AQSh Qirg’iziston fuqorolari uchun 5 yilga viza bera boshladi. Bu uning muruvvatimi yoki…..

475
0

2015 yil 20 mart kuni Qirg’iziston va AQSh o’rtasida ikki davlat fuqarolari uchun 5 yillik viza berish to’g’risidagi hujjat imzolandi. Imzolangan hujjatga ko’ra, vizalar fuqarolarga sayohat, biznes ishlari, davolanish, ishlash va o’qish maqsadlari uchun beriladi. Hujjat loyihasiga ko’ra vizalar 28 apreldan ishga tushishi kerak edi.

29 aprel kuni AQShning Qirg’izistondagi elchiligi tomonidan Qirg’izistonning birinchi fuqarosiga AQShga kirish vizasi topshirildi. Shu kuni AQSh konsulligida o’tkazilgan maxsus anjumanda AQShning Qirg’izistondagi muvaqqat elchisi Richard Maylz Qirg’iziston fuqarosi Saynap Diyqonbaevaga 5 yillik vizani topshirdi.

Elchixona matbuot xizmati tarqatgan xabarda aytilishicha, Diykanbaeva Qirg’izistonda ancha obro’ topgan inson huquq himoyachilaridan bo’lgani va bu ayol ”AQShda BMTdagi homiylari bilan har tomonlama hamkorlikni yanada mustaxkamlash uchun uchrashuvlar olib boradi”.

Anjumanda Qirg’iziston rasmiylaridan tashqi ishlar vazirligi vakillari, konsullik xizmati departamenti direktori Umataliev. A. va xalqaro huquq departamnti etakchisi Dmitriy Li kabi bir qator diplomatlar ishtirok etishdi.

AQShning bu loyihasi ortida qanday maqsadlar yotgani haqida o’z ra’yimizni bildirib o’tmoqchimiz:

Shu kunga qadar aksar Qirg’iziston fuqarolari AQShga viza olish mumkin ekanligi haqida deyarli tasavvurga ham ega emas edilar. Nega birdaniga munosabatlar keskin o’zgarib bormoqda?

Albatta, bu AQSh tomonidan puxta ishlab chiqilgan yoki avval Ukraina kabi davlatlarda sinovdan o’tgan reja asosida amalga oshirib borilyapti. Maqsad Qirg’izistonni Rossiyaning saqofiy mustamlakasidan chiqarib, o’zining saqofiy ta’siri ostiga kiritib olish. AQSh o’z maqsadini amalga oshirish uchun G’arb madaniyati tarafdorlari bo’lgan ziyolilar qatlamini shakillantirib, so’ng ularni yoqlovchi fuqarolarning ma’lum miqdordagi qatlamini paydo qilib olishi kerak bo’ladi.

Yuqoridagi vizalarni engillatish asosidagi shartnomalarning imzolanishi va uni amalda ijro etilishi ikki davlat fuqarolarini bir-biri bilan yaqinlashtiradi. AQShning bu loyihasi Rossiyaning Qirg’izistonga bosim o’tkazish uchun qo’llab kelayotgan mehnat muhojirlari (migrantlar) muammosidan foydalanish imkoniyatlariga zarba beradi. Ya’ni, bu loyiha amalga oshgudek bo’lsa, Rossiyaning bizga nisbatan qo’llayotgan munosabatlariga, migrantlarimiz imkoniyatlarini cheklash yoki ularni deport qilish orqali bir necha yillab o’z hududiga kirishlaridan man qilish, ishlash sharoitlari va hujjatlashtirish imkoniyatlarini toraytirish kabi atayin bosim berish amaliyotlariga qarshi ma’lum miqdorda zarba bergan bo’lar edi.

Qirg’izistonning AQSh bilan yaqinlashish uchun qo’yayotgan bu kabi qadamlari Rossiyani g’azablantiradi, albatta. Negaki Rossiya Qirg’iziston milliy maxsulotining o’sishiga sabab bo’layotgan deyarli yagona tashqi davlat edi. Migrantlar mehnati va shu mehnat baholangan ma’lum miqdordagi oqib kelayotgan moliyaviy kirimlar o’sha fuqarolarning vatani bo’lgan davlat uchun milliy maxsulot hisoblanadi. Qirg’izistonning milliy valyutasining muayyan miqdorda o’z quvvatini saqlab turishida shu milliy maxsulotimiz bo’lgan fuqarolarimiz mehnatlari evaziga kirib kelayotgan valyutalarning xissasi juda katta. Qirg’iziston davlati Rossiyaga aynan shu kabi migrantlarga aloqador muammolari bilan bog’lanib qolgan.

