Saudiya muftisi din va vatanni himoya qilishga chaqirdi

386
0

Saudiya Arabistoni Qirolligining bosh muftisi shayx Abdulaziz bin Abdulloh Saudiya poytaxti ar-Riyozda joylashgan “Turki bin Abdulaziz” masjidida qilgan juma xutbasida yangi avlod o’z dini va vatani uchun kuchli qalqon bo’lishi lozimligini ta’kidladi.

Saudiya Arabistonida buyuk olimlar ittifoqining rahbarligi vazifasini ham bajarib kelayotgan bosh mufti buning uchun mamlakat bo’ylab barcha navqiron yoshlarni majburiy harbiy xizmatga chaqirilishini talab qildi.

“Biz xavfsizlik ichida yashayapmiz. Bu esa boshqalar hasad qiladigan buyuk bir ne’matdir. Bu ne’mat uchun shukr qilishimiz hamda dinimizni va vatanimizni himoya qila olishi uchun yoshlarimizni majburiy harbiy xizmat vositasi bilan kuchaytirishimiz lozim”, dedi Bosh mufti juma xutbasi asnosida.

Biroq bosh muftiy dinga va mamlakatga qaysi tarafdan hujum kutilayotgani va ularni kimdan himoya qilish lozimligi haqida to’xtalmadi.

Shayx Abdulaziz bin Abdulloh yoshlarning axloqini va iymonini buzishga hamda vatan birligini parchalashga harakat qilayotgan dushmanlarga nisbatan e’tiborsiz bo’lmaslikni talab qilib, “Ayni paytdagi barcha kurashlarimiz yoshlarimizni harbiy va fikriy tarbiya sohasida tayyorlashdan iborat bo’lishi lozim…”, dedi.

Bosh muftiy o’zining so’zlarini qo’llab quvvatlash uchun Alloh Subhanahu va Taoloning

 يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا خُذُوا حِذْرَكُمْ فَانفِرُوا ثُبَاتٍ أَوْ انفِرُوا جَمِيعًا

Ey mo’minlar, dushmandan ehtiyot choralaringizni ko’rib, jangga guruhlarga bo’linib yoki hammangiz to’planib chiqinglar”, degan oyati karimasini ilova qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.