Savolga javob Eron bilan G’arb o’rtasidagi yadroviy kelishuv

430
0

Savol:

Xavfsizlik Kengashi 2015 yil 20 iyul dushanba kuni Eron bilan 5+1 davlatlar guruhi o’rtasida Avstriyaning Vena shahrida 2015 yil 14 iyul kuni uzil-kesil imzolangan yadroviy kelishuvni tasdiqladi. 2015 yil 2 aprelda Shvetsariyaning Lozanna shahrida imzolangan doiraviy kelishuv bo’yicha uni imzolash 2015 yil 30 iyunga belgilangan edi. Lekin uni imzolash bu muddatdan ikki marta uzaytirildi. Bu kelishuv mazmuni nimadan iborat? Uning natijalari va mintaqadagi vaziyatga ta’siri nimalardan iborat? Bu kelishuv kimning manfaatiga xizmat qiladi? Alloh sizga yaxshilikni mukofot aylasin.

Javob:

Javob aniq bo’lishi uchun ta’sir o’tkazuvchi davlatlarning bayonotlarini va pozitsiyalarini ko’rib chiqish kerak bo’ladi:

1 – Amerika prezidenti bu kelishuv Venada imzolanganidan keyinoq televidenieda murojaat qilib bunday dedi: «Bu kelishuv Eron oldida yadroviy qurollarga ega bo’lishning har qanday yo’lini kesib qo’yadi… Chunki kelishuvda Eronda o’rnatilgan tsentrifugalarning uchdan ikki qismini olib tashlash, ularni xalqaro nazorat ostida saqlash va boyitilgan uranning 98 %idan xalos bo’lish ko’rsatilgan. Shuningdek, agar bu kelishuvni har qanday buzish ro’y beradigan bo’lsa jazo choralarini darhol qayta joriy qilishni qabul qilish va xalqaro atom agentligiga zarur bo’lgan paytda ob’ektlarni qaerda bo’lmasin va har qachon doimiy tekshiruvdan o’tkazib turish uchun kirish huquqini berish ham ko’rsatilgan» (BBС 2015 yil 14 iyul).

Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri bunday dedi: «Eron bilan tuzilgan yadroviy kelishuvni tatbiq etish bir necha bosqichlarda amalga oshadi va bu tatbiq xalqaro Xavfsizlik Kengashi tomonidan uni tasdiqlash to’g’risida qaror chiqqanidan keyin 90 kun orasida boshlanadi, ba’zi bandlarning kuchga kirishi 15 yilni o’z ichiga oladi, boshqa bandlar esa 25 yilgacha kuchda qolaveradi». (Rusiyal Yavm, 2015 yil 14 iyul)…

Doim Amerikaning fikrini ifodalab keladigan BMT bosh kotibi bir bayonotda bunday dedi: «Umid qilib aniq ishonamanki bu kelishuv O’rta Sharqdagi muhim xavfsizlik muammolarida bir-birini yanada ko’proq tushunishga va o’zaro hamkorlikka olib keladi». U bunday deb qo’shimcha ham qildi: «Shunday qilib, bu kelishuv butun mintaqadagi va bu mintaqadan tashqarida tinchlik va barqarorlikka muhim hissa qo’shishi mumkin». (Elaf, 2015 yil 14 iyul).

2 – Yevropa esa oltilik guruhidagi mushtarak uch tarmog’i: ya’ni Frantsiya, Britaniya va Germaniya hamda butun Yevropa bilan birgalikda bu kelishuvni qo’llab-quvvatladi. Masalan, Yevropa aloqalari bo’yicha mas’ula Mogerini bunday deb bildirdi: «Bu kelishuv hech shubhasiz tarixiy hodisadir va yaxshi bitimdir, chunki unda Eronning yadroviy programmasi tinch maqsadlarda bo’lishi va bir qator tadbirlar ko’rsatilgan, bu tadbirlardan biri Eron o’zining yadroviy qurolga ega bo’lishiga imkon beradigan tadqiqotlarni o’tkazishga yoki programmalarni rivojlantirishga harakat qilmasligidir, bu nihoya emas, aksincha u Eron bilan xalqaro taraflar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik bosqichi harakatining boshlanishidir». (Rusiyal yovm, 2015 yil 14 iyul).

