Rus harbiylari Suriyaga borishdan bosh tortmoqda

453
0

Rossiya uzoq vaqt mobaynida Suriyadagi harbiy ishtiroki, Suriya jallodi Bashar Asadni harbiy jihatdan qo’llab-quvvatlab kelgayotganini yashirishga harakat qilib keldi. Biroq bu urinishlari natija bermagach, Bashar rejimini harbiy texnikalar bilan ta’minlab kelganini tan olgan bo’lsada harbiylar jo’natganini inkor etmoqchi bo’ldi. Ammo buni ham uddasidan chiqa olmadi. Bugunga kelib esa rus harbiylari ichida Suriyaga borishdan bo’yintovlash avj olib borayotgani ma’lum bo’ldi.

“Gazeta.ru” nashrining xabar qilishicha, Rossiya Suriyaga harbiy texnika va harbiylarni jo’natmoqda, ammo hamma harbiylar ham jang qilishni xohlayotganlari yo’q, ayrimlari esa Suriyaga borishdan bosh tortmoqdalar.

Nashrning xabar qilishicha, 17 avgust kuni RF Sharqiy harbiy okrugi qo’mondonligi “eng istiqbolli” bo’lgan shartnoma asosida xizmat o’tayotgan 20 nafar harbiylarni to’plagan. Ular harbiy texnikalarni yuklash uchun 27 avgust kuni Novorossiysk yaqinidagi Tonnelnaya stantsiyasiga borishlari kerak bo’lgan. Ammo Navorossiyskka jo’nashlari arafasida komandiri ularni harbiy qismda to’plagan va “issiq mamlakatga” jo’natishlari mumkinligini aytgan.

“Harbiy qismda bizlar bilan komandirlarimiz suhbat o’tkazdi. Ular bizga boradigan mamlakatimiz juda issiq bo’lishini, shaxsiy gigienani unitmasligimizni va harbiy qismdan bir qadam ham chiqmaslikni aytishdi, shuningdek, asrga tushib qolganimizda va so’roq vaqtida o’zimizni qanday tutishimizni tushintirib o’tishdi. U erda bizlar uchun noqulay iqlim sharoiti, ilonlar ko’p ekanligini aytishdi. Ammo Bosh shtabning maxfiy ko’rsatmasi ekanligiga ishora qilib, aynan qaerga jo’natishayotganini aytishmadi”, – dedi Suriyaga borishdan bosh tortgan harbiylardan biri.

Bundan tashqari, harbiy xizmatchi Alaksey N.ning nashrga aytishicha, yangi yig’ilgan guruhga yangi qurol-yaroqlar juda tez rasmiylashtirilgan. Aslida esa rus armiyasida bunday qog’ozbozlik ishlari bir necha oy vaqtni olishi mumkin, ammo bu safar barcha zarur hujjatlar sanoqli soatlarda tayyor bo’lgan.

Alikseyning aytishicha, avvaliga harbiylar ularni Krasnodarsk o’lkasidagi Temryuk shahriga olib borishadi deb o’ylashgan. Keyinchalik, poezdda Rostov sari yurishgach, Donbassga deb tahmin qilishgan, ammo ularni Suriyaga jo’natishayotgan ekan.

16 sentyabr kuni harbiy qismga Bosh shtab vakili kelgan va Suriyaga jo’natish haqidagi buyuruq maxfiy ekanligini aytgan. U rotani Suriyadagi Latakiya shahriga jo’natilishini va harbiy harakatlarda ishtirok etish mumkinligini istisno qilmagan.

Shartnoma asosida xizmat o’tayotgan harbiylar rasmiy ravishda bu safardan bosh tortishga yoki bo’shash haqidagi ariza yozishga qaror qilishgan. Biroq navbatchi zobit ularning arizalarini qabul qilishdan bosh tortgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.