Bangladeshda Hizb ut-Tahrirga a’zo muslimalar qamoqqa olindi

1022
0

Bangladeshning Uttara shahrida Hizb ut-Tahrirga a’zo muslimalar davlat kuch ishlatar organlari tarafidan qo’lga olinishi ortidan nohaq ayblovlar bilan panjara ortiga tashlandi. Bu haqida Bangladesh axborot agentligi xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, Hizb ut-Tahrirga a’zo ekanligi da’vo qilingan Tavhida Axtar Urmi va Raqiba Mahmud ismli ikki muslima ayol “Alias Zakia RAJUK” kollejining yonida Bangladesh politsiyasi tarafidan olib ketilgan. Politsiya mas’ullariga ko’ra, qo’lga olingan muslimalar yonidan Hizb ut-Tahrir uyushmasiga oid juda ko’p kitoblar va hujjatlar topilgan. Muslima ayollar so’roqqa tutilganda ular o’zlarining Hizb ut-Tahrir uyushmasiga a’zo ekanligini ochiq shaklda e’lon qilishgani aytiladi politsiya tarafidan chiqarilgan bayonotda.

Uttara shahar politsiya kuchlari nohaq ayblovlar bilan qamoqqa olgan muslima ayollar davlat axborot agentliklari orqali ommaga nimoyish qilindi. Suratlardan ularning qamoqqa olinishiga faqat kitoblar sabab bo’lganligini ochiq ko’rish mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.