Qirg’iziston turmasidan Musulmonlar qochishi ortidan…

404
0

Qirg’iziston turmasidan Musulmonlar qochishi ortidan Bishkekda juda keng ko’lamda tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Ushbu jinoyat sodir etilishi ortidan butun davlat apparati, matbuot va ekspertlar guruhi, Islom va Musulmonlarga qarshi keng ko’lamdagi axborot hujum kompaniyasini jadallashtirib yuborishdi

Qirg’iz hukumati, Rossiyaning jiddiy bosimi ostida, Islom va Musulmonlarga qarshi yana jiddiy harakatlar olib borish uchun tayorlana boshladi. Bu holat, xuddi 2006 yili Bakievlar sulolasi taxtda o’tirib, o’rnashib olganlaridan keyin, Rofiq qori Kamolovni otib o’ldirish ortidan boshlagan repressiv harakatlarni eslatadi. O’shanda, vitseprimer bo’lib turgan Madumarov tomonidan mashhur Novqat voqe’asi bo’lib o’tgan edi. U kunlarda hozirgi prizident va hukumat etakchilarimiz muxolif kuchlar safida edilar. Ular, bu repressiv hatti harakatlarni qoralab, “insonlarni faqat Ollohu akbar (Olloh ulug’) degani uchun qamash mumkinmi axir?!” deyishgan edi.

2015 yil boshida shahid Rofiq Kamolovning o’g’li “As Saraxsiy” masjidining imomi Roshod qori Kamolov qamoqqa olindi. Shu kunga qadar u kishi qamoqda ushlab turilipti. Sud jarayonlari ham xuddi ilgarigi Bakievlar davridagidan o’zgacha emas. Bundan tashqari Qirg’iz hukumati, mamlakatning shimoliy mintaqasida bir necha marotaba Musulmonlar nomidan qo’poruv amaliyotlari uyushtirishga harakat qilib ko’rishdi. Islomiy terrorchilar deb hatto bir necha odamni otib o’ldirishdi. Bir qanchasini qamoqqa olishdi. Yaqinda esa, uchta militsiya xodimining o’limi bilan yakun topgan, 9 nafar shaxsning turmadan qochib ketish amaliyoti sodir etildi.

E’tibor berilsa, har bir amaliyot ortidan o’nlagan ba’zida yuzlagan Musulmonlar qamoqqa olinadi yoki boshqa uslublar bilan jabrlanishadi. Bir Musulmonga tuhmat qilinishi ortidan, shu kabi jirkanch va noxolis ishlar minglagan Musulmonlar ustida amalga oshiriladi.

Lekin hozirgi kunlarda Daniyar Narimbaev qamoqqa olindi. U kishi prizident apparatining etakchisi bo’lib o’tirgan o’rnida o’z salohiyatidan foydalanib, yuz minglagan dollor pora olganlikda ayblanyapti. Narimbaevlar qilgan jinoyatlari albatta yopib yuboriladi. Lekin u kishining iflos jinoyati uchun prizident yoki apparat a’zolari hech qanday hatto ma’naviy masuliyat ham olib borishmaydi! Yoki o’nlagan deputatlar sudlanishdi. Hatto spikkerlar jinoyatchi deb turmalarda o’tirib chiqishdi. Minglagan orgon xodimlari yoki prokuratura va sud xodimlari jinoyatlari ustida qo’lga olinyapti. Qo’lga olinmaganlari qolgan qismini tashkil etadi. Ya’ni barchasi jinoyatchi, lekin hozircha qo’lga olinmaganlar xolos. Buni barchamiz bilamiz! Nega ularni qilgan jinoyatlari uchun, demokratiya vakillari yoki hokimiyatga aloqador barcha shaxslarga qarshi axborot hujumi olib borilmaydi.

Nega biz shu jirkanch koruptsiyachilarni, Islom va Musulmonlarga qarata ag’darishayotgan tuhmat va bo’xtonlariga ishonishimiz kerak. Hatto bir necha Musulmonlar ular aytgan jinoyatlarni sodir etishgan holatda ham, Islom va Musulmonlar sha’niga qanday dog’ tushishi mumkin. Har bir inson o’z qilmishi uchun o’zi javob berishi lozim. Nega biz hukumat a’zolarining deyarli barchasi zolim va jinoyatchi bo’lib ketdi deb, butun hukumat organlariga ishonchsizlik yoki itoatsizlik e’lon qilmayapmiz. Ular esa, bir necha Musulmon kiyimini kiygan shaxslarni misol qilib keltirishib, butun Islomni hayotlari uchun asos qilgan sof Musulmonlarni yo’q qilib yuborish kerak deb jar solishadi.

Bu xuddi, millatchilik asosidagi harakatlarning printsipial dunyoqarashini eslatadi. Ular ham, aytaylik bir millat vakili tomonidan sodir etilgan jinoyat uchun, o’sha millat vakillarining barchasi javobgar deb bilishadi. Rossiya bosh bo’lib olib keninayotgan Islom va Musulmonlarga qarshi harakat, yuqoridagi millatchi harakatlar printsiplari asosida olib borilayapti.

Qirg’iziston mamlakati ham Rossiyaning ortidan borib, yuqoridagi Musulmonlar nomidan bir qancha jinoiy deb bilgan hatti harakatlar uyushtirishga harakat qildi. Bularning barchasi, ularning ta’biri bilan aytganda islomiy terrorizm va ekstremizmga qarshi qattiqroq chora tadbirlar belgilagan qonunlar qabul qilinishiga tayorgarlik ko’rish bo’ldi desak adashmaymiz.

Qirg’iziston hukumati Rossiyaning bosimi ostida ish olib borayapti. Lekin biz bu kabi hokimiyatlarga, bir oz sabr qilib turishni tafsiya etgan bo’lar edik. Rossiya yaqinda halokatga uchraydi insha Olloh. Aslida u halokatga uchrab bo’ldi. Faqat u ya’ni Putin, o’z mag’lubiyatini urushlar bilan vaqtincha bo’lsa ham yashirishga urinyapti. Shoshilib, Islom va Musulmonlarga qarshi Rossiya bilan birga harakatlanib olish, keyin u bilan birga bu xatolarning achchiq oqibatlarini ham tortishga majbur qilib qo’yadi.

Biz Qirg’iziston Hizb ut-Tahriri nomidan, Qirg’iz hukumatiga, Islom va Musulmonlarga zulmni kuchaytirish niyatidan qaytishni tafsiya etamiz. Bu harakatlaring, ya’ni islomiy shaxslarni jinoyatlarini misol qilib, barcha Musulmonlarga baho berish uslublaring, ID tashkilotining bir necha harbiyning jinoyatiga ko’ra butun kuch organiga nisbatan “takfir” (barchasi kofir) deb berishayotgan fatvolaridan farq qilmaydi. Rossiya o’zi bilan o’zi avvora. U sizlarni fuqorolar qarama qarshiligi botqog’iga tiqib qo’yib chiqib ketadi. Asosiysi, Rossiya bilan birga Musulmonlarga qarshi parralel harakat olib borishlaring, Afg’onistondagi mujohid harakatlarini, Rossiyaning bir bo’lagi sifatida sizlarga qarshi yo’nalishlari uchun shar’iy yo’llar ochib berishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Rossiyani himoya qilib tinch holatimizni saqlab qolamiz degan o’y asosidagi harakatlaring, aksincha teskari natija berishi mumkin.

Hizb ut Tahrirning Qirg’iziston matbuot bo’limi

20.10.2015.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.