Obama: Bir o’zimiz hech narsa qila olmaymiz

412
0

AQSh prezidenti Barak Obama Nyu-Yorkda tashkil qilingan BMT bosh assambleyasida Suriya masalasi haqida nutq so’zladi. Rossiya davlati AQSh uchun kerakli ekanligini bildirgan Obama Moskvaning dunyo davlatlari orasida o’z mavqeyiga ega bo’lishi lozimligini ta’kidlab o’tdi. Obamaga ko’ra, Ukraina inqirozi tufayli AQShning Rossiyaga nisbatan joriy qilgan sanktsiyalari ikki davlat o’rtasida sovuq urush qayta boshlanganligini anglatmaydi.

“Rossiyani har tomonlama qamal qilishni istamaymiz. Bizga kuchli bir Rossiya lozimdir”, “Har qancha kuchli armiyaga va har qanday kuchli iqtisodga ega bo’lsak ham, Amerika qo’shma shtatlari dunyoning muammolarini bir o’zi yolg’iz hal qilishga qodir emas. Biz buni yaxshi bilamiz. Yuz minglagan AQSh askarlarining Iroqqa safarbar qilinishi va byudjetdan trillionlagan dollarlarning ajratilishi begona diyorda barqarorlikni vujudga keltira olmasligini ko’rdik. Bu biz uchun yaxshi dars bo’ldi”, dedi AQSh prezidenti.

Suriya masalasini hal qilish uchun barcha davlatlar, jumladan Rossiya va Eron bilan ham hamkorlikda faoliyat olib borishga tayyorligini bildirgan Obama AQSh va ittifoqdoshlarini himoya qilish uchun hech ikkilanmasligini qayd etdi. Biroq Obama AQSh va ittifoqdoshlarini qanday xatardan himoya qilish kerak bo’lib qolganligi haqida gapirmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.