Turkmaniston prezidenti Qirg’izistonga tpshrif buyuradi

438
0

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko’ra, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 5-6 avgust kunlari davlat tashrifi bilan birinchi bor Qirg’izistonga tashrif buyuradi.

Turkmaniston tomoni bilan ikkitomonlama uchrashuvlarda siyosiy muloqotni rivojlantirish masalalari va savdo-iqtisodiy, energetika va transport sohalarida hamda xalqaro tashkilotlar doirasida Qirg’iziston va Turkmaniston o’rtasidagi hamkorlik istiqbollari muxokama qilishi rejalashtirilgan.

Matbuot xizmati xabar berishicha, “Turkmaniston prezidentining davlat tashrifi davomida ta’lim, fan, madaniyat va qishloq xo’jaligi sohasi, shuningdek, ikki mamlakat hududlari o’rtasidagi hamkorlik to’g’risidagi ikkitomonlama shartnomalarni imzolash rejalashtirilgan”.

Xabar qilinishicha, Turkmaniston prezidentining tashrifi arafasida 4 avgust kuni Bishkek shahrida ikki mamlakatning tegishli davlat organlari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida “Qirg’iziston-Turkmaniston” biznes-forumi bo’lib o’tadi.

“Savdo-iqtisodiy munosabatlarning muhim yo’nalishi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o’rtasida bevosita aloqalarni mustaxkamlash bilan bog’liq ekanligin hisobga olgan holda qo’shma biznes-forumni o’tkazilishi bu sohada hamkorlikni rivojlantirishga qo’shimcha quch bag’ishlaydi”, – deyiladi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.