Frantsuz prezidenti Eron bilan yirik davlatlar o’rtasida tuzilgan bu yadroviy kelishuvni olqishladi. U milliy bayram munosabati bilan televidenieda so’zlagan nutqida bunday dedi: «Biz imzolagan bu kelishuv g’oyatda ahamiyatlidir, olam oldinga qadam tashlayajak»… Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xammond ham uchlik imzolagan bu «tarixiy kelishuv»ni maqtab «U Eron bilan qo’shni davlatlar va xalqaro oila o’rtasidagi aloqalarda bir muhim o’zgarish yasaydi…» dedi. (Elaf 2015 yil 14 iyul). Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayer esa bunday dedi: «Bu kelishuv O’rta Sharqda tinchlik o’rnatilishiga hissa qo’shadi… bu bir mas’uliyatli kelishuvdir, shuning uchun Isroil unga e’tibor bilan qarashi va bu kelishuvni tanqid qilmasligi lozim». (Ey-Ar-Di nemis televideniesi 2015 yil 14 iyul).

3 – Rossiya va Xitoy esa hech qanday shart qo’ymadi, G’arb qo’ygan ana shu shartlarga qarshi ham chiqmadi va bo’lgan barcha narsaga rozilik bildirdi:

Rossiya haqida aytsak, rus prezidenti Putin nihoiy kelishuv imzolanishidan keyinoq Amerika prezidenti bilan telefon orqali bog’lanib o’z «xursandligi»ni bildirdi. U Rossiyaning tutgan pozitsiyasi uchun chiroyli munosabat bildirish sifatida Rossiyaga bir oz e’tibor berilishi uchun shunday qildi. Chunki Rossiya Amerikani qo’llovchi pozitsiyani egalladi. Amerika oldinroq Eronga va uning yadroviy programmasiga bog’liq barcha narsada Rossiyaning roziligini oldi. Chunki Amerika tashqi ishlar vaziri Kerri Rossiyaga kelib uning prezidenti Putin va o’zining hamkasbi Lavrov bilan 2015 yil 12 mayda Sochida bo’lgan uchrashuvi chog’ida yadroviy kelishuv borasida borayotgan so’zlashuvlarga ishora qilib bunday dedi: «Moskva bilan Vashington o’rtasida bu mavzudagi yakdillik nihoiy kelishuvni imzolash kaliti hisoblanadi». Shuning uchun rus prezidenti Putin Eronning yadroviy programmasi borasida tuzilgan bu kelishuvni olqishlab «Xalqaro oila uzoq yillar davom etgan muzokaralardan keyin imzolangan bu kelishuvni «zo’r xursandlik» bilan qarshi oldi» dedi… O’z navbatida rus tashqi ishlar vaziri Lavrov «Rossiya bu kelishuvni tatbiq etish uchun tashlanadigan amaliy qadamlarga o’z hissasini qo’shadi» deb va’da berdi. (Elaf 2015 yil 14 iyul).

Xitoy vakili esa: «Hamma bu yadroviy kelishuvni amalga oshirishda ijobiy ruh bilan qurollanishi lozim» deb Eron bilan tuzilgan bu kelishuvni birinchi o’n yillikda amalga oshirish katta ahamiyatga ega ekanini ko’rsatib o’tdi. (Vifoq sayti 2015 yil 20 iyul). «Obama ham Xitoy prezidentiga Eron bilan bo’lgan so’zlashuvlarda o’ynagan roli uchun tashakkur bildirdi». (Arabiyya sputnikli kanali 2015 yil 21 iyul).

4 – Eronga kelsak, uning bu kelishuvdan xursandligi tavsifga sig’maydigan darajada bo’ldi! Eron eng katta va kichik shaytonni «unutdi», balki o’zini unutganga soldi. Chunki Eron televideniesi Amerika prezidenti Obamaning kelishuv imzolanganidan keyin uni olqishlab so’zlagan nutqini bevosita efirda ko’rsatdi. Bu Eron televideniesi 36 yil mobaynida Amerika prezidenti nutqini bevosita efirga uzatayotgan ikkinchi hodisadir. Ma’lumki ikkala mamlakat o’rtasidagi diplomatik aloqalar 1980 yildan boshlab uzilib qolgan edi! Obamadan keyin Eron prezidenti bir necha daqiqa nutq so’zlab bu kelishuvni o’zining mamlakati bilan G’arb o’rtasidagi o’zaro ishonchni tiklashning «boshlang’ich nuqtasi» deb atadi. U bunday dedi: «Agar bu kelishuv to’g’ri tatbiq etilsa o’rtamizdagi ishonchsizlikni darajama-daraja yo’q qilishimiz mumkin…». (Elaf sayti 2015 yil 14 iyul).

