Qirg’iziston Tojikistonning yuk tashuvchi mashinalar yo’lini to’sib qo’ydi

402
0

Qirg’iziston Tojikistonga tutash Qaramiq avtoyo’lini to’sib qo’ydi. Bu yo’l orqali Tojikiston xalqi Rossiya va Xitoy davlatlaridan yuk tashuvchi yo’lak sifatida foydalanishar edi. Tojikiston tarafi bu holatning asl sababi aytilmaganligini ma’lum qildi.

Tojikistonlik yuk tashuvchi mashinalar haydovchilarining so’zlariga binoan, qirg’iz chegarachilari Xitoydan mol tashuvchi chiziq hisoblagan Qaramiq yo’lidan o’tishlikka, uchinchi olam fuqarolariga ijozat berishmadi. Bugunga qadar ushbu yo’l Xitoy bilan Tojikistonni tutashtirib turguvchi eng yaqin, qulay va oson o’tish yo’li hisoblanar edi. Ahmad ismli haydovchining so’zlariga qaraganda, u Bishkekdan Tojikistonga aynan shu yo’l orqali savdo-sotiq mahsulotlarini xech qanday qiyinchiliksiz olib o’tadi. Ammo, Rossiya va Xitoydan kelayotganlar uchun kirishga ijozat yo’q.

“Qirg’iz chegarachilarining ta’kidlashlaricha Qaramiq o’tish yo’li xalqaro yo’l emas, shuning uchun Xitoy, Rossiya va Olma- Otadan keladigan yuk mashinalari uchun ijozat berilmaydi. Bu qoidaningjoriy etilganiga ikki oy bo’ldi. Shu boisdan haydovchilar uzoq dovonlar oshib manzillariga etishlikka majbur bo’lishmoqda ”- dedi Ahmad.

Tojikiston chegara xizmati qumondonligining so’zchisi Muhammadjon Ulug’xojaev 13 oktyabr kuni Radioi Ozodiga intervyu berib quyidagilarni aytdi: -“Qirg’iziston hukumati mudofaa vazirligi yo’lni to’sish to’g’risida biror marotaba ogohlantirmagan va shu paytgacha buni sababiga aniqlik kiritilmadi. Avvalari bu jihatdan biror qiyinchilik yo’q edi va Tojikiston mashinalariga bemalol o’tish ruxsati berilardi. Endilikda buning aksi o’laroq Qirg’iz chegarachilari hech qanday asossiz yo’ldan o’tishlikni man’ etishmoqda. Mabodo ular bunday qarorni bekor qilishsa, biz ham Qirg’iz fuqarolarining Tojiksitonga bemalol kirishligiga kafolat berar edik”.

Ekspertlar bunday holatlarning sodir bo’lishligini allaqachon “bashorat” bergan edilar. Zero Qirg’iziston Ovruosiya Iqtisodiy Ittifoqiga a’zo bo’lishi natijasida, Tojik tomonga ancha mushkilotlar paydo bo’lishligi aniq edi. Chunki bu Ittifoq aynan ichki bozor mahsulotlarini himoya qilish maqsadida tashkil qilingan bo’lib, agar Rossiyaning qonuni amalda tatbiq etilsa, tashkilotga a’zoligi yo’q yurtlarga mollarni eksport qilishlik benihoyat qiyin va hatto imkonsiz kechadi. Qirg’iziston joriy yilning may oyida ushbu ittifoqga to’laqonli a’zo bo’ldi. Rossiya ko’mak tariqasida Qirg’izistonga to’rt chegara bojxonasi ta’minlanishi uchun 200 million dollar ajratdi. Tojik iqtisodshunoslaridan biri Hojimuhammad Umarov ayni shu masalada shunday fikr bildirdi. “Qirg’iziston bojxona ittifoqida a’zo bo’lganligi sababli ikki davlat, ya’ni Tojik va Qirg’iz mamlakatining o’rtasida bojxona hududi paydo bo’ldi. Garchi shunday bo’lsa-da men qirg’iz tomonining yo’l to’sishlarini keskin qoralayman va Xitoy-Tojikiston yo’lidan foydalanishdan man’ etishlikni noto’g’ri deb hisoblayman. Mening fikrimcha hatto Ovruosiyo va uchinchi olam davlatlari o’rtasida ham tranzit shartnomalari bo’lishligi maqsadga muvofiqdir va Qirg’iziston ham bu narsaga rioya qilishligi shart deb bilaman”.

Iqtisodchilarning ta’kidlashlaricha, bu asosiy tijorat yo’lining to’silishi oqibatida Tojik fuqarolarining turmush tarzi yanda qiyninlashadi. Chunki tijoratga zarar etib, narx navo ko’tarilib, shundoq ham qiyinchilikda kun ko’rayotgan xalq nihoyatda ayanchli ahvolga tushib qoladi.

Markaziy Osiyo rahbarlari o’zlarining va xojalarining manfaati yo’lida fuqarolariga har qanday mashaqqatni ravo ko’rmoqdalar. Bu hokimlar Ummatga, odamlaring haqqiga, molu jonlariga xiyonat qildilar. Agar bunday holat Ovrupo davlatlarida yuz berganda edi, biz aslo hayratlanmas edik . Zero G’arb davlatlarida yashovchi aholininig aksariyat qismi boshqa din vakillar hisoblanadi. Haqiqiy najot esa faqat Islomdadir. Faqat Islom dini insonni ezgu amallar sari etaklaydi, Islomdan boxabar bo’lgan va bilgan- eshitgan narsasiga amal qilgan kimsaning qalbida hidoyat sho’lasi munavvar bo’ladi. Natijada banda rahm-shafqatli, o’zining tashvishlaridan tashqari boshqalarning ishlari xususida qayg’uradigan xolis odamga aylanadi. Ammo ming bora afsuski, islomiy yurtlar, xossatan Markaziy Osiyo rahbarlari qalbida bunadayin nurdan zarracha qolmagan ko’rinadi. Holbuki asrlar davomida qon- joniga singib ketgan pok din- Islom e’tiqodi o’rnini foniy dunyoga, nafsga muhabbat eagallab oldi. Bu hokimlar havoyi nafsi, uzun orzulari yo’lida hatto avlodining keyingi holatini andisha qilmaydilar. Boshqa odamlar uyoqda tursin, hatto o’z farzandlari va nabiralari kelajagini nafs qurboniga aylantirishdi. Birgina o’zalirini emas, butun avlodining dinu dunyosiga manqurtlarcha juda katta ofat keltirishdi. Ularni boshqacha atash mumkin emas. Zero asl- naslini unutgan, qiz-o’g’illarini buzuqliklarga undagan, qavmiga zulm qilgan, qarindoshlik- qo’shnichilik rishtasini uzgan va ayni holda bu holatdan zarracha ta’sirlanmagan kimsa aynan shu nomga loyiqdir.

Alloh Taolo ushbu oyati karimasida, bizlarga kimga bandalik qilishligimzni nasihat qiladi :

“Ey mo’minlar , agar kofirlarga itoat qilsangiz, sizlarni ketingizga (kufrga) qaytaradilar. Bas, ziyon ko’rguvchilarga aylanib qolasizlar. Yo’q, (ular sizlarning do’stingiz emas, balki) Alloh hojangizdir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko’rguvchidir” [Baqara : 149- 156 ]

Afsusi, faqat aql egalari pand-nasihat olurlar.

Munavvara.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.