AQShning yuqoridagi loyihasi aynan shu bog’lanish rishtalarini uzib yuborish asosida ishlab chiqilgan. AQSh muayyan miqdordagi Qirg’iz fuqorolarini o’z yurtiga olib kirib olishi va ular tomonidan jo’natilayotgan moliyaviy qiymatlar Qirg’izistonning Rossiyaga bo’lgan ehtiyojini bir muncha zaiflashtiradi.

Bundan tashqari, yuqoridagi birinchi vizani qo’lga kiritgan ayol inson huquqlari himoyachisi ekanligi sababli Qirg’iziston fuqorolari ichida shu soha va shunga o’xshash AQSh manfaatlari uchun xizmat ko’rsatayotgan sohalarga qiziqish orta boshlaydi. Chunki, aynan ana shu qatlamdagi ziyolilar uchun AQSh vizalari hech qanday muammosiz beriladi.

Shu bilan bir qatorda AQSh tomonidan Qirg’izistonga kirib keladigan AQSh fuqarolari ham avval saqofiy uyg’unlik paydo qilish uchun qattiq harakat olib borishadi. Ular o’rta va oliy bilim yurtlarida seminar va lektsiyalar uyushtirishadi. So’ng investitsiya va qo’shma korxonalar olib kirish orqali o’z mulklarini himoya qilish bahonasi bilan Qirg’izistonni o’zi uchun strategik ahamiyatli hudud qilib oladi. AQSh mintaqadagi o’z manfaatlarini himoya qilish maqsadida butunlay Qirg’izistonni bosib olish imkoniyatini qo’lga kiritib olmoqchi.

Bu AQShning odatiy mustamlaka qilish loyihasi bo’lib, bunga dunyoda misol qilib keltirish mumkin bo’lgan davlatlar juda ko’p. Lekin AQShning bu loyihalari amalga oshishi uchun Qirg’izistonni qanday holat va sharoitlar kutayotgani ma’lum emas. Chunki Rossiya bilan AQShning O’rta Osiyodagi manfaatlari Qirg’izistonda to’qnashyapti. Ular nimalarga, qanday xunrezliklarga qodir ekanliklarini Suriya va Ukrainada sodir bo’layotgan ishlarda ko’rib turibmiz. Bu jarayon Qirg’izistonda qanday kechishi mumkin ekanligini hozircha aniq aytish qiyin. Lekin hozircha uslub va harakatlar avvalgilarnikidan deyarli farq qilayotgani yo’q.

Rossiyaning harakatlarini avvaldan anglab olish bir muncha qiyinroq. U qo’pol, kutilmaganda va muayyan bir qolipga yotmagan uslublar bilan ish olib boradi. Chunki Rossiyadagi etakchi guruh sovetlar ittifoqidan qolgan siyosiy elitani deyarli yo’q qildi. U elitaning ish olib borish uslublari bir me’yorda, aniq va belgili edi. Hozir Rossiyaning xalqaro siyosatdagi o’rni ham, mustamlaka qilish yoki mustamlaka davlatlarini ushlab qolish va ushlab turish uslublari ham o’ziga xos belgili bir yo’nalish bilan olib borilmaydi.

Shuning uchun Qirg’iziston hukumati AQSh bilan hisoblashishga majbur bo’lgan holatda o’z aro aloqalarini kuchaytirayotib, Rossiya tomonidan qaysi uslubda va qanday zarba kelib qolishi mumkin ekanligini aniq bilmay, doimiy xavotirda turadi.

Yuqoridagi viza bo’yicha imzolangan loyiha Qirg’iziston uchun o’ta manfaatli bo’lishi mumkin. Ammo Rossiya bu kabi ishlarni AQShni uning xududiga, xususiy mulki qatori bo’lgan yurtga yoki atayin iqtisodiy nochor axvolda ushlab turish bilan mustamlaka qilib kelayotgan qo’l ostidagi davlatga bostirib kirishi deb baholaydi. Shunga qaramay Rossiya tomonidan kutiladigan navbatdagi zarba bevosita AQShga emas, Qirg’izistonga qaratiladi.

Xizb-ut  Taxrir Qirg’iziston matbuot bo’limi raisi 03.05.2015.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.