Putin Rossiya ichkarisida musulmonlarga qarshi harakatlarini yana kuchaytira boshladi

381
0

Turkiston:

Putin Rossiya ichkarisida musulmonlarga qarshi qaratilgan ish-harakatlarini yana kuchaytira boshladi. U Rossiya ichida shov-shuv paydo qilib, halqni vahimaga solayin desa ISHID tashkilotini ham, yoki Suriyaga bog’lanishi mumkin bo’lgan  birorta jihodiy tashkilot vakillarini ham topa olmagach, yana Hizb ut-Tahrir ayzolarini nishonga ola boshladi.

 Lekin Hizb ut-Tahrir moddiy faoliyat bilan shug’ullanmasligini va qurolli to’qnashuvlar orqali Islomni hayotga qayta olib kelish mumkin emasligini tabanniy qilganini butun dunyo yahshi biladi. Demak, Hizbni bahona qilgan holda Putinning telbalarcha Islom va musulmonlarga qarshi zulm va bo’htonlar asosida olib borayotgan ish-harakatlarini ko’rmaslikka olish va sukut saqlab turishga kufr olami ittifoq qilishdi. Ular, “agar Putin g’alaba qilsa bu bizning ham g’alabamiz, agar mag’lub bo’lsa undan qutulamiz” degan asosda ish ko’rishayapti.

 Putin Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashini MDH (SNG) va KHSHT (ODKB) tashkilotlariga ayzo davlatlarga, jumladan Qirg’izistonga ham ko’chirishga harakat qiladi.

 SHuning uchun Rossiyadagi va Qirg’izistondagi zulmlanayotgan hizbiy bo’lgan yoki bo’lmagan holis musulmon birodarlarimizga murojaat qilib shuni aytamizki: – kufr olami Falastinda bir necha o’n yillar mobaynida yahudiylar qo’li bilan musulmon birodarlarimiz va opa-singillarimizni nohaqdan o’ldirib yoki azoblab yoki kamsitib kelmoqda. SHom o’lkasida borayotgan ohirgi yillardagi zulmlar, ayollar va go’daklarni dod-voylari, kufrning zulmisiz tinch kun kechiraverishdan uyaladigan holatga olib kelib qo’ydi.

 Birodarlar, kufrning bugungi kundagi bizning diyorlarimizda musulmon ekanimiz uchungina qilayotgan har hil zulmlar bilan davom ettirib kelayotgan hamlalarini Allohning bizlarga bo’lgan rahmati deb qabul qilaylik. Allohdan so’raylik, zora shu arzimagan zindonband bo’lishimiz ortidan kufrning bombalaridan qirilib borayotgan onalarimiz, opa-singillarimiz va farzandlarimiz oldida Qiyomat kuni yuzimizni yorug’ qilsin. Alloh bu zulmlar shiddat bilan borayotgan paytda biz musulmon erkaklari mazlumlar qatorida edik deya oladigan holatni bizlarga nasib etsin. Alloh ko’rsatgan matonatlarimiz evaziga bizlarni sobitlar va sobirlar qatoriga qo’shsin, gunohlarimizni kechirsin va poklasin.

 Biz, Hizb yigitlari Islom hayotga qaytishidan avval kufr o’zining haqiqiy basharasini ko’rsatadi deb taykidlab kelgan edik. SHu kun keldi. Bu kungacha kufr bosqinchilari, ayyorlik asosida ish ko’rib, birimizni boshimizni silasa, ikkinchimizni ochlikdan o’lib borishimizga sababchi bo’lar edilar. Endi esa hatto juda katta pullar sarflab ham o’z malaylarini musulmonlar etakchilariga aylantira olishmay qolishdi. Musulmonlar ularni tanidi va qabul qilishdan bosh torta boshlashdi. Buni biz AQSH Turk hukumati yordamida bir necha yillar mobaynida urinishi va ulkan mablag’larni sarflab bo’lsada Asadning o’rniga tayyorlagan sohta muholif hukumatni o’rnata olmaganida ko’rdik.

 Qirg’izistonda esa parlament saylovida aholining deyarli yarmidan ko’pi birorta partiyani saylashdan bosh tortganiga guvoh bo’ldik. Ularning ko’p qismi bu ishni eytiqodlaridan kelib chiqqan holda inkor qilgan bo’lsa, qolganlari esa, shunchaki ishonchsizlik va umidsizlik asosida partiyalarni inkor qilishdi.

 Mana shunday zaif va keskin holatimiz ustiga Rossiya bizning hukumatni musulmonlar ustiga yana ot solishga undamoqda. U hatto prezidentni o’ziga tobe holatda ushlab kelayotgan holida Qirg’iziston hukumatini boshqarib kelayotgan bosh vazir Temir Sarievni ham o’zicha bir rossiyaparast etakchi sifatida saylab oldi. Sariev esa o’z holicha AQSHni bir tomonlama inkor qilib yubordi. Bu harakatlar ortidan Qirg’izistonning Rossiyaga bo’lgan tobeyligi yanada ortib bormoqda. Prezident bilan Sarievning o’rtasidagi aloqa juda yomon ahvolda ekani hech kimga sir emas edi.

 Rossiya uzoq vaqtdan buyon Qirg’izistonni bugungi ahvolga solish uchun jiddiy tayyorlanib keldi. Achinarlisi shundaki, Qirg’iz davlatining boshqaruv tizimi ishdan chiqdi. U hatto strategik ahamiyatli lavozimlarni ham o’zi saylash imkoniyatidan mahrum bo’ldi. Endi esa Rossiya o’z bosimi ostida Qirg’iz hukumatini musulmonlarga qarshi bo’htonlar uyushtirish bilan zulm qilishini talab qilayapti. O’z navbatida qirg’iz hukumati fuqarolar ichidan o’zlari uchun kerakli musulmonlarni ajratib olish maqsadida bir-biridan battar o’hshovsiz va o’ta ishonchsiz stsenariylar tuzish bilan har hil buzuqchiliklarga qo’l urishga majbur bo’lishayapti. Buning natijasida esa hukumatga nisbatan musulmonlarning nafrati oshib borayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.