Ey zolimlar, Agar aql ishlatsangiz haq so’zni aytayotgan halol insonni qo’yib yuboring

403
0

2015 yil 11 iyul kuni Sisiy kuch ishlatar tizimi Hizb ut-Tahrir-Misr viloyati matbuot bo’limi raisi ustoz Sharif Zoyidni Kamin Jabonda hibsga olib davlat xavfsizligi jinoyat qidiruvi bo’limiga topshirdi. Bu bo’limdagilar Sharif Zoyidni olti kun qiynoqqa solib, so’ng uni xavfsizlik bo’limiga besh kun muddatga topshirdi. Va nihoyat u prokuratura vakiliga topshirildi. Vakil uni o’n besh kun hibsda saqlashga buyruq berdi. O’n besh kundan keyin mana yana o’n besh kun hibsda saqlandi…!

Biz bu zolimlar mumkin insofga kelar, adolatsiz ravishda hibsga olishganidan tavba qilib, qo’yib yuborishar deya bir oy kutdik. Biroq ular Allohning do’stlariga dushmanlik qilishdi va Rosululloh Aning

«إِنَّ ‏اللهَ قَالَ: مَنْ عَادَى لِي وَلِيًّا فَقَدْ آذَنْتُهُ بِالْحَرْبِ…»

«Alloh dedi: kim Mening bitta do’stimga dushmanlik qilsa, Men unga urush e’lon qilaman» (Abu Hurayra rivoyati), degan hadisi qudsiysini yo unutishdi yoki o’zlarini unutganga solishdi. Kimga Alloh urush qilgan bo’lsa, u bu dunyo sharmandaligiga duchor bo’ladi, agar bilishsa, oxirat azobi undan-da kattaroqdir.

Sharif Zoyidni hibsga olinganda uning yonidan ularning tili bilan aytganda «jinoyatning ashyoviy dalili» sifatida varaqalar topilgan. Albatta ushbu varaqalarda haq so’zlar yozilgan, Sharif Zoyid bu so’zlarni Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan boshqarmayotgan hukumat yuziga tikka aytgan. U ularni ma’rufga buyurib, munkardan qaytargan, halolni ochiq ko’rsatib, harom ishlardan ogohlikka chaqirgan… ularga ham, odamlarga ham nasihat qilgan. Ular bo’lsa, barmoqlarini quloqlariga tiqishib, kiyimlariga burkanib olishdi, osiylikda oyoq tirab olishib, kibr-havo qilishdi.

Zolim hukumatning bunday qilmishi uning omadsizligiga va qilayotgan ishlariga odamlarni ishontirolmaganiga dalildir. Shuning uchun ham u botil va botil narsalar qolishi uchun haq so’zni aytayotganlarning ovozini o’chirishga o’tdi… Bunday qilishiga yo’l bo’lsin. Axir, Hizb ut-Tahrir va uning tunu kun mehnat qilayotgan a’zolari bu botilni ildizi bilan qo’porib tashlash uchun zulmatni yorib chiqmoqdalar, ularning Allohdan boshqa yordamchilari yo’q, nusrat-yordam berishda Allohning O’zi kifoya. Ushbu Hizb ut-Tahrir a’zolari jiddu jahd bilan harakat qilishayotgan Xalifalikni barpo etish yo’lida qo’llariga qurol yoki tosh olganlari yoki shunga da’vat qilganlari biror marta ham kuzatilgan emas. Aksincha, ular ongli fikrli, temirdek qattiq irodali ekanliklari, qamoqlar, ham, qiynoqlar ham, hatto o’lim ham ularni haqdan burolmasligi, bu mashaqqatlar ularni o’z yo’llaridan qaytishga va haqdan voz kechishga majbur qilgani yoki birovdan o’ch olishgani kuzatilgan emas. Ular qo’rqqanliklari uchun shunday emaslar, balki karami keng, qudrati ulug’ Allohning amriga mahkam rioya qilganliklari uchun shundaydar. Bas, ustoz Sharif Zoyidni qo’yib yuboring, ana shunda biz ham Allohning izni ila, ertaga Xalifalik barpo bo’lgan kunda sizning bu yaxshiligingizni xalifaga eslatsak, zora, gunohlaringizdan o’tsa. Shaytonga aldanib, «Sharif-halol insonni qamoqqa olishimiz bilan Allohga bo’lgan da’vatga ziyon etkazdik», deb o’ylamang, chunki Ummat millionlab shariflardan iborat…

 ﴿يُرِيدُونَ أَن يُطْفِؤُواْ نُورَ اللّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَيَأْبَى اللّهُ إِلاَّ أَن يُتِمَّ نُورَهُ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ﴾‏

«Ular Allohning nurini og’izlari bilan o’chirmoqchi bo’lishadi, Alloh esa, garchi kofirlar istamasalar-da, O’z nurini to’la yoyguvchidir» [Tavba 32]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat Bayrut-Livan

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.