KXShT va YEXHT Tojikistonga Afg’oniston bilan chegaralarini mustahkamlashga yordam beradi

356
0

KXSHT bosh kotibi Nikolay Bordyuja “TASS” agentligiga ma’lum qilishicha, YEXHT va KXSHT birgalikda Tojikistonga Afg’oniston bilan chegaralarini mustahkamlashda yordam beradi.

“Biz axborot xavfsizligi masalalari bo’yicha birgalikda ishlashga va hamkorlik qilishga kelishib oldik, giyohvand moddalarini noqonuniy aylanishini oldini olish bo’yicha YeXHT manbalaridan foydalanish masalasi haqida o’ylab ko’ramiz… va Tojikistonga chegaralarni mustahkamlashda yordam berishga jiddiy kirishamiz”, – dedi Bordyuja Yevroosiyoda xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo’yicha KXShT doimiy kengashining kengaytirilgan yig’ilishida. Mazkur yig’ilishda YeXHT bosh kotibi Lamberto Zanner ham ishtirok etgan.

Turkiston:

Rossiya iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli murakkab vaziyatga tushib qolgan bo’lishiga qaramay dunyo siyosatida o’z mavqeyini mustahkamlab olish uchun qaltis o’yinga kirishga majbur bo’ldi. Yaqin Sharqda o’z nufuzini saqlab qolish maqsadida allaqachon siyosiy o’likka aylanib bo’lgan Bashar Asadni qo’llash uchun harbiy amaliyotlarni boshlab yubordi. Ayrim mutaxassislarning fikricha, Suriyada olib borayotgan harbiy amaliyotlar Rossiya uchun 1 milliard dollarga tushadi, agarda harbiy harakatlar Rossiya ko’zlagan muddatda nihoyasiga etadigan bo’lsa.

Rossiya Yaqin Sharqda o’z nufuzini saqlab qolishga intilish bilan bir qatorda Markaziy Osiyoda ham harbiy ishtirokini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Bu ishni amalga oshirishda Rossiya uchun “IShID”ni Afg’onistonda “kuchayib borayotgani” qo’l kelmoqda. Ayni maqsadda Rossiya Tojikistonning G’issor tumanida joylashgan “Ayniy” aerodromida yangi aviaguruh tashkil etdi va aviabazasiga ko’p sonli Mi-24P va Mi-8MTV jangovar-transport vertolyotlarini joylashtira boshladi. Bu kabi harbiy harakat va harajatlar Rossiya iqtisodini inqiroz holatiga olib kelishi aniq bo’lsada, Putin o’z xatosi ortidan Rossiya tushib qolgan ayanchili vaziyatni shu orqali yashirishga itilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.