5 – Shunday qilib, demak muzokara olib borgan barcha xalqaro kuchlar (5+1) bu kelishuvni «bir tarixiy ish» hisobladi va bunda Amerikaga ergashdi. Lekin ikkita tomon bu kelishuvga qarshi chiqdi, bu kelishuv Amerika manfaatiga bo’lmagani uchun emas, balki boshqa g’araz-maqsadlarda unga qarshi chiqdi. Bu ikki tomon: Amerika respublikachilar partiyasi va yahud vujudidir…

Respublikachilar partiyasi bu kelishuv Amerika manfaatlariga a’lo darajada xizmat qilishini juda yaxshi biladi. Lekin bu partiya o’zining doimiy odatidek demokratlar partiyasining – bu partiyaga Amerika manfaatlariga a’lo darajada xizmat qiladigan bu bir hayotiy muhim loyihaning nisbat berilib – muvaffaqiyat qozonishiga yo’l qo’ymaslik uchun zo’r berib kurashadi, ayniqsa saylovlar yaqinlashib qolgani uchun bunga qarshi shunday qattiq kurashadi. Bu bir yangilik emas. Chunki Eronda amerikaliklar garovga olingan hodisani yaxshi eslaymiz, bu muammo 1979 yil 11 apreldan boshlab 1981 yil 20 yanvargacha davom etgan edi. O’shanda respublikachilar Amerikaning o’sha paytdagi demokrat prezidenti Karterning garovga olingan ana shu amerikaliklarni ozod qilib bu muammoni hal qilish uchun bo’lgan urinishlarini barbod qilishda bor kuchlarini sarflashgan edi. Ular bu muammo faqat respublikachilar davridagina hal bo’lishi uchun bor kuchlarni sarflashgan edi. Shunday ham bo’ldi, chunki respublikachilar partiyasidagi taniqli mas’ullar Humayniy hukumatidagi taniqli mas’ullar bilan bog’lanib, Karter davrida ana shu garovga olinganlarni ozod qilishga bo’lgan urinishlarni barbod qilishga va bu ozod qilishni Amerikadagi prezidentlik saylovlaridan keyin Reyganning prezidentlik davrigacha kechiktirishga o’zaro kelishib olishdi. Buning evaziga Eron Amerika qurol-aslahalarini oladigan va Eronning banklardagi omonat pullari ozod qilinadigan bo’ldi hamda boshqa kelishuvlar bo’ladigan bo’ldi… Shunday ham bo’ldi, chunki Reygan 1981 yil 20 yanvarda prezidentlik qasamini ichishi bilanoq Erondagi o’sha garovga olingan amerikaliklar yigirma daqiqa ichida ozod etildi va ularni samolyotda bir necha soatda Vashingtonga eltib qo’yildi. Shundan keyin Reygan tarafdorlari bu «mo”jiza» haqida va bu muammo Reygan prezidentlik mansabiga kelishi bilanoq uzil-kesil hal bo’lgani haqida jar sola boshlashdi!

Hozir ham xuddi shunday bo’lmoqda, chunki bu ikki partiya o’rtasida saylov oldi kurashi boshlandi. Aslida Eron bilan tuzilgan bu kelishuv Amerika manfaatlariga zid emas, ikkala partiya ham bu yadroviy kelishuv Amerika uchun bir g’alaba bo’lganini juda yaxshi tushunadi. Lekin respublikachilar, ayniqsa prezidentlik saylovi yaqinlashib qolgan bir paytda demokratlarning bu hayotiy muhim loyiha ularga nisbat berilib yutuqqa erishishlarini aslo istashmaydi. Shuning uchun respublikachilar bu kelishuvga qarshi chiqishdi. Ma’lumki respublikachilar ko’p o’rinlarni egallab ustun bo’lib olgan kongress bu kelishuvning imzolanishiga qarshi chiqdi. Chunki kongressning 2016 yil noyabr oyining boshlarida bo’lib o’tadigan prezidentlik saylovlariga bog’liq partiyaviy hisob-kitoblari bor. Shuning uchun respublikachilar partiyasi Obama boshchiligidagi hozirgi idora mansub bo’lgan demokratlar partiyasining bir porloq yutuqqa erishib ko’zga ko’rinishiga yo’l qo’ymaslikka zo’r berib harakat qilyapti. Chunki bu yutuq orqali demokratlar partiyasi prezidentlik saylovlarida yutib chiqishi mumkin. Obama ham buni juda yaxshi tushunadi, shuning uchun u agar respublikachilar qarshi chiqishni oxiriga qadar davom ettirib bu kelishuvni kongressda bekor qilishadigan bo’lsa veto huquqidan foydalanish bilan tahdid qildi…

