Hizb ut-Tahrirdan muborak qurbon hayiti munosabati bilan tabrik

431
0

Hizb ut-Tahrirdan muborak qurbon hayiti munosabati bilan tabrik

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

Allohga hamd bo’lsin, Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan do’st bo’lganlarga hamda ul zotga ergashib, yo’lidan yurgan, Islom aqidasini o’zining fikratiga asos qilib olgan, shar’iy ahkomlarni esa amallariga o’lchov va hukmlariga manba qilgan zotlarga salotu salomlar bo’lsin, ammo ba’d…

Ey barcha joydagi musulmonlar…

Biz Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi a’zolari Hizb ut-Tahrir amiri olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning – u kishini Alloh Taolo O’z hifz-himoyasida asrasin – muborak qurbon hayiti munosabati bilan butun Islomiy Ummatga yo’llagan tabrigini etkazayotganimizdan mamnunmiz. Shuningdek, u kishining tabrigini erkagu ayollardan iborat barcha Hizb ut-Tahrir a’zolariga etkazayotganimizdan ham mamnunmiz. Zero, Hizb a’zolari zo’ravonlik davri rejimlari bilan bo’lgan olishuvlarini hamda Allohning kalimasini Muhammad A bashorat bergan Xalifalik davlatini tiklash orqali oliy qilish uchun olib borayotgan kurashlarini tunu kun davom ettirmoqdalar.

Bizga ushbu hayit Ummat mustamlakachi salibchi koalitsiya hamlalariga duch kelayotgan bir paytda kirib kelmoqda. Zero, bu koalitsiya Rosululloh A bashorat qilgan Xalifalik davlatining tug’ilishini oldindan bartaraf qilishni ko’zlayapti va mana shu ishi bilan kufr davlatlari ortidan xalloslab, chopib bormoqda. Frantsiya, Britaniya va Rossiya kabi kufr davlatlari esa IShIDga qarshi urushni bahona qilib, Suriya va Iroqdagi musulmonlar qonini to’kishda ishtirok etish uchun jon-jahdlari bilan harakat qilishyapti. Ayni damda Eron va Ko’rfaz davlatlari hukmdorlari Yamanda urush olovini alangalatish borasida bir-birlari bilan musobaqalashmoqdalar. Aslida esa Yaman bunga qadar saodatli edi. Rosululloh A uning xalqini hikmat va imon ahli deya sifatlagan edilar. Biroq bugun uning ahlidan ayrimlari makrli rejalarni amalga oshirayotgan omadsiz rahbarlar ortidan ergashmoqda. Musulmonlar Rosululloh Aning

«إذَا الْتَقَى الْمُسْلِمَانِ بِسَيْفَيْهٍمَا فَالْقَاتِلُ وَالْمَقْتُولُ في النَّارِ»

«Qachon ikki musulmon bir-biriga qarshi qilich ko’tarsalar, qotil ham, qatl qilingan ham do’zaxdadir», degan so’zlaridan g’aflatda qolib hamda

«سِبَابُ الْمُسْلِمِ فُسُوقٌ وَقِتَالُهُ كُفْرٌ»

«Musulmonni so’kish fosiqlik, uni o’ldirish esa kufrdir», degan so’zlaridan yuz o’girib, o’sha makrli rejaga muvofiq bir-birlari bilan jang qilmoqdalar. Bu bilan Rosululloh Aning vidolashuv xutbasidagi vasiyatiga zid ish tutmoqdalar. Rosululloh A bu xutbada musulmonning qoni naqadar daxlsiz ekanini qattiq ta’kidlagan edilar. Roviy aytadi: Nabiy A qurbonlik kuni bunday dedilar: Bilasizlarmi bugun qaysi kun? Alloh va Rosuli bilguvchiroqdir dedik. U zot jim turib qoldilar. Biz bu kunning nomini boshqa nom bilan atasalar kerak, deb o’ylab qoldik. Payg’ambarimiz: qurbonlik kuni emasmi? – dedilar. Biz: ha, shunday dedik. Payg’ambar \ bu qaysi oy? – dedilar. Biz: Alloh va Rosuli bilguvchiroqdir dedik. U zot jim turib qoldilar. Biz bu oyning nomini boshqa nom bilan atasalar kerak, deb o’ylab qoldik. Payg’ambarimiz: zul-hijja emasmi? – dedilar. Biz: ha, shunday deb javob berdik. Payg’ambarimiz: bu qaysi shahar? – dedilar. Biz: Alloh va Rosuli bilguvchiroqdir dedik. Shundan so’ng Payg’ambarimiz yana sukutga cho’mib qoldilar. Hatto biz bu shaharning nomini boshqa nom bilan atasalar kerak, deb o’ylab qoldik. Payg’ambarimiz: urush harom qilingan shahar emasmi? – dedilar. Biz: ha, shunday dedik. Shundan so’ng Payg’ambar A aytdilarki:

