Qozog’iston Qirg’izistonning YeIIga kirishi haqidagi shartnomani imzoladi

416
0

Iqtisodiy ittifoqqa qaragandan ko’ra ko’proq siyosiy maqsadlarni ko’zlab tashkil etilgan Yevroosiy iqtisodiy ittifoqiga va nihoyat Qirg’iziston ham to’laqonli a’zo bo’ldi.

OAVoari tarqatgan xabarga ko’ra, Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboev 4 avgust kuni Qirg’izistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo’shilishi to’g’risidagi shartnomani imzoladi. Qozog’iston ushbu shartnomani ratifikatsiya qilgan oxirgi davlat bo’ldi. Ungacha Armaniston, Belarus va Rossiya parlamenti va prezidentlari bu shartnomani qabul qilgan va imzolagan edi.

Qozog’iston prezidenti shartnomani imzolaganidan so’ng, 6 avgustdan boshlab qirg’iz-qozoq chegarasidagi “Oq yo’l” bojxona nazorat punkti butunlay olib tashlanishi haqida xabarlar paydo bo’ldi. Biroq, bosh vazir Temir Sarievning matbuot kotibi Nazira Axmedova chegarani ochilishi kelasi haftaga qoldirilganini ma’lum qildi.

Gachi Qirg’iziston hukumati ittifoqqa to’la a’zo bo’lib, chegaralar ochilishini intizorlik bilan kutayotgan bo’lsada, oddiy xalq, mahalliy ishlab chiqaruvchi va todbirkorlar uchun buni foydasidan ko’ra ziyoni ko’p bo’lishi mumkin. Bunga asosiy sabab Qirg’izistonda ishlab chiqarish ittifoqqa a’zo boshqa davlatlarga qaraganda nochorligi, turmush darajasini pastligidir. Chegaralar ochilganidan so’ng xohlaymizmi yoki yo’q, narx-navo ittifoqqa a’zo qolgan davlatlardagi ish haqi darajasidan kelib chiqib belgilangan narxlar bilan bir xil bo’lmasada, maskimal darajada yaqinlashadi.

MDH davlatlararo statistik qo’mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga qaraganda, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududi bo’yicha eng yuqori ish haqi Qozog’istonda qayd qilindi. Mamlakatda o’rtacha ish haqi 132.5 ming tanga yoki 713 dollarni tashkil qiladi. Rossiyada bu ko’rsatkich 31.3 ming rubl yoki 629 dollarga teng.

Shuningdek, Qirg’izistonda o’rtacha oylik ish haqi 11 703 som/200 dollarga, Armanistonda 173.5 ming dram/363 dollarga, Belarusda esa 6.5 mln rubl/453 dollarga teng.

Oylik nafaqa to’lovlari bo’yicha ham Qozog’iston birinchi o’rinda turibdi. O’rtacha nafaqa miqdori bu erda 50 549 tanga yoki 272 dollarni tashkil qiladi. Qirg’iziston bu ko’rsatkich bo’yicha ham oxirgi o’rinda – 4.6 ming som (78 dollar).

Ishsizlikning eng past darajasi bo’yicha ham Qozog’iston ittifoqqa a’zo davlatlar ichida birinchilikni egallab turipti. Qozog’istondagi iqtisodiy faol aholining 0.6 foizi yoki 56.1 ming kishi ishsiz ekan. Undan keyingi o’rinda Belarus (0.9 foiz yoki 39 ming) va Rossiya (1.3 foiz yoki 1 mln) egalladi.

Qirg’izistonda ishsizlar soni 59.3 ming kishiga, Armanistonda esa 73 ming kishiga tengligi aytib o’tildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.