NEGA RAHBAR TANLASHDA ADASHYAPMIZ

430
0

بسم الله الرحمن الرحيم

(1)

NEGA RAHBAR TANLASHDA ADASHYAPMIZ

Mana 25 yildirki, halq o’zi uchun ishonchli, iqtidorli, o’z ishini yaxshi bilgan rahbarini topa ololgani yo’q yoki unday emasmi?! Xalq qaysi siyosiy liderga ishonadi? Ishochli liderga erishamiz deb siyosiy o’yinlardan charchadi, holdan toldi. Lekin sharoitimiz yanada og’ir ahvolga kelib qoldi. Salkam 4 milliard qarzni hisobga olmaganda ham muammolar etarlicha. Hozirga kelib xalq kimga ishonishini bilmay qoldi. Kimga quloq soladi, kimga ishonadi? Ishonchli rahbarni boshqalaridan ajratib olishni qanday yo’li bor?

Inson biror narsani eshitmay qolishida qulog’idagi etishmovchilik sabab bo’lgani kabi, rahbar tanlashdagi adashishining asosiy sababchisi “aql”dir, chunki biror narsaga yoki kimsaga hukm chiqarish aqlning vazifasi. Beshta sezgilar yordamida sezilib turgan narsalar(voqe’lik)dan biror narsaga chiqarilgan hukm “fikr” deyiladi. Agar chiqarilgan hukm Alloh Taoloning Kitobi va Rosuli(s.a.v)ning hadislaridan chiqarilgan hukm bo’lsa unga “shar’iy hukm” deyiladi. Agar bir voqe’ga chiqarilgan hukm ikki yoki undan ortiq bo’lsa unga “ray” deyiladi. Ray shar’iy hukmlarda ishlagani kabi fikrlarda ham ishlaydi. Ya’ni Imom Shofe’ning rayi yoki Imom Abu Hanifaning rayi deyilganidek, mening rayim, akamning rayi yoki yoshlarning rayi kabi.

Hammada bir hil bo’lgan fikrga dalil shart emas, ammo raylarda har kim o’z rayining to’g’riligini isbotlash uchun dalil kerak bo’ladi. Bahsdan keyin xato fikr egasi o’z rayidan qaytishi bilan to’g’ri ray egasining rayi isbotlanadi va keyin ular orasida bu mavzu’da dalil shart bo’lmay qoladi yoki har bir ray egasi o’z rayida qoladi va bu ray qabul qilinishi uchun aytilganda o’z egasi va dalili bilan birga bo’ladi, hech ajralmaydi. Misol uchun: bizda mashinasozlikning yo’qligiga “bizda buning iloji yo’q” degan ray bor. Men bu fikrga qarshiman. Endi men o’z rayimni aytishim va uni isbotlash uchun dalilimni keltirishim shart bo’lib qoladi. Endi o’z rayimni tez va oson isbotlash uchun munosib asosni dalil qilaman. U asos hammada bor va tan olingan aqldir. Aqlning dalil bo’lishi aytilgan fikr o’z voqe’siga to’g’ri kelishidir. Mening fikrimcha, bizda mashinasozlikni nafaqat yo’lga qo’yish, balki eng zamonaviy darajaga ko’tarilish imkoni bor. Chunki 1870-1890 yillarda mashina yo’q erdan ihtiro qilingan bo’lsa-yu, 21- asrda, atom asrida bizlar qilolmasak?! Bu aqlga to’g’ri kelmaydi. Men bu rayimni isbotlash uchun dalillab berishim kerak: xozirda bizda mashinalar ishlab chiqrilmayotganing sababi ikkita;

Birinchisi-tashqi siyosat, ya’ni BMT bizga ruhsat bermaydi, chunki bizning hoin rahbarlar uning qarorlarini bajarishga imzo chekkan. BMT esa asoschilarini foydisi uchun qarorlar chiqaradi va ularning foydasi uchungina kuchga kiradi. Bunga dalil sifatida AQShning Iroq va Afg’onistonga hujum qilishida BMTi qarorlarini ham hisobga olmaganligini dalil qilish mumkin. Shuning uchun biz ularning yaroqsiz bo’lgan, ahlathonalarga tashlab yuborishga mahkum bo’lgan mashinalarini ham sotib olishga majburmiz. Bu BMT asoschilarining manfaati. Ikkinchisi-ichki siyosat, aniqroq aytganda talim-tarbiya to’g’ri yo’lga qo’yilmagani. Aksincha, 1890-yillarda benzinli mashinaning asoschilari bo’lgan Gottlib Daymler, Karp Bents yoki dizellik mashinalar asoschisi bo’lgan Rudol’f Dizel kabi olimlar nima uchun bizlardan chiqmayapdi, loaqal ulardan o’rganib bo’lsa ham o’zlashtirmayapdi?! Mana avvalda Rossiyaning mustamlakasida edik, endilikda mustaqilmiz deb da’vo qilayotganlar javob bersin, nega?! 25 yildan beri mustaqillikni aytib kelamiz, birinchi yillari o’quvni boshlaganlar xozir 30 yoshdan o’tib ketgan, ya’ni o’quv maskanlarini tamomlaganlar, qani olimlar, qani ihtirochilar?! dorilarni ishlab chiqarish, xarbiy tehnikalarini ishlab chiqarish, loaqal uy-anjomlarini ishlab chiqarish qani?!… O’z rayimi yanada yoritish uchun talim siyosatiga ozgina to’htalaman, chunki bizdagi siyosat – bizlarni gumroh, ongsiz bo’lishimizga qaratilgan, shuning uchun talim-tarbiyada o’quvchilarning tashqi ko’rishiga zo’r berishadi-yu, ma’nan va jismonan sog’lom bo’lib o’sishlariga va bilimlariga ahamiyat berishmaydi. Shuning uchun bizdagilar ixtirochilar emas, balki boshqa xalqlarning ishlab chiqqan texnikalaridan to’laqonlik foidalana olisholmaydi ham. Ozgina funqtsiyasini bilib olgan “qahramon”ga aylanadi. Telfonni yaxshi biladi, kompyuterni tushunadi deb maqtaladi. Aksincha, uyatish kerak, izlanish kerak, nima uchun shunday ahvolga tushib qolishimiz sabablarini topishga xarakat qilish kerak. Kompyuter-programistlar ham o’z tavarlarini sotilishi uchun etishtirilib chiqariladi. Telefon yoki kompyuterlarning ishlash printsiplarini va ularda bunday funktsiyalar qanday yo’lga qo’yilganiga yoshlarimizning aqli etmaydi. Bizdagi yoshlarning aqlida kamchilik bormi?! Ta’lim siyosati noto’g’riligini xar bir ishda ko’rish mumkin, masalan: hozirda maktab formasi majburiy deb, yangi formaga o’tkazish programmasi. ya’ni «Shanrak»(tangrichilarning belgisi)tikilgan va ro’mol o’rashni man qiladigan formalarni o’quvchilarga “maktab formasi” degan bahona bilan majburlash siyosati bo’lib, buni talim-tarbiyaga xech qanday aloqasi yo’q. Aksincha, bu noto’g’ri siyosat, chunki 80-90 %i Islom e’tiqodidagi musulmon farzandlariga bu formani majburlash maktabdan oilaviy nafratlanishlariga sabab bo’ladi, ya’ni bu noto’g’ri deb bilingan ishni yoshlarga majburlash maktablarga bo’lgan e’tiborni yo’qotadi, ayrim hollarda bunga qattiq qarshilik bilan ro’paro’ bo’linadi. Mustamlakachilar uchun aynan shu kerak. Maktabdagi sharoitlarining yomonligi; hojatxonalarining iflosligi, qulayliklarining yo’qligi, sport zallarining va sport anjomlarining, kompyuterlarning etishmasli, ximiya-fizika singari fanlardagi o’qib o’tgan saboqlarini tajriba qilib ko’rishliklari uchun labaratoriyalarning yo’kligi, hamda o’z e’tiqodlarni, dinini, tarixini maktabda o’rganishlari o’quv programmalariga kiritilmagani ta’limga bo’lgan ishtiyoqni susaytiradi, maktab va o’qituvchilarga bo’lgan e’tiborni yomonlashtiradi. Natijada o’qituvchilar bilan o’quvchilar, ularning ota-onalari o’rtasida qarama-qarshilaklar yuzaga keladi. bu ta’lim siyosatining to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligini ko’rsatadi. Bizning yoshlar o’z e’tiqodini, dinini, Payg’ambarimiz(s.a.v)ning, halifalarning va Islomning tarixini qaerdan o’rganishadi?! Saudiyadanmi yo Suriyadanmi yoki Misrdanmi?! Poklikka ko’nikmagan yoshlar xorlikni xis qilishadimi?! Sog’lom o’smagan, o’rgangan narsalarini tajriba qilib ko’rmagan yoshlardan ixtirochilarni kutish mumkinmi?! Bularga, tirikchilik ishlari bilan mashg’ul bo’lgan ota-onalarni farzandlariga etarlicha ahamiyat bermayotganlikda ayiblash o’rinlikmi?! Yoshlarga ta’limni maktab bermasa, uni qaerdan olishadi, ota-onalaridanmi?! U holda maktab nima ish qiladi?! Nahotki bizning hukumat loaqal yoshlar uchun o’quv dargohlarida yaxshi sharoitlarni ta’minlab bera olmasa?!

Yo’q, bu erda ta’lim siyosatida xatolik bor, yoshlarni borkamol avlod bo’lib etishishiga emas, balki tashqi ko’rinishiga ahamiyat qaratilgan. Maktablar va oliy o’quv yurtlari bor, forma joyida, demak bo’ldi, ihtirochi chiqmasa, zavod-fabrikalar yo’q bo’lsa hayot to’htab qoladimi?, e’tiqodini, dinini, Payg’ambarimiz(s.a.v)ning, halifalarning va Islomning tarixini bilishmasa nima bo’libdi?! “chorniylar”deb qo’yishi odamni o’ldiradimi?, qora mehnatdan odam o’lmagan… Bu siyosatchilarning hiyonatidan va BMTning, ya’ni mustamlakachi davlatlarning programmasidan o’zga narsa emas.

Mening fikrimcha bizda mashinasozlikni nafaqat yo’lga qo’yish, balki eng zamonaviy darajaga ko’tarilish imkoni bor. Uni qanday amalga oshirsa bo’ladi?,- bu haqida keyinroq suhbatlashamiz. Bu mening fikrim, uni hech kimga majburlay olmayman. Lekin shuni aniq ayta olamanki, bu mavzu’ bo’yicha sizlar uch toifaga bo’linasizlar: Birinchilar – ushbu fikrga qo’shilganlar. Ikkinchilar – “men bu fikrga qo’shilmayman, lekin men boshqacha fikrdaman”-deydi-da, o’z rayini va dalilini keltiradiganlar. Uchunchilar -“bizda siyosatni to’g’rilashning iloji yo’q”- deb, tubanlikka rozi bo’livchi, aql va zehnlarida kamchilik borligini tan olivchi va dunyo-yu,ohiratda hor bo’luvchilar. Bularda na g’urur bor, na e’tiqod yoki o’ta johillar bo’lib, buni tushunishmaydi ham. Bular jim turishadi, xozirgi hayotni o’nglanishi uchun xarakat qilishmaydi. (davomi bor)

G’arib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.