«فَإِنَّ دِمَاءَكُمْ وَأَمْوَالَكُمْ عَلَيْكُمْ حَرَامٌ كَحُرْمَةِ يَوْمِكُمْ هَذَا، فِي شَهْرِكُمْ هَذَا، فِي بَلَدِكُمْ هَذَا إِلَى يَوْمٍ تَلَقَّوْنَ رَبَّكُمْ. أَلاَ هَلْ بَلَّغْتُ؟ قَالُوا: نَعَمْ، قَالَ: اَللَّهُمَّ اشْهَدْ. فَلْيُبَلِّغِ الشَّاهِدُ الْغَائِبَ فَرُبَّ مُبَلَّغٍ أَوْعَى مِنْ سَامِعٍ، فَلاَ تَرْجِعُوا بَعْدِي ضُلاَّلاً يَضْرِبُ بَعْضُكُمْ رِقَابَ بَعْضٍ»

«Albatta qonlaringiz va mollaringiz to Rabbingizga yo’liqadigan kunga qadar sizlarga shu kuningiz, shu oyingiz va shu shahringiz(da urush) harom qilingani kabi haromdir. Ogoh bo’ling etkazdimmi? Odamlar: ha etkazdingiz, deyishdi. Shunda Payg’ambarimiz dedilar: Allohim O’zing guvoh bo’l. Bu erdagilar hozir bo’lmaganlarga etkazsin, zero gohida etkazilgan odam eshitgan odamdan ko’ra anglovchiroq bo’lishi mumkin. Bas, mendan keyin bir-biringizni o’ldirib, kufr yoki zalolatga qaytib ketmang».

Biroq Ummat har qancha hodisalarni boshdan kechirmasin, biz Alloh Taoloning va’dasiga aniq ishonchdamiz. U Zot O’z dinini g’olib qilishni hamda Rosuli Aning zolim podshohlikdan so’ng Xalifalik bo’lishi to’g’risida qilgan bashoratlarini ro’yobga chiqarishni va’da bergan. Allohdan bunday podshohlikni zavol topishini va Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik barpo bo’lganini o’z ko’zlarimiz bilan ko’rishimizni so’rab duo qilamiz, shoyadki bunga juda yaqin bo’lsa.

Biz Ummatni ushbu muborak Qurbon hayiti bilan tabriklayotgan ekanmiz, fursatdan foydalanib, barcha musulmonlarga, avvalo o’zgartirishga qodir bo’lgan armiyadagi zobitlarga va qudrat egalariga Allohning kalimasini oliy qilish va shariatini tatbiq qilishdek o’z shar’iy burchlarini ado etishni eslatamiz. Buni ado etish esa Payg’ambarlik minhoji asosidagi to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlatisiz amalga oshmaydi. Agar etakchi va zobitlar bu ishda qosirlik qilishsa, barcha Ummat ularga bosim o’tkazishi vojib. Ularni shar’iy buyruqni bajarishga, islomiy hayotni qayta boshlash talabini qabul qilishga va kofir G’arbga xorlik, qullik qilishdan ozod bo’lishga majburlashi zarur. Haq Subhanahu va Taolo mo’minlar islomiy aqidaga bog’langan mo’minlar bo’lganliklari uchun ularga Alloh uchun do’stlashishni va Alloh uchun kofirlarga dushmanlik qilishni farz qilgan.

«Albatta, imon keltirgan, hijrat qilgan va molu jonlari bilan Alloh yo’lida jihod qilgan zotlar va uy-joy berib, nusrat-yordam bergan zotlar – ana o’shalar, bir-birlariga do’stdirlar» [Anfol 72]

«Kofir kimsalar bir-birlariga do’stdir, agar shunday qilmasangiz (ya’ni mo’minga do’st, kofirga dushman bo’lmasangiz), erda fitna va katta fasod bo’ladi» [Anfol 73]

Shuningdek, men Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo’limi raisi va matbuot bo’limi xodimlari tomonidan yo’llangan tabrikni sizlarga va butun Islomiy Ummatga etkazar ekanman, Mavlo Azza va Jallaga tazarru qilib, shuni so’raymanki, kelgusi hayitni Islomiy Ummat Uqob bayrog’i soyasi ostidagi hayotda birlashgan, g’olib bo’lgan, kuch-qudratga to’lgan va Alloh izni ila yana etakchi maqomni egallagan holatda kutib olaylik. Albatta Alloh bu ishni egasi va bunga qodir Zotdir.

Ey Hayy, Qoyyum, Hannan, Mannan Allohim, ey samolarni biz ko’rib turgandek ustunsiz ko’tarib qo’ygan Robbim, bizni kutdirib qo’ymasdan tezroq Xalifalik davlati bilan mukarram ayla. Ey Allohim, roshid xalifaga bay’at berishni bizlarga nasib ayla. Toki, ushbu xalifa xalqlarni bashariyatga qullik qilishdek ifloslikdan ozod qilsin, bandalarni bandalarga ibodat qilishdan chiqarib, olamlar Robbi Allohga ibodat qilishga olib chiqsin. Shuningdek, bu xalifa insonlarni bu dunyo torligidan dunyo va oxirat kengligiga, iflos kapitalizm hazorati zulmatidan Islomning adolati va rahmati nuriga chiqarsin.

Alloh toat-ibodatlaringizni qabul qilsin Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Allohim, Seni barcha aybu nuqsondan pok deb, O’zinga hamd aytamiz. Sendan o’zga hech iloh yo’q, deb guvohlik beramiz, O’zingdan mag’firat so’raymiz va Senga tavba qilamiz

Hijriy 1436 yil muborak Qurbon hayiti kechasi

Usmon Baxxosh

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi raisi

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.