Sariev: IIV va MXDQ madrasalarni tekshirishlari kerak

410
0

Qirg’iziston bosh vaziri Temir Sariev Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi rahbarlariga diniy o’quv yurtlarini tekshirish vazifasini topshirdi. Bosh vazir bu topshiriqni juma kuni bo’lib o’tgan diniy siyosat muhokamasiga bag’ishlangan hukumat yig’ilishida ma’lum qildi.

Diniy ishlar bo’yicha davlat qo’mitasi direktori O’rozbek Moldalievning ta’kidlashicha, madrasalarda vujudga kelgan vaziyatga alohida e’tibor qaratish zarur.

“Ba’zi madrasa o’qituvchilari orasida hatto o’rta ma’lumotga ega bo’lmagan odamlar bor. Shu bilan birga ular yoshlar orasida ekstremistik g’oyalarni faol targ’ib qilmoqdalar”, – dedi Moldaliev.

Bosh vazir madrasalarda tekshiruvlar o’tkazish vazifasini IIV va MXDQ zimmasiga yukladi.

“Agar bunday faktlar tasdiqlangudek bo’lsa, aybdorlar jinoiy javobgarlikka tortish kerak”, – deya ta’kidlab o’tdi Sariev.

Yig’ilishda diniy siyosat bo’yicha kontseptsiya tasdiqlandi. Xabar qilinishicha, uni amalga oshirish uchun 22,4 million som zarur bo’ladi.

Turkiston:

2008 yili, Bakievlarning qo’l ostida bosh va’zir vazifasini egallab turgan Adxan Madumarov, “novqat voqe’asi” nomi bilan mashhur bo’lib ketgan xunrezlikni amalga oshirgan edi. Madumarov ham, Islom dinidagi muborak bayram bo’lgan Ramazon i’yd kunini nishonlayotgan Musulmonlarga qarshi, o’ta qattiq choralar ko’rib, hatto bir necha ayollarni ham uzoq muddatlarga qamatib yuborgan edi.

U inson xor bo’ldi, ichkilikka mukkasidan ketib vaqtida keraksiz matoh singari tentirab yurdi. Madumarov tavba’ qilib, Olloh uni kechirmasa, oxiratdagi holati o’ta yomon bo’ladi. Chunki u haddidan oshganida, unga suyangan bir qator organ xodimlari ham zulmlarni o’ta oshirib yuborishgan edilar. Hatto bir singlimizning homilasini atayin urib tushurishgan holatlar bo’lgan. Bularning barchasi hali unutilgani yo’q, unitilmaydi ham.

Sariev ham, shu kungi lavozimi bilan birga umrini tugatmaydi. Atambaevdan keyin ham u siyosatchiligicha qolaveradi. Balki u ham Madumarov singari yana uyalmasdan saylovlarda qatnashar. Lekin Islom va Musulmonlar ustida, g’alamus kuchlarga yo’l ochib bermasa, o’zi uchun yaxshi bo’lar edi. Chunki bu kuch organlari uning buyruqlarini bajarishayotib, haddilaridan oshirib yuborishadi. Natijada Sariev ham Madumarov singari qarg’ishga qolib, tarixning qara satrlariga yozilib qolishi mumkin. Albatta ularning Musulmondarga qarshi bu kabi harakatlari, byudjetdagi yuqorida keltirilgan millionlagan pullarni sarflashdan manfaatlanib qolish maqsadida uyushtirilmoqda. Lekin o’sha byudjetdan behuda sarflanadigan mablag’lar ham, bizni, o’sha mazlum Musulmonlarni peshona terlarimiz bilan topgan pullarimizdan tortib olingan ulashlar emasmi?!

Shu fursatdan foydalanib, Sariev va u kabi hozirda ba’zi bir o’tkinchi lavozimlarni egallab kelayotgan Musulmon birodarlarimizni ogohlantirib qo’ymoqchi edik: – tavba qilinglar va o’z dinlaringa qarshi Ollohga dushmanchilik qilishdan tiyilinglar. Ulug’ Ramazon kunlari, Musulmonlarning qarg’ishi tegishi mumkin bo’lgan ishlardan qaytinglar, u kabi buyruqlarni inkor qiling. Ollohning g’azabidan qo’rqinglar.

Musulmonlarni esa, birorta Musulmonni haqqa chaqirishda sustlik qilmaslikka, u qanday lavozimda yoki martabada bo’lmasin avval mumkin qadar uni haqqa chaqirishga urib ko’rishga, umid uzulganida va u zulmni odat qilib olganida, uning ishini Ollohga topshirib, uning zulmiga qarshi mazlumlar tomonida turib yana kurashda bardavom bo’lishga chaqiramiz.

Aslida bu hokimiyatdagi Musulmonlarning hammasi ham biz o’ylaganimizdek vahshiy yoki zolim emas. Ularni va davlatimizni o’ta be’chora holatiga olib kelib turib, unga har tomondan bosim berib kelayotgan dunyoviy kufr sistemasi mavjud. Ana o’shalar va unga sitqi dildan xizmat qilib kelayotgan bir qator siyosatchilarimizdan tashqari aksari etakchilarimiz, Musulmonlarga qarshi borayotgan zulmlardan rozi emaslar insha Olloh. Shuning uchun, boshimizdagi balolarning uyasi bo’lgan bu kufr sistemasiga va unga sitqi dildan xizmat qilib yoki uning maslahati bilan Musulmonlarga zulm qilib kelayotgan shaxslarni, shu Ramazonning ulug’ kechalarida duo qilaylik. Olloh ularga insof tofiq bersin, tavbalarini qabul qilsin. Ularning ichidagi qalblari qulflanganlariga esa, Olloh o’z kifoya qilsin. Amiin.

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.