Qozog’iston Rossiya maxsulotlariga cheklov joriy etdi

462
0

Rossiya etakchiligida tashkil etilgan va keyinchalik Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aylantirilgan Bojxona ittifoqi vujudga kelganidan buyon turli xil muammo va ittifoqqa a’zo davlatlar o’rtasidagi turli xil qarama-qarshilklarga duchor bo’lmoqda. Avval 2014 yil dekabr oyida Belorus hukumati Bojxona ittifoqi tuzilganidan so’ng 2011 yilning aprel oyidan boshlab bekor qilingan bojxona nazoratini bir tomonlama qayta tiklagan edi.

Bunga sabab rasmiy Moskvaning Minskni Yevropa tovarlarini Rossiyaga reeksport qilayotganlikda ayblashi va Rossiyaga oziq-ovqat maxsulotlari etkazib beruvchi sakkizta Belorus korxonalari maxsulotlarini Rossiyaga olib kirilishiga cheklov joriy etilgani sabab bo’lgan va prezident Aleksandr Lukashenko Belarusda ishlab chiqarilgan bir qator tovarlarning Rossiyaga eksporti to’xtatib qo’yilganini g’ayriqonuniy deb atagan edi.

Bugunga kelib esa Qozog’iston va Rossiya o’rtasidagi kelishmovchiliklar avj olmoqda. Ikkala davlat ham Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zoligi va oziq-ovqat maxsulotlari uchun bir xil standartlarga ega bo’lishiga qaramay, ular bir-birlariga qarshi o’ziga xos sanktsiyalar joriy etib kelishmoqda. Qozog’iston avval Rossiya neft maxsulotlarini mamlakatga olib kirilishini taqiqlab qo’ygan bo’lsa, keyinchalik Astraxan viloyatidan tirik parrandalar, inkubator tuxumlari va “barcha turdagi parradachilik maxsulotlariga” to’siq qo’ydi. Endilikda Rossiyada ishlab chiqarilgan konfet, saryog’ va go’sht maxsulotlarini olib kirilishini man qilmoqda. Bunday cheklovlarni joriy etilishga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning biznesi tahdid ostida qolgani sabab qilib ko’rsatilmoqda.

Qozog’istonga javoban Rossiya hukumati ham Qozog’istonda ishlab chiqarilgan maxsulotlarni mamlakat hududiga olib kirilishiga cheklovlar joriy qilish masalasini ko’rib chiqmoqda.

Turkiston:

Yuqoridagi qarama qarshiliklarni ko’ra turib, bu tashkilotga Qirg’iziston xam kirib borayapti.

Temir Sariev, bosh va’zir lavozimini egallashidan bir oz ilgari, fitosanitariya muammosi Rossiya bilan batamom echilib bo’lmadi. “Rossiya Qirg’iziston fitosanitariya labaratoriyasidan o’tadigan tekshiruvlarni tan olmaydigan shartlar bilan bizni Yevro Osiyo ittifoqiga kirishga undayapti, biz bunga rozi emasmiz” degan edi. 8 may kuni Atambaevning rasmiy e’loni bilan Qirg’iziston Yevro osiyo ittifoqiga qo’shilishini aytdi. So’ng Qirg’iziston rasmiylari, Rossiya Qirg’izistonning fitosanitariyaviy labaratoriyalarini rasman tan oladigan bo’ldi deb bayonotlar bera boshlashdi. Qirg’iz migrantlariga ma’lumki, aynan fitosanitariya soxasi bo’yicha Rossiyaning deyarli barcha xududida, xalq nazorat guruxlaridan tortib, davlat maxsus tekshiruv tashkilotlari o’ta qattiq ish olib borishadi. Ular, maxsulotlarni belgilangan muddatlarini tekshirish bilan bir qatorda, o’z labaratoriyalari belgilagan o’lchovlar asosida, maxsulotlarga baxo berib, ularni sifatini xam tekshirib, muayyan ko’rsatkichlarga muvofiq kelmasa, xar qanday maxsulotni ichki iste’molchilarga sotishdan man qila olishadi. Migrantlar aynan belgilangan muddati o’tib ketgan yoki sifati maxsus o’lchamlarga mos kelmagan oziq ovqat maxsulotlarini, o’ta arzon narxda sotib olishadi.

Temir Sariev, import qilinayotgan tovarlarimizni o’z labaratoriyalarimiz orqali tekshirib o’tkazish va bu tekshiruvlarimizni tashkilotning boshqa a’zolari tan olishlariga erishdik degani, toydan ilgarigi chalingan nog’oradek gap. Chunki tovarlarimizni import qilishdan ko’zlagan maqsadimiz, uni o’sha yurt iste’molchilari talablarini qondirishi bilan yakuniga etadi. Aks xolda, bojxonadan o’z labaratoriyamiz sertifikati bilan olib o’tib olgan tovarlarimizga, qo’shimcha yo’l xarajatlari qo’shib olish bilan, faqat tannarxlarini oshirib olamiz yoki undan xam yomoni muddatlari o’tishi bilan, ular butunicha yo’q qilib olamiz.

Demak Qirg’izistonning tashkilotdagi sherik davlatlaridan xar tomonlama orqada qolib ketganini va korruptsiya darajasi o’ta yuqori ekanligini inobatga olsak, Qirg’iziston xozircha faqat import qabul qilishga maxkum bo’lib turadi. Chunki Qirg’iziston, shu kungacha kirib kelayotgan yoki ichkarisida tayorlanayotgan maxsulotlarning birortasi uchun maxsus labaratoriya tekshiruvi o’tkazgan emas. Sertifikatlar xozirgacha yozilib kelayapti. Ular endi to’xtaydi, ya’ni o’nglanishadi degan optimistlar bo’lishi mumkin. Lekin to’xtamaydi!

Sarievning talablarini qondirib, fitosanitariya tekshiruvlarini Qirg’izistonga taqdim etganlar, maxsulotlarimizni man qilishning yuqoridagidan boshqa uslublar xam bor ekanligini yaxshi bilishadi. Belorusiyani Rossiya bilan bo’lgan yuqorida keltirilgan konfliklari, Qozog’istonni Rossiya bilan bo’layotgan kelishmovchiliklari, shularning barchasi Qirg’izistonni xam kutmoqda. Balki Qirg’izistonniki ularnikidan yomonroq bo’ladi. Chunki Qirg’izistonni tashkilotdagi sheriklariga bo’lgan extiyoji o’ta baland. Ularni Qirg’izistonga bo’lgan extiyojlari, deyarli yo’q xisobda. Shuning uchun bosim faqa ular tomonidan bo’lishi kutuladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.