ehtimoli ko’proq. Haqiqatda ham, Rahil-Navoz rejimi avvalda o’zbek tog’uti maslahatlarini olgan holda hamda Vashingtonda musulmonlarga ziyon etkazishni poylab yotgan xo’jayinlari buyruqlariga itoat qilib, Pokistonning turli shaharlarida xolis musulmonlarni qamoqqa tiqmoqda. Bu xo’jayinlarining maqsadi, milliy faoliyat rejasi niqobi ostida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash orqali musulmonlarga kofir ilmoniy tushuncha va qadriyatlarni zo’rlab tiqishtirishdan iborat.

Nima bo’lganda ham, Rahil-Navoz rejimi bilib qo’ysinki, O’zbekiston ahli shuncha repressiyaga qaramay, Islomni og’iz tishlari bilan mahkam tishlab, uni qalblarida sof va tirik holda ushlab kelayotganidek, Pokiston ahli ham o’z Islomlaridan hargiz voz kechmaydilar. Bu rejim Karimov bilan qo’l berib ko’rishish bilan o’zini Alloh Subhanahu va Taoloning do’stlaridan butunlay uzoqlashtirdi, Allohning g’azabiga uchragan dushmanlarga esa yaqinlashdi, ammo barchasining oqibati bu dunyo va oxiratda dahshatli ekaniga aslo shubha yo’q.

 ﴿وَإِنْ مِنْكُمْ إِلَّا وَارِدُهَا كَانَ عَلَى رَبِّكَ حَتْمًا مَقْضِيًّا * ثُمَّ نُنَجِّي الَّذِينَ اتَّقَوْا وَنَذَرُ الظَّالِمِينَ فِيهَا جِثِيًّا﴾

«Sizlardan har biringiz unga (jahannamga) tushguvchidirsiz, (bu) Robbingiz (amriga binoan) vojib bo’lgan hukmdir. So’ng taqvodor bo’lgan zotlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho’kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz» [Maryam 71]

Shahzod Shayx

Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi rasmiy notig’i o’rinbosari

Telefon: +(92)333-561-3813

Faks: +(92)21-520-6479

e-mail: htmediapak@gmail.com

Webpage: www.hizb-pakistan.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.