Bahona

492
0

Matbuot bayonoti

«Davlat» tashkiloti vujudini Afg’oniston va O’rta osiyo hududida atayin paydo qilib uni bo’rttirib ko’rsatish ushbu mintaqa ishlariga aralashish uchun Amerika va shuningdek KXShT foydalanayotgan bahonadir

Amerika olib borayotgan «Davlat» tashkiloti xatarini qasddan bo’rttirib ko’rsatish kampaniyasi Rossiya, Frantsiya va Xitoy kabi katta davlatlar manfaatlariga mos kelmoqda.

17 mart kuni KXShT bosh kotibi Nikolay Bordyuja «Farg’ona» axborot agentligiga bergan intervyusida O’zbekiston va Turkmanistonning terrorizmga qarshi kurashda ayni tashkilot bilan hamkorlik qilmayotganidan noligan edi. Rossiya Turkmanistonning betaraflik siyosatiga yo’l qo’ymaslik uchun urush muhitini yaratish va islomiy terrorizm uydirmasidan foydalanish orqali uni KXShTga tortishga urinmoqda.

Ilgari, Al-Qoida, Tolibon va O’zbekiston Islomiy Harakati vahimasida ham shunday uslub qo’llangan… «Davlat» tashkiloti vahimasi kuchaytirilib tarqatilgandan keyin O’zbekiston, Pokiston va Islom dunyosidagi bir qator davlatlarga bosim qilishda ham terrorizmga qarshi kurashish bahonasida ularning ishiga aralashish uchun shunday uslub hamon qo’llanishda davom etmoqda.

Amerika o’zining kerakli ekanini uqtirib qo’yish hamda bashariyatni terror xataridan qutqaruvchi yagona xaloskor qilib ko’rsatish uchun butun dunyoni qo’rqitmoqda. Chunki u o’z siyosatida bunday uslublardan ko’p foydalanib kelgan. Masalan, Sovet Ittifoqi qulashidan oldin G’arb dunyosini uning xataridan qo’rqitgan bo’lsa, u qulaganidan keyin esa dunyoni Iroq, Eron, Liviya va bulardan boshqa ayrim davlatlardan qo’rqitib keldi. Shuningdek u Al-Qoida, Tolibon va O’zbekiston Islomiy Harakati kabi ayrim harakatlardan olamni qo’rqitib, «terrorizm»dan o’z foydasi yo’lida foydalanib kelmoqda.

Amerika dunyo davlatlarining ichki ishlariga, ya’ni, siyosiy, iqtisodiy, harbiy va saqofiy ishlarga aralashish maqsadida bu bahonalardan foydalanadi. Masalan, Yevropa ustidan hukmronligini kuchaytirish maqsadida sotsializm kartasini o’yinga qo’ydi. Sotsializm barham topgach Eron yadroviy quroli xataridan foydalandi. Rossiya iqtisodiga zarar etkazish maqsadida Ukraina va Qrim muammosini ataylab paydo qildi. Bu Natoning kuchayishiga hamda mintaqada kengayishiga olib bordi va Yevropani unga bog’lanib qolishini oshirdi. Bu bilan Amerika er yuzining har tarafidagi harbiy bazalarini saqlab qoladi va qolaversa bazalarini yana oshiradi. Ayni shu mantiqdan kelib chiqib Rossiya Turkmaniston bilan muomalada bo’lmoqda. Shu mantiqdan kelib chiqib Amerika va Rossiya Ukrainani, Vetnamni, Suriyani, Liviyani, Afg’onistonni, Iroqni vayron qildi. Ular shunday qilib o’z maqsadlarini amalga oshiradilar.

O’rta Osiyo jumhuriyatlari sergak bo’lishi lozim. Chunki ular kelgusi nishonlardir. Shunday qilib kufr dunyosi etakchiligining basharasi ochilib qoldi. Zero, uning haqiqiy basharasi Islom va musulmonlarga mutlaq dushmanlik qilishdir.

Bunday yolg’on tahdidga javob qilayotgan bizning hukumatlar «tozalash kampaniyasi» bahonasida kufr davlatlariga yurtlarimizni bosib olish va musulmonlarni xorlash huquqini berishmoqda. Bunday ishlar bahonasida kufr sistemasining istaklari va manfaatlari amalga oshirilmoqda. Rejimlar esa dushmanlar yurtning ishlariga harbiy jihatdan aralashishi uchun ularga yurtni lang ochib berishyapti va qurollarini sotishga hamda bu yurtda harbiy ba’zalarini qurishga ularni rag’batlantirmoqda.

Bunday ishlarning oqibati qanday bo’ladi?

Agar rejim o’z xalqi bilan bo’lgan aloqasini qayta ko’rib chiqmasa, Islomni to’g’ri tushunib harakat olib borayotgan yagona hizb hisoblangan Hizb ut-Tahrirga qarshi siyosatini o’zgartirmasa ko’plagan millatchilik jamoalari paydo bo’lib bu jamoalar yurtda qarama-qarshilik urug’ini sepadi. Chunki kofirlar olib borayotgan siyosiy o’yinni yurt hukmdorlari va qolaversa ulamolar ham tushunmayapti. Hatto bu hukmdorlar yurtni jarlik sari, toifachilik va millatchilik sari olib ketayotganlariga ham aqllari etmayapti. Ular bizning boshimizga turli balolarni yog’dirishmoqda.

Hizb ut-Tahrirning O’rta Osiyo va Qozog’istondagi musulmonlarga nidosi:

Agar biz kofirlarning nayranglarini fosh qila olmasak va uni oldini olishga harakat qilmasak biz ham Liviya va Suriyadagi kabi siyosiy bo’shliqqa tushib qolamiz. Bugun bunday vaziyat Karimovning siyosati tufayli O’zbekistonda yuzaga kelgan. Bu kelajakda O’rta Osiyoda vaziyatni keskinlashtirishi mumkin. Karimov odamlar qalbida chuqur ildiz otgan islomiy tuyg’ularni va fikrlarni sindira olmadi. Chunki nafrat va zo’ravonlik Islomni yanada mahkam ushlashlikni oshiradi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning dafn marosimi qalblarga chuqur o’rnashgan bu imonning yorqin dalilidir. Kofir ham ushbu islomiy kuchni o’z manfaati tomon yo’naltirishni istaydi. Bizning hukumatlar kofirga xizmat qilish yo’lida musulmonlarni qamoqqa olish va Islomni badnom qilish orqali Islom ovozini o’chirishga harakat qilmoqda.

Biz odamlarni va rejimlarga ta’sir o’tkazish imkoniga ega bo’lgan kishilarni kofirlarning ushbu jirkanch loyihasini oldini olishga chaqiramiz va ularga aytamizki, Hizb ut-Tahrirga qarshi axborot hujumini ochib yolg’on va uydirmalarni tarqatmoqda. Biz rasmiy bayonotlarimizda moddiy harakatlar bilan shug’ullanmasligimiz haqida aytgan bo’lsakda ular Hizbni terrorchilik amaliyotlarida ayblashmoqda. Ular Hizbning harakatini to’xtatish uchun va o’zlariga Ummat ustida fitna uyushtirish qulay bo’lishi uchun Hizbni Ummatdan ajratishga urinishmoqda. Ularning kattasi Karimov (Alloh halok qilsin) 16 fevral voqeasida qilganidek bular ham o’zlari istagan vaqtda va istagan joyda Islom va musulmonