Tojikistonda boryotgan harbiy to’qnashuvlarga Rossiyaning aloqasi bo’lishi mumkin

454
0
1254035 05.10.2012 5 октября 2012. Президент России Владимир Путин и президент Таджикистана Эмомали Рахмон (слева направо) на церемонии подписания совместных документов в Душанбе. Михаил Климентьев/РИА Новости

09.09.2015 sanada Rossiya bosh vaziri D. Medvedev matbuot bayonotida, “biz ODKB tashkilotiga a’zo davlatlar hududlarida yangi avia bazalar paydo qilishimiz mumkin” dedi.

Bundan avvalroq, 4 sentyabr kuni Tojikistonning Dushanba va Vaxdat shaharlarida, ichki ishlari xodimlari o’ldirilishi bilan yakun topgan bir qator qurolli to’qnashuvlar bo’lib o’tdi. Rossiya, bu amaliyotlar Tojikistonning ichki ishiga ta’luqli, uni o’zi bu muammolarni hal qilishi lozim deya xotirjam munosabat bildirdi.

10.09.2015. kuni Qirg’izistonda,”Qirg’izistonda ekstremizm va terrorizm xavfi kuchayib bormoqda” deb nomlangan xavfsizlik kengashi majlisi bo’lib o’tdi. Bu GKNB tomonidan ilgari surilayotgan tashabbus bo’lib, unda Tojikiston va Afg’onistonda ro’y berib borayotgan oxirgi voqe’a hodisalar asos qilib keltiriladi. GKNB raisi o’rinbosari Rustam Mamasadikovning ta’kitlashicha, mamlakatda ekstremizm va terrorizmning hukumatga, shaxslar va jamoatchilik uchun xavfi o’ta kuchayib borayotgan emish. U yana, shu yo’nalishdagi harakatlar prizident tomonidan bir necha yillar mobaynida jiddiy e’tibor qaratilib, islomiy rodikalizmga qarshi turli choralar ko’rilganiga urg’u berdi.

Bu ishlardan avvalroq Rossiya KXShTga a’zo barcha davlatlarni, Suriya muammolarini hal qilishda o’zi bilan birga ishtirok etishga chaqirgan edi.

Yuqoridagi siyosiy xalqalar, Rossiya tomonidan, o’zining ta’siri ostida qolgan oxirgi hududi, O’rta Osiyoni G’arb mustamlakachilar ta’siridan saqlab qolish uchun olib borayotgan qo’pol siyosatini eslatib borayapti. U bu kabi iflos uslublar asosidagi harakatlarini, Karimov bilan birga 2005 yili Adijonda, Qirg’iziston muvaqqat hukumati bilan birga 2010 yili Qirg’iziston janubida amalga oshirishgan edi. O’shanda, Andijondagi qirg’inlar uyushtirilib, AQSh tomonidan O’zbekistonda tayorlanib borilayotgan rangli inqilobga qaratilgan barcha harakatlar to’sib qolingan edi. Qirg’izistonda esa, muvaqqat hukumatining o’zi, Bakievchi kuchlardan omonda qolishi bilan birga, O’zbek milliy inqilobiy harakatlarini ham bartaraf etib olishga, Rossiyaning qo’llovi bilan muvaffaq bo’lgan edi.

Endi Rossiya, Tojik rahbari I Raxmon bilan ham deyarli yuqoridagilardan farq qilmagan uslublar asosidagi amaliyotlarni amalga oshirib borishayapti. Maqsadlari o’zgargan emas. Barcha harakatlar, muayyan rejimni va malay etakchilikni saqlab qolish, islomiy muhitni kuch bilan yanchib yuborishga yo’l ochib olish yoki olib borilayotgan vahshiyona harakatlaridan o’zlarini oqlab olish va albatta Mamlakatdagi G’arbparast kuchlarni ham imkoniyatlarini bir oz yoki O’zbekiston singari mutloq cheklab olish… va hokazo.

Tojikistondagi vahimali amaliyotlar, nafaqat Tojik millati balki butun mintaqadagi o’z manfaatlarini tiklab olishi va mustahkamlash uchun amalga oshirildi. Afg’onistondagi AQSh tomonidan dastaklanishi kutilayotgan ID tashkilotiga aloqador deb gumon qilinayotgan bir qator kuchlar paydo bo’lib borayotgani va mintaqadagi mamlakatlarni AQShdan xavotirlana boshlashgani Rossiyani tashvishlantira boshladi. O’zbekiston, Tojikiston, Qozog’iston va Turkmaniston uchun buferlik hududi bo’lib kelayotgan va ular tomonidan dastaklanib kelinayotgan geniral Do’stumga qarashli xalq va armiya vakillari, bir qator kuchlar tomonidan hujumga olina boshladi. Shularning barchasi, Rossiyani bu mintaqadagi harbiy aralashuvini yanada mustahkamlashga majbur qila boshlaydi.

Bundan tashqari Putin Rossiyadagi o’zining obruyini tiklab olish uchun harbiy harakatlar yoki urushlar paydo qilishi kerak. Shuning uchun Rossiya o’ziga qarashli lekin o’zga hududda va o’zga fuqorolar ishtirokidagi urush holatlarini O’rta Osiyoda provokatsiya qilishga urinib ko’radi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.