Yahud vujudi esa, shubhasiz u ham bunday kelishuv bo’lishini hatto tushida ham ko’rmaganini juda yaxshi tushunadi. Chunki bu kelishuv yahud vujudini bu mintaqada hech-bir talashib-tortishishsiz yadroviy qurolga ega bo’lgan yagona zo’ravonga aylantirib qo’ydi… Lekin shunga qaramay yahud vujudi bu kelishuvga qarshi chiqdi. Bunga sabab quyidagi uch ishdir: birinchisi: yahud vujudi respublikachilar partiyasining prezidentlik saylovlarida g’olib chiqishini kutmoqda. Shuning uchun bu vujud bu partiyani uning saylovoldi kampaniyasida qo’llamoqda. Chunki bu orqali respublikachilar partiyasining qo’llab-quvvatloviga sazovor bo’lmoqchi… Ikkinchi ish: yahud vujudi Obamaning bu vujudni qaysidir darajada rozi qilishga urinishini ham kutmoqda. Chunki demokratlar yahudiy lobbisi ovozlariga muhtojdir, demak kelishuvga qarshi chiqish g’alamislik qilib majburlashning bir vositasi bo’ladi… Uchinchi ish: u eng muhimidir, chunki yahud vujudi Erondagi va boshqa musulmon yurtlardagi hokimlarning hokimiyatda uzoq davom etmasliklarini juda yaxshi tushunadi. Chunki bu hokimlar Ummat haq-huquqlarini va uning qurol-aslahalarini loqaydlik bilan boy berishdi. Shuning uchun ular hokimiyatda uzoq davom etishmaydi, yahud vujudi buni yaxshi tushunadi. Qolaversa Islomiy Ummat o’z diniga qaytadigan va uning olimlari uning hayotiy muhim sanoatini yangidan tiklaydigan kun ham uzoq emas… Yahud vujudi buni juda yaxshi tushunadi, shuning uchun ham u bu kelishuvni etarli emas deb ko’rsatmoqda. Uning maqsadi Eron va boshqa musulmon yurtlardagi yadroviy qurol ta’qib qilinganidan keyin ana shu yurtlardagi yadroviy soha olimlarini ham ta’qib qilishga o’tish uchun bosimlarni hozirlashdir…

Mana shu sabablarga ko’ra yahud vujudi o’zining qarshiligini bildirdi. Aslida yahud vujudi respublikachilar va demokratlarning bu vujud tinchligi va xavfsizligini saqlash majburiyatini o’z zimmalariga doimo olib kelishlarini, o’zining tinchligini saqlash uchun Amerika pinjiga kirib olishdan voz kecholmasligini ham juda yaxshi biladi. Chunki yahudlar uchun Alloh tomonidan bo’lgan arqon (ahdi panoh) va odamlar tomonidan bo’lgan ahdi panohsiz hech bir tayanch bo’lmaydi. Ular Alloh arqonini uzishganidan beri juda uzoq davrlar o’tdi, shuning uchun hozir ular odamlar tomonidan uzatilgan arqonga mahkam yopishib olishgan. Ularning tinchligi xorijiy (tashqi) omilga bog’liq bo’lib qolgan. Shuning uchun bunday kelishuv aslida ularning tinchligini saqlashdagi bir tayanch-asosdir. Demak yahudlarning bu kelishuvga qarshi chiqishayotgani haqiqiy emas. Shuning uchun Obamaning mudofaa vaziri Karter – Netanyaxu Obamaga qarshi chiqayotgan bir vaqtda – yahud davlatiga safar bilan kelgan paytida zo’r mamnuniyat bilan quchoq ochib qarshi olindi va u bunday dedi: «Isroil hech shubhasiz O’rta Sharqdagi siyosatimizning bir tayanchidir, shuning uchun biz Tehronning yadroviy qurolga ega bo’lishiga hech qachon yo’l qo’ymaymiz va bu mintaqadagi ittifoqchilarimiz tinchligini saqlash va ularni himoya qilish majburiyatidamiz» (Bosib olingan Quddus – qudsnet axborot agentligi 2015 yil 20 iyul).

