Myanma parlamenti muslimalarga ko’p tug’ishni ta’qiqlab qo’ydi

402
0

Dunyo hamjamiyati sukuti ostida uzoq yillardan buyon rohinya musulmonlarini ayovsiz qirg’in qilib kelayotgan Myanma hukumati na fuqaroligi va na biror huquqi bo’lmagan musulmonlarga nisbatan yana bir jirkanch ishni amalga oshirishga kirishdi.

“Islom ovozi” (golosislama.ru) saytining xabar qilishicha, Myanmada “oilani rejalashtirish” nomli yangi qonun qabul qilindi. Yangi qonunga ko’ra, ayollar farzandni dunyoga keltirishayotganida ular o’rtasidagi oraliq uch yildan kam bo’lmasligi kerak. Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarning xabar qilishicha, bu qonun asosan shundoq ham diniy e’tiqodlari sababli qirg’inga uchrayotgan rohinya musulmonlariga qaratilgan. Endilikda rohinya muslimalarini majburiy sterilizatsiya qilinishi xavfi kutmoqda.

Myanma hukumati bu qonunni “din va millatni muxofaza qilish qo’mitasi” nomli jangari va qotil butparast rohiblar bosimi ostida qabul qilgani xabar qilinmoqda. Aslida esa, Myanma hukumatining o’zi mushriklarga musulmonlarni hech nimadan tap tortmay, har qanday javobgarliksiz qirg’in qilishlariga keng imkoniyat yaratib bermoqda.

Islomiy yurtlar hokimlari, qolaversa Myanmaga qo’shni bo’lgan Indoneziya va Malayziya kabi davlatlar hukmdorlari qotil butparastlarning qo’lidan tutib to’xtatib qo’yishga qodir bo’lmagani etmagandek, hech bo’lmaganda qotil mushriklar zulmidan qochib eski kemalarda yo’lga chiqqan musulmonlarni qabul qilishga ham qodir bo’lishmayapti. Buning natijasida esa minglab musulmonlar ochiq dengizda ichimlik suvi va oziq-ovqatsiz sarsan-sargardon qolib ketishmoqda.

Mustamlakachi kofirlar malayi bo’lgan Kamol Otaturk qo’li bilan Xalifalik davlati qulatilgach musulmonlar mana shunday zaif holga tushib, duch kelgan xaqir kimsa musulmonlar ustidan kuladigan, ularni xorlaydigan va jazodan qo’rqmagan holda qirg’in va qatl qilinadigan himoyasiz bo’lib qolishdi va toki o’z qalqonlari bo’lgan Xalifalikni qayta tiklamas ekanlar bunday xorliklar musulmonlarni aslo tark etmaydi.

Rosululloh sallollahu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadisda:

 إِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ

“Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”, deganlar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.