Yerevanda narozilik namoyishlari davom etmoqda

422
0

Armaniston poytaxti Yerevanda elektr energiyasi narxini oshirilishiga qarshi o’tgan haftada boshlangan norozilik namoyishlari davom etmoqda. Bir necha kundan beri o’tkazilayotgan norozilik namoyishi qatnashchilari prezident bilan uchrashuvdan bosh tortdilar. Uchrashuv o’rniga namoyishchilar prezident Serj Sarkisyanning televidenie orqali efirga chiqib, elektr energiyasiga oshirilgan narxlarni bekor qilishini talab qildilar.

23 iyun kuni erta tongda politsiya namoyishchilarni suvpurkagichlar yordamida tarqatib yuborgan va 200 ga yaqin kishini qo’lga olgan edi. Biroq, namoyishchilar qayta yig’ilib politsiya kuchlaridan o’zlarini qo’lbola barrikadalar bilan to’sib, erga o’tirib oldilar. Ammo rasmiy hukumat namoyishchilar talablarini bajarishni rad qilmoqda.

Xabarlarga ko’ra, 1 avgustdan boshlab elektr energiyasi narxi 16 foizga oshib, 1 AQSh dollarini tashkil etishi mumkin. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 2006 yili Rossiyaning “Inter RAO YeES” kompaniyasi “Armaniston elektr tarmoqlari”ning 100 foiz aktsiyasini sotib olgan.

Turkiston:

Huddi Qirg’iziston kabi Armaniston ham joriy yilning boshida Rossiya etakchiligidagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lgan edi. A’zo bo’lishi ortidan elektr enegriyasi narxi bir necha bor oshirilib, oxir oqibat norozilik namoyishiga olib keldi. Vujudga kelgan bu vaziyatdan AQSh unumli foydalanib qolishga harakat qilishi shubhasiz. Namoyishchilar kuch bilan tarqatib yuborilishi ortidan ko’plab g’arb ommaviy axborot vositalari bu to’g’risida jar solishni boshlab yuborishdi.

Armaniston hukumatining namoyishchilar talablarini qondirishdan bosh tortayotgani ham bejizga emas. Chunki huddi “Qirg’izgaz” kompaniyasi Rossiyaning “Gazprom”iga 1 AQSh dollariga sotib yuborilgani kabi, “Armaniston elektr tormoqlari” ham Rossiyaga qarashli kompaniya qo’lida ekan.

Ayni vaqtda Qirg’izistonda ham “Qirg’izgaz”ni 1 dollarga sotib olgan “Gazprom” kompaniyasi bir yil sukut saqlaganidan so’ng gaz narxini oshirish masalasini ko’tarib chiqdi. “Gazprom Qirg’iziston” kompaniyasi 24 iyun kuni gaz narxini oshirish bo’yicha bosh vazir Temir Sarievga taklif kiritdi. Garchi rasmiy hukumat vakillari gaz narxini belgilash bizning qo’limizda, deb ko’krak kerishayotgan bo’lsada, gaz ta’minotini to’la monopoliya qilib olgan “Gazprom Qirg’iziston” belgilagan narxga ko’nishdan boshqa iloji yo’q. “Gazprom Qirg’iziston” esa narx pastligi bahonasi bilan gaz narxini oy sayin 3-5 foiz oshirib borishni taklif qilmoqda. Rasmiy hukumat ham gaz tariflarini qayta ko’rib chiqishga rozi bo’ldi va besh yilga mo’ljallangan tarif siyosatini tayyorlash hamda maxsus ishchi guruh tuzish harakatiga tushib qoldi.

“Gazprom Qirg’iziston” narx pastligi iddaosi bilan gaz narxini oshirish payida bo’lsada, aslida Qirg’izistonga etkazib berilayotgan gaz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlarga nisbatan ikki-uch barobar qimmat ekan. “Vzglyad” gazetasining ma’lumotiga ko’ra, 1000 kub metr gaz Rossiyada 5100 rubl, Qozog’istonda 3700 rubl, Belarusda 6100 rubl, Qirg’izistonda esa 13 784 somni tashkil etadi. Bugungi kunda rubl va som deyarli tenglashib qolgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.