6 – Bu bayonotlardan va pozitsiyalardan quyidagilar ayon bo’lyapti:

  1. a) Amerika idorasining bu kelishuvning imzolanishiga zo’r istak ko’rsatgani! Chunki bu idora bu kelishuvga nisbatan u Eronning yoki Yevropaning yoki boshqa qaysidir davlatning emas, go’yo o’zining bir taqdiriy masalasidek munosabatda bo’ldi… Shuning uchun Amerika prezidenti muzokaralarni uzoqdan turib, bevosita bog’lanish bilan va bu kelishuv tuzilishiga o’ta ahamiyat berish bilan boshqarib turdi hamda o’zining tashqi ishlar vazirini oldingi bog’lanishlardan tashqari uzluksiz uch hafta davomida shu kelishuvni tuzish bilan band qilib turdi. Bu esa bu kelishuv Amerika uchun, uning manfaatlari uchun va Obama idorasi manfaatlari uchun o’ta ahamiyatga ega ekanligiga dalolat qiladi. Chunki bu kelishuv Eronni o’nlab yillargacha kishanlab qo’ydi va uni har qanday yadroviy qurolni ishlab chiqishdan yiroqlatdi. Amerika prezidenti va boshqa amerikalik mas’ullar Eronning mintaqadagi strategik roli ahamiyatli ekani haqida, shuning uchun u bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklari haqida (balki ko’rinib turganidek ular Eron bilan hamkorlikni amaliy tarzda allaqachon boshlab yuborishgan) oldin ham bayonotlar berishgan. Eron mas’ullari ham bayonotlar berib Amerika bilan Iroq va Afg’onistonda hamkorlik qilishganini va «terrorizm va ekstremizm»ga qarshi kurashda ham Amerika bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini e’lon qilishgan. Eron va uning Hizbining Suriyada qilayotgan vahshiyliklariga Amerikaning zimdan roziligi ham kuzatilmoqda. Yamanda ham xuddi shunday bo’lmoqda. Chunki Amerika Yamanda Eronga – u Husiylarga qurol-aslaha va harbiy texnika bilan yordam berib Yamanda bir rol o’ynashi uchun – bir muhim rolni berdi. Negaki, shundagina Amerika Yamanda o’z nufuzini o’rnata oladi… Shuning uchun bu kelishuvni oldingi ana shu bayonotlar bilan va Eronga Amerika ajratib bergan ana shu rol bilan bog’laydigan bo’lsak, bularning barchasi Amerikaning bu kelishuv orqali Eronga ishlarni osonlashtirib berish maqsadini ko’zlaganini ko’rsatib beradi. Eronga ishlarni osonlashtirib berish esa unga qarshi joriy qilingan jazo choralarini olib tashlash va u bilan ochiq aloqalarni o’rnatish bilan bo’ladi. Chunki o’shanda Eron Amerikaga uning ishini osonlashtirib beradigan, Amerikani ezib turgan og’ir yuklarni engillashtiradigan va uning bu mintaqadagi davlatlar va xalqlar bilan qilayotgan o’yinlarini niqoblaydigan rolni o’ynashda davom etish imkoniga ega bo’ladi. Natijada Eron xuddi Iroq, Suriya va Yamanda bo’lganidek Amerika siyosatini amalga oshirib beradi. Lekin endi bu amalga oshirish ilgarigidek ko’rib bo’lmaydigan qalin parda ortida emas, balki shaffof-yupqa parda ortida balki umuman hech qanday pardasiz bo’ladi!
  2. b) Boshqa tomondan esa Yevropaning uch davlati muzokaralardan bir chetda bo’lib qolgani kuzatildi! Shuning uchun bo’lgan muzokaralarni Amerika Eron bilan birga tayyorlagan tartib-choralar deyish mumkin. Bu tartib-choralar jazo choralarini olib tashlash, yadroviy kelishuv va Eronni Amerikaning mintaqadagi loyihalariga xizmat qilishga qiziqtirish xususida bo’ldi. Shubhasiz, Yevropa buni va bundan ham ko’proq yashirin uchrashuvlar bo’lganini, balki butunlay oshkor uchrashuvlar bo’lganini yaxshi bilardi. Yevropa amerikalik va eronlik vakillar orasida girdikapalak bo’lib aylanib yurdi… Shunday qilib demak Yevropaga Amerika tayyorlab qo’ygan kelishuvga asoslanilishi aniq bo’lib qolgan edi. Shuning