ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi terrorizmga qarshi kurashda Yevropol bilan hamkorlik qilmoqchi

377
0

ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi boshlig’i Chjan Sinfen Toshkentda Yevropa Jinoiy politsiyasi tashkiloti (Yevropol) rahbariyati bilan uchrashuv o’tkazgan. RIA Novosti nashrining xabar berishicha, uchrashuvda tomonlar terroristik guruhlarga qarshi kurashda o’zaro hamkorlik qilish masalasini muhokama qilishgan.

“MATT rahbari o’zining evropalik hamkasbi Vil van Xemert bilan suhbat chog’ida internet orqali terrorchilikni targ’ib etish muammosiga qarshi kurashish masalasini muhokama qilishdi”, – deyiladi xabarda.

Chjan Sinfen tashkilot tarkibidagi mamlakatlarga terroristik tashkilotlardan keladigan xavfga qarshi amalga oshirilayotgan ishlar haqida ta’kidlab o’tgan.

Tuzilma ma’lumotlariga ko’ra, tashkilot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida terrorizmga qarshi kurash maqsadida maxsus tahlilchilar guruhini tashkil etgan.

Turkiston:

Mustamlakachi davlatlar dunyodagi moddiy boyliklarni taqsimlash va mustamlaka davlatlar ustidan o’z nufuzlarini o’rnatish bo’yicha o’zaro kelisha olishmasada, biroq hayot maydoniga qaytishi ortidan ularni o’zlari ega chiqib turgan barcha narsadan, shu jumladan xalqaro siyosatdagi gegemonlikdan mahrum qilishga qodir bo’lgan Islom dini va bu dinni boshqaruv sifatida hokimiyatga qaytarish uchun jiddiy harakat qilayotgan musulmonlarga qarshi kurashda doimo yakdildirlar.

Garchi bu davlatlar va ular tomonidan musulmonlar ustiga o’rnatib qo’yilgan malay hokimlar ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashyapmiz deb jar solishsada asosiy maqsadlari Islomni yana qayta hayot maydoniga qaytishini imkon qadar ortga surishdan iborat. Mustamlakachi davlatlar o’z maqsadlariga erishish uchun AQSh bergan loyiha asosida avval “Al-Qoida”dan foydalanishgan bo’lishsa endilikda “islomiy davlat tahdididan” unumli foydalanishga harakat qilishmoqda. Bu loyiha Rossiya, Xitoy… kabi davlatlarga juda qo’l kelib ular o’z yurtlarida ham, siyosiy yoki iqtisodiy jihatdan o’zlariga qaram qilib olgan Markaziy Osiyo respublikalaridagi malay gumashtalari orqali ham Islom va musulmonlarga qarshi kurashib kelshimoqda. Bu malay gumashtalar esa o’z xojalarini rozi qilish ilinjida aholisining 85-90 foizi musulmonlarni tashkil etishiga qaramay namoz, ro’za, xijob va saqolu oq do’ppiga kiyishga qadar kurashib kelishmoqda.

Mustamlakachi davlatlar va ularning yuvindixo’r malaylari qanchalar harakat qilishmasin Islomni hayot maydoniga qaytishiga to’sqinlik qilishdan ojiz qolishdi. Bugungi kunda musulmonlar Islom dinini faqatgina ibodat va odob-axloq dini sifatida emas, balki insonning barcha muamolariga echim beradigan mabda sifatida qabul qila boshlashdi va bu Mabda sari dadil odimlar bilan intilishmoqda.

 يُرِيدُونَ لِيُطْفِئُوا نُورَ الله بِأَفْوَاهِهِمْ وَاللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

“Ular Allohning nurini og’izlari (ya’ni behuda gaplari) bilan o’chirmoqchi bo’lurlar. Alloh esa, garchi kofirlar istamasalarda, O’z nurini to’la (butun dunyoga) yoyguvchidir”. (Saf. 8)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.