Suriya chegarasida harbiy tayyorgarlik

409
0
Suriye'nin Halep kenti sınırları içerisindeki Karakozak köyünde bulunan Süleyman Şah Türbesi'ndeki askerlerin tahliyesi için askeri operasyon düzenlendi. Süleyman Şahın naaşının nakledileceği Suriye Eşmesinde bir bölge kontrol altına alınarak Türk Bayrağı göndere çekildi. Bayrağın dikildiği alan çevresine tel örgü çekildi. (Fırat Yurdakul - Anadolu Ajansı)

Turkiya poytaxti Anqarada ketma-ket olti marta bo’lib o’tgan xavfsizlik yig’ilishi ortidan prezident Rajab Toyyib Erdogan va bosh vazir Ahmad Dovuto’g’li Suriya chegaralarida harbiy tayyorgarlikni boshlash uchun buyruq berdi. Bu xabarni “Adolat va Taraqqiyot” partiyasiga yaqinligi bilan tanilgan “Yeni şafak” gazetasi tarqatdi.

Dovuto’g’li mazkur buyruqni davlat bosh shtab boshqarmasining rahbari Nejbet O’zelga yozma ravishda topshirdi. Bosh vazirning yozma buyrug’iga qaramay, harbiylarda biroz ortga chekinish borligi aytilmoqda.

Ishonchli manbalardan olingan xabarlarga ko’ra, Turkiya qurolli kuchlari chegara bo’ylab harbiy amaliyotni boshlash uchun hukumatdan yozma ravishda ko’rsatma talab qilgan. Biroq bu talab qurolli kuchlarning hukumat qaroriga qarshi ekanligini bildirmaydi. Maqsad turk askarlarining Suriyaga kirishi borasida xalqaro hamjamiyat oldida oqlovga ega bo’lishdir. Bosh shtabning ma’lum qilishicha, Suriya shimolida joylashgan “Mare” chizig’ini xavfsiz holga keltirilishi uchun harbiy amaliyot boshlash xalqaro huquq jihatidan muammo tug’diradi.

Hukumat buning oldini olish uchun tayyorgarlik ko’ra boshlagan. Turkiya tashqi ishlar vazirligi mazkur amaliyot zarur ekanligini dunyoga uqtirish uchun diplomatik hujumlarni boshlashi kutilmoqda. Birinchi o’rinda AQSh, Suriya va Eron bilan muzokara o’tkaziladi.

Turkiya qurolli kuchlari Suriyaga bir vaqtning o’zida ikki nuqtadan, “Karkamış” va “Öncüpınar”dan kirishi kutilmoqda. Chegarada xavfsiz mintaqani vujudga keltirish uchun 18 ming turk askari safarbar etilishi kutilmoqda.

Anqara hukumatining qayd etishicha, AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlarining ikki yildan buyon davom etib kelayotgan havo hujumlari sababli o’zgargan muvozanat eng ko’p Turkiyaning milliy xavfsizligiga tahdid tug’dirgan. Shuning uchun Anqara chegara bo’ylab amalga oshiriladigan harbiy amaliyot jarayonida AQShliklar bilan doimiy aloqada bo’ladi.

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovuto’g’li Turkiya va Suriya o’rtasida 900 kilometrga cho’zilgan chegaralar xavfsizligini muhofaza qilish uchun Turkiya hukumati har turli ehtimoliy hujumlarga qarshi tayyor ekanligini bildirdi. Unga ko’ra, kerakli barcha chora tadbirlar ko’rib qo’yilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.