Putin: Yaqin sharq siyosatida Isroilni nazardan qochirganimiz yo’q

351
0

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu Rossiyaning Suriya hukumatiga berayotgan harbiy yordami ustida muzokara olib borish uchun Moskvaga keldi. Natanyahu bilan uchrashgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning Yaqin Sharqda olib borayotgan siyosati Isroilni e’tibordan qochirmagan holda olib borilayotganligini va bu siyosat Isroil uchun aslo tahdid tug’dirmasligini bildirdi.

“Isroilda sobiq sovet ittifoqi respublikalaridan ko’chib ketgan juda ko’p insonlar yashaydi. Bu esa davlatlarimiz o’rtasidagi aloqalarda alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Rossiyaning O’rta Sharqdagi harakatlari har doim mas’uliyatni his qilgan holda amalga oshiriladi”, dedi Rossiya prezidenti.

Putin isroilning xavotirlari o’rinli ekanligini va unga qaratilgan har qanday hujumni qoralashligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, ruslardan harbiy ko’mak olayotgan Suriya hukumatining aslo Isroilni nishonga olish rejasi yo’q.

Isroil bosh vaziri o’zining Rossiyaga qilgan safari rus qo’shini bilan Isroil armiyasi o’rtasida tasodifiy to’qnashuvlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida amalga oshirilayotganligini bildirdi. Shuningdek, Netanyahu uchrashuv chog’ida Isroilning AQSh bilan aloqasi o’ta mustahkam ekanligini ta’kidlar ekan, o’zining Rossiyaga qilgan rasmiy safari haqida AQSh hukumatiga brifing berilganligini ham eslatib o’tdi.

“Keraksiz janglarni oldini olish barchaning manfaatidir. AQSh bilan aloqalarimiz har narsadan muhim, kuchli va barqarordir. Bu borada AQSh bilan to’liq hamkorlikda ish olib bormoqdamiz”, dedi Isroil bosh vaziri.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.