“O’rta Osiyo-Janubiy Osiyo 1000” loyihasi g’arb mustamlakachiligining navbatdagi loyihasidir

647
0

Xabar:

30 iyul kungi Avesta TJ tarqatgan xabarga ko’ra, “O’rta Osiyo-Janubiy Osiyo 1000” loyiha doirasidagi bitimning yakuniy tanlovidagi xujjatlarga imzo chekish 2015 yil iyul oyining oxirida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Sharh:

“O’rta Osiyo-Janubiy Osiyo 1000” loyihasi bu – O’rta Osiyo orqali Afg’oniston bilan Pokistongacha energiya uzatish liniyalarini qurish bo’yicha tayyorlangan loyihadir. Energiya uzatish liniyalarining Qirg’izistondan Tojikistongacha bo’lgan uzunligi 477km ni, Tojikistondan Afg’oniston orqali Pokistongacha bo’lgan uzunligi esa 750km ni tashkil qiladi. Bu loyihaning qurilishi Tojikistonda 2015 yilda, Qirg’izistonda esa 2016 yilni boshida boshlanishi va 2018 yilda yakuniga etkazilishi rejalashtirilgan. Shu loyiha doirasida 1300 Megavatt elektr energiya uzatib berish taklif qilingan. Loyihaning umumiy xarajati 17.1 milliard dollar baholanmoqda.

Bir qarashda bu xayriya ishi 31 million afg’on xalqining va 190 million Pokiston xalqining elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan, degan tasavvur paydo bo’ladi. Lekin ajablanarlisi shuki, bu loyiha asosida, Afg’oniston bilan Iroqqa harbiy hujum qilgan, ana shu Amerika bilan Britaniya mustamlakachi davlatlarning o’zlaridir.

2015 yil 12-13 iyun kunlari Qozog’istonning Olmaota shahrida “O’rta Osiyo-Janubiy Osiyo 1000” loyihasi ishi bo’yicha barcha hamkorlarning uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvga mustamlakachi davlatlar va ularning qurollari bo’lmish, Jahon banki, Islom rivojlanish banki, AQSh hukumati agentligi (USAID), Britaniya xalqaro hamkorlik vazirligi va yana bir qancha donor tashkilotlar qatnashdi.

2014 yilning bahorida Jahon bankining direktorlar kengashi “O’rta Osiyo-Janubiy Osiyo 1000” loyihasi, ya’ni elektr energiyasini uzatish va tijorat loyihasi uchun kredit va grantlar shaklida 5,526 million dollar miqdoridagi mablag’ni moliyalashtirilishini ma’qulladi. Jahon banki tomonidan umumiy moliyalashtirilgan mablag’ miqdoridan Afg’onistonga 316,5 million AQSh dollari grant shaklida, Pokistonga 120 million AQSh dollari kredit shaklida, Qirg’izistonga 45 million AQSh dollari grant va kredit shaklida, Tojikistonga esa 45 million AQSh dollari grant shaklida beriladi.

“O’rta Osiyo-Janubiy Osiyo 1000” tizimi orqali elektr savdosi uchun belgilangan elektr energiya ishlab chiqaruvchi stantsiyalar mavjud. Misol tariqasida Qirg’izistondagi “To’xtagul GES”i, Tojikistonda “Norak GES”larini keltirish mumkin. Shunday bo’lishiga qaramay, Tojikistongi energitika va suv xo’jaligi vazirligi bergan ma’lumotlarga ko’ra, Tojikistonda ushbu loyihani amalga oshirish uchun 300 million AQSh dollardan ko’proq mablag’ kerak bo’ladi.

O’rta Osiyodagi bu ikki davlat, ya’ni Qirg’iziston va Tojikiston respublikalari dunyoda ulkan suv zaxiralariga ega davlatlardan hisoblanadi. Har yili ariqlar-u daryolar tog’lardagi qorlardan erib tushgan suvlar bilan to’lib toshadi. Qirg’iziston er maydonining 75%ni balandligi 7439 metrga etadigan tog’lar tashkil qilsa, Tojikiston er maydonining 93%ini esa balandligi 7495 metrga etadigan baland tog’lar tashkil qiladi. Davlatlardagi Bu tabiiy xususiyatlar ularga deyarli kuch sarflamasdan ulkan miqdorda elektr energiya ishlab chiqarish imkonini beradi.