uchun Yevropa, xususan Frantsiya e’tiroz bildirishdan voz kechdi va kelishuv imzolandi… Yevropa Amerika tayyorlagan bu kelishuvdan, ayniqsa jazo choralarining olib tashlanishidan biron narsaga ega bo’lib olish fikriga tushdi. Shuning uchun ana shu Yevropa davlatlari Eron maydoniga ochko’zlik bilan tashlandi, masalan Britaniya Tehronda o’z elchixonasini ochishini bildirgan bo’lsa, Frantsiya o’zining tashqi ishlar vaziri Tehronga yo’l olishini e’lon qildi… Nemis shirkatlari esa Eron sari darhol harakatlanishga shaylandi. Qolaversa, bu shirkatlar ancha vaqtdan buyon Erondagi kelgusi rejalarni va u erda o’zlari amalga oshiradigan loyihalarni tuzib keladi. Bu nemis axborot vositalarida shundoq ko’rinib turibdi. Go’yo nemislar bu kelishuv imzolanishiga oldindan ishonishgandek va Eronning yadroviy programmadan voz kechishini sezishgandek shunday ish tutib kelishdi. Chunki ular Eron Amerikaning bir ishorasi bilan tiz cho’kishini yaxshi bilishardi… Shunday qilib demak evropaliklar oldida Eronda investitsiyalarni va loyihalarni qo’lga kiritib – chunki ular moliyaviy tanglikdan qiynalishmoqda – o’ljalarga ega bo’lish uchun Eron sari harakatlanishdan boshqa iloj qolmadi. Chunki ular Amerika bilan Eron o’rtasida yadroviy kelishuv tuzilishiga to’sqinlik qilolmasliklarini yoki Amerika nufuziga ta’sir o’tkaza olmasliklarini tushunishdi. Shuning uchun ularning oldida Erondagi investitsiyalar va loyihalar orqali o’ljalarga ega bo’lishdan boshqa iloj qolmadi. Negaki, bu investitsiyalar va loyihalar orqali evropaliklar Eron ichkarisida uzoq vaqt davomida ish olib borib, Amerika nufuzi yonida Yevropa nufuzini yoki bu nufuzning bir oz qismini qayta tiklash imkoniga ega bo’lishlari mumkin…
  3. v) Rossiya va Xitoyga kelsak, ular Eronda o’z nufuzlarini o’rnatishni tama qilisholmaydi… Shuning uchun ularga Amerika ularning Eron bilan savdo aloqalarini o’rnatishlarini jazo choralarini olib tashlash bilan engillatib berishdan boshqa o’ljadan ularga ulush yo’q. Ruslar bilan xitoyliklarga shuning o’zi etadi. Bunga hozirgina aytib o’tganimizdek Obamaning ular bilan telefon orqali bog’lanib ularga bu kelishuvga qarshi chiqishmagani uchun tashakkur bildirganini ham qo’shimcha qilinsa, bu tashakkurning o’zi ularning nazdida juda yaxshi ish bo’lgan bo’ladi!
  4. g) Eron esa uning uchun muhim bo’lgan narsa bor-yo’g’i o’zidan jazo choralarining olib tashlanishi va jamoatchilikka go’yo g’olib bo’lgandek bo’lib ko’rinish bo’ldi. Hatto Islom va musulmonlar uchun azizlik-qudrat bo’lgan qurol undan shilib-tortib olinsa ham va hatto buning evaziga Eron Amerikaning mintaqadagi rejalarini hozirgidan ham ko’ra ildamroq bajaradigan bo’lsa ham Eronning butun g’ami shundan iborat bo’ldi! Shuning uchun Eron bu kelishuvdan xursandligini izhor qildi. Uning rasmiy doiralarda ham, xalq tomonidan ham qo’llab-quvvatlanganini bildirdi, chunki bu kelishuv jazo choralarini bekor qiladi, deb jar solishdi. Lekin Eronning buning evaziga Amerikaga yanada ko’proq xizmatkorlik qilishi haqida churq etishmadi… Masalan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy kelishuv imzolanishi bilanoq Eron televideniesi orqali murojaat qildi. Lekin u bundan oldin Amerika prezidentining murojaati tugashini kutib turdi! Shundan keyin Ruhoniy kelishuvni maqtadi va bu kelishuv Eron istaklarini ro’yobga chiqarib berganini aytib bunday dedi: «Eronga qarshi joriy qilingan barcha jazo choralari bu kelishuv kuchga kirgan kundan boshlab yo’q bo’ladi…».

Jazo choralarining olib tashlanishi evaziga Eron shunday bir yon berishlarni berdiki Islom shiorini ko’tarib chiqadigan nizom u yoqda tursin bironta hur-ozod nizom bu yon berishlarga ko’nishni aslo qabul qilmaydi. Chunki bu yon berishlarga chuqurroq nazar tashlagan va ular haqida fikr yuritgan har qanday oqil kishi bu yon berishlar qo’rqinchidan o’ta dahshatga tushadi. «Rusiyal Yavm» sayti kelishuv 2015 yil 14 iyulda e’lon qilinganidan keyin uning eng muhim bandlarini nashr qildi, ulardan ba’zilari quyidagilar:

Eron yadroviy programmasini uzoq davrlargacha cheklab qo’yish, shu bilan birga uranni boyitishni 3,67 % nisbatda davom ettirish… tsentrifugalarni uchdan ikki miqdorda kamaytirib 5060 tsentrifugaga tushirish… boyitilgan uranning 98 %idan voz kechish… kelgusi yillar orasida atom yoqilg’isini import qilib keltirmaslik, og’ir suv bilan ishlaydigan reaktorlarni qurmaslik, bir yadroviy inshootdan boshqasiga 15 yilgacha texnik jihozlarni ko’chirmaslik… xalqaro atom agentligi tekshiruvchilarining shubha qilingan har qanday ob’ektga, jumladan harbiy ob’ektlarga ham kirishiga ruxsat berish, lekin bu kirish Tehron bilan maslahat qilinganidan keyin bo’ladi… qo’shimcha 5 yilgacha qurol-aslahalarni va 8 yilgacha ballistik raketalarni chetdan import qilib keltirishga qarshi joriy qilingan taqiqni o’zgarishsiz qoldirish… Eronning muzlatib qo’yilgan milliardlab dollar pullarini ozod qilish… Yevropa va Qo’shma Shtatlar tomonidan joriy qilingan jazo choralarini Erondan olib tashlash…

Saytning qo’shimcha qilib bildirishicha Eron xalqaro atom agentligi bilan «yo’l xaritasi»ni ham imzoladi, unda jumladan quyidagilar kelgan:

Eronga qarshi yadroviy sohada joriy qilingan cheklovlarni 8 yilgacha o’zgarishsiz qoldirish… Eron yadroviy yonilg’i bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishdan 15 yilgacha voz kechadi… Erondagi past darajada boyitilgan uran zahirasi 15 yil davomida 300 kilogrammdan oshmasligi kerak… Eron 15 oktyabrgacha xalqaro atom agentligi bilan bo’ladigan dialogda ehtimol tutilayotgan harbiy yo’nalish tusidagi masalalarni izohlab berish majburiyatini oladi.

Eronning «Fors» agentligi 2015 yil 14 iyulda bunday deb bildirdi: «Kelishuv loyihasida Eronning barcha ob’ektlari, jumladan harbiy ob’ektlari ham tekshiruvdan o’tkazilishi va Parchin harbiy ob’ektini bir marta borib ko’rish ko’rsatilgan».

Bundan tashqari Obamaning kelishuvdan keyingi murojaatida quyidagilar ham kelgan: «… Agar kelishuvni qandaydir buzish ro’y beradigan bo’lsa jazo choralarini qaytadan darhol boshlashni qabul qilish…».

Bu yon berishlarni diqqat bilan ko’rib chiqqan kishi hozirgina aytib o’tganimizdek o’ta dahshatga tushishi aniq… Yanada hayron qolinadigan narsa shuki Eron rejimi bu yon berishlarni g’alaba deb atab zo’r berib jar solyapti! Albatta xato qiluvchi kishilar bo’ladi. Lekin ular xatolarini tan olishadi va uni muolaja qilishadi-o’nglashadi yoki uni muolaja qilishga harakat qilishadi. Bunday odamlarning xatosini va ularning bu xatodan qaytishlarini kishi tushunishi mumkin. Lekin qandaydir odamlarning Ummatning taqdiri borasida bila turib, qasddan dahshatli fojiali qadamlarni tashlashi bu endi bir halokat keltiruvchi zulmatdir. Erondagi ba’zi ongli kishilar tomonidan ko’rina boshlagan ziyo-yorug’lik bu zulmatni bir oz kamaytirishi mumkin. Bu ongli kishilar rejimning bu soxta g’alaba haqida jar solishiga aldanishmadi, aksincha ular buning mag’lubiyat ekanini ko’ra olishdi. Masalan Erondagi «Rajo» sayti bu kelishuvning tantana qilinganini tanqid qilib bunday dedi: «U (ya’ni kelishuv) g’alaba emas, aksincha ezib, yanchib tashlovchi mag’lubiyatdir, chunki u Eronning yadroviy texnologiyasidan katta qismini yopib qo’ydi». (Elaf sayti, 14 iyul)… Hatto Homanaiy ham g’alaba haqida zo’r berib jar solish quroli ziyon keltiruvchi qurol ekanini tushundi. U buni ayniqsa Eron televideniesi Obama murojaatini Eron prezidenti murojaatidan oldin efirga uzatganidan keyin tushundi! Shuning uchun «inqilob rahbari» shosha-pisha bu ziyonni o’nglashga urinib Amerikani gerdaygan deb atadi va uning siyosati o’zining siyosatidan farq qilishini aytdi, shuning uchun Amerika bilan muzokara olib bormasligini aytdi… lekin qachon?! Muzokaraga to’yganidan keyinmi?! Amerikaning yadroviy rejasi Eronga halokatli zarba etkazganidan keyinmi?!… Hatto jazo choralarining olib tashlanishi ham va Eron rejimi bu yon berishlarni oqlamoqchi bo’layotgan pullarning ozod qilinishi ham hujjat bo’lolmaydi. Ruhoniy bu bahonalarni o’zining murojaatlarida bunday deb qayta-qayta takrorlagan: «Bu jazo choralari Eron jamiyatidagi ko’pgina muammolarga sabab bo’ldi» (2015 yil 23 iyul). U buni kelishuv imzolanganidan keyin qilgan va Eron televideniesi efirga uzatgan murojaatida yana bir bor takrorlab bunday dedi: «Bu jazo choralari Eron xalqida og’ir asoratlarni qoldirdi» (2015 yil 14 iyul)… Bularning barchasi aldovdir, chunki jazo choralarining asoratlari xorlarcha yon berishlar bilan yo’q qilinmaydi. Aksincha ularni Islom hukmlarini rostdan va ixlos bilan tatbiq etish orqali yo’q qilinadi, ayniqsa omma mulki va davlat mulki hukmlari borasidagi iqtisodiy nizom yordamida yo’q qilinadi. Bu asoratlar Allohga bergan ahdlariga sodiq kishilar ana shu tatbiqqa boshchilik qilishlari bilan yo’q qilinadi. Chunki bu sodiq kishilar Erondagi, er bag’ridagi va ustidagi ulkan boyliklardan yaxshi foydalanadilar. Bu nizom Alloh Subhanahu Kitobida va Rosuli A sunnatida bitib qo’yilgan bo’lib, uni qalbi bor yoki o’zi guvoh bo’lgan holda haqqa quloq tutadigan har bir kishi tushunadi… Bu hukmlarning barchasi odamlarga hayot bag’ishlab ularni bu tang hayot kechirishdan yuksaltirib qutqazadi, o’shanda jazo choralarining ta’siri uni joriy qilganlarning o’ziga uradi. Endi muzlatib qo’yilgan pullarning ozod qilinishiga kelsak, agar Eron shuning evaziga voz kechadigan qurol-aslahalarga ketgan sarf-xarajatlarni hisoblaydigan bo’lsangiz farq katta bo’lmaydi! Agar bunga Ummatga – uni bir muhim qurol-aslahasidan mahrum qilib – etkazilayotgan ma’naviy ziyon qiymatini ham qo’shiladigan bo’lsa ahvol qanday bo’ladi?!

Jazo choralari xorlarcha yon berishlar bilan emas, aksincha ana shunday muolaja qilinib yo’q qilinadi…

 إن في هذا لبلاغا لقوم عابدين

«Albatta mana shu (Qur’onda) ibodat qilguvchi qavm uchun etarli narsa bordir» [Anbiyo 106]

6 shavvol 1436h

22 iyul 2015m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.