Ulug’ olim shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarga yo’llagan nutqi matni

426
0

Ulug’ olim shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning hijriy 1436, milodiy 2015 yilgi muborak qurbon hayiti kirib kelishi munosabati bilan Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarga yo’llagan nutqi matni

Allohga hamdu sano bo’lsin, Rosululloh Aga, oilalariga, sahobalariga va ul zot bilan do’st bo’lganlarga salotu salomlar yog’ilsin, ammo ba’d:

Alloh mukarram qilgan va u haqda

 كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ

«Sizlar odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi bo’ldingiz: ma’rufga buyurasiz, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz» [Oli Imron 110]

deb aytgan Islomiy Ummatni,

Pok taqvoli – Allohga hech kimni gunohdan pok, deb da’vo qilmaymiz – da’vat etkazuvchi, eng go’zal so’zlarni aytuvchi, solih amallar qiluvchi va Allohning ushbu

 وَمَنْ أَحْسَنُ قَوْلًا مِمَّنْ دَعَا إِلَى اللَّهِ وَعَمِلَ صَالِحًا وَقَالَ إِنَّنِي مِنَ الْمُسْلِمِين

«(Odamlarni) Allohga da’vat qilgan va solih amal qilib, albatta men musulmonlardandirman, degan kishidan ham chiroyliroq so’zlaguvchi kim bor?» [Fussilat 33]

tavsifiga loyiq bo’lgan zotlarni,

Haq va rostgo’ylik ila ushbu sahifamizni ziyorat qilayotgan, undagi yaxshilikka intilayotgan (Alloh barchalarini yaxshilik… bilan mukofotlasin) uning ziyoratchilarini,

Barcha-barchalaringizni ushbu qurbon hayiti bilan muborakbod etaman. Alloh Subhanahu va Taolodan hojilarning hajini haji mabrur, sa’yi (tavof)ini maqtovli tavof o’rnida qabul qilib, gunohlarini mag’firat qilishini so’rab qolaman. Bu yil haj qila olmagan kishilarning kelgusi yilda yaxshilik bilan va yaxshilik ustida haj qilishlariga Alloh muvaffaq qilsin. Alloh Subhanahu va Taolo solih amal qiluvchilarni do’st tutgay.

Alloh Subhanahu ushbu hayitni barcha musulmonlar uchun xayru barakot ochqichiga aylantirsin, kelasi hayitni roshid Xalifalik soyasi ostida, la ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh bayrog’i ostida o’tkazishimizni nasib etsin.

 وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ

«O’sha kunda mo’minlar Alloh g’olib qilgani sababli shodlanurlar. (Alloh) O’zi xohlagan kishini g’olib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]

So’zim nihoyasida barchangizga salom yo’llab, yaxshilik tilab qolaman, Alloh toat-ibodatlaringizni qabul qilsin.

وَنِعْمَ أَجْرُ الْعَامِلِينَ

 «Yaxshi amal qilguvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!» [Oli Imron 136] Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

 Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

10 zul-hijja 1436h

24 sentyabr 2015m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.