Ulkan miqdordagi elektr energiyani ishlab chiqarilishi va GESlar qurilishi rivojlantirilishiga qaramasdan, O’rta Osiyo xalqlari – yoz bo’ladimi, qishmi bo’ladimi – doimo elektr energiya tanqisligidan qiynaladi. O’rta Osiyodagi davlatlarining biror bir tumanida har kuni elektr energiya ta’minoti uzib qo’yiladi. Masalan, shu yil Tojikistonda qishloq aholisining aksari bir kunda 8-10 soat elektr energiya bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, elektr energiya narxlari doimo oshib boradi. Tojikiston iqtisodiy rivojlanish vaziriligi tarqatgan xabarga ko’ra, elektr energiya narxlari 2014 yili o’rtacha 15%ga ko’tarilgan bo’lsa, 2015 yilda 12%ga ko’tariladi.

“O’rta Osiyo-Janubiy Osiyo 1000” yangi loyihasining qurilishi ushbu energiya uzatish liniyasi qurilishi yo’nalishida yashaydigan har bir uy egalariga ta’sir ko’rsatmoqda. Davlat ularga pul, uy qurish uchun er berish va boshqa narsalar bilan yordam berishini e’lon qilishiga qaramay, ular uy-joylari va yashash sharoitlaridan mahrum bo’lgan holda ko’chalarga quvib chiqarilmoqda. Natijada odamlar qarindoshlarining uylarida yashashga yoki boshqa qishloqlarga ko’chib ketishga majbur bo’lmoqda. Qarindoshlari yo’q bo’lgan kishilar esa uysiz-joysiz, ko’chalarda yashashmoqda.

“O’rta Osiyo-Janubiy Osiyo 1000” loyihasi qurilishini asosiy qismi a’zo davlatlar elkasiga tushadi. Qirg’iziston iqtisodiyot vazirligi bergan bayonotga ko’ra, bu loyihani sarmoyalash Qirg’izistonning yillik qarzini kritik nuqtaga, yalpi ichki mahsulotning 60%ga yaqinlashtirishi mumkin.

Shunday qilib, Amerika bilan Britaniya kabi g’arb mustamlakachi davlatlar O’rta Osiyo davlatlarining tabiiy boyliklariga tayanuvchi loyihalar ishlab chiqish orqali ulardan ayyorona foydalanishmoqda. Ular Qirg’izistonda bo’ladimi, Tojikistondami, har qancha GESlar qurmasin va har qancha elektr energiyasi ishlab chiqarmasin bu energiya O’rta Osiyo xalqlariga va Janubiy Osiyo xalqlariga etib ham bormagan, bormaydi ham.

Ko’proq ushbu “O’rta Osiyo-Janubiy Osiyo 1000” loyihasi bilan Afg’oniston orqali Pokistonga uzatiladigan energiyani barchasi g’arblik mustamlakachilarga o’sha erdagi tabiiy boyliklarni qayta ishlab beradigan zavod va fabrikalarni ishlatish uchun kerak bo’ladi. Tayyor mahsulotlar kemalar orqali tashib ketiladi, daromallari esa chet el banklariga qo’yiladi. O’rta Osiyo va Janubiy Osiyo xalqlari esa avvalgidek, elektr energiyaga muhtoj holda qorong’i va sovuqlarda hayot kechiraveradi.

Bu muammoni echimi bizni dinimizda mavjud. Biz O’rta Osiyo va Janubiy Osiyo xalqlari musulmonmiz, Allohga va oxirat kuniga iymon keltiramiz. Islom bizni dinimiz, Alloh esa Robbimiz. Alloh O’z huzuridan Islomni bizga rahmat qilib yuborib, O’zini buyruqlaridan bizni og’ishmaslikka buyurgan. Alloh Taolo aytadi:

 وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَاناً لِّكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَى لِلْمُسْلِمِينَ

[naxl:89]

Sizga barcha narsani bayon qilib beruvchi, Hidoyat, Rahmat va musulmonlar uchun Xushxabar bo’lgan Kitobni-Qur’onni nozil qildik

Hizb ut-Tahrir Markaziy matbuot bo’limi radio-eshittirishi uchun.

Hizb ut-Tahrir Markaziy matbuot bo’limi a’zosi Eldor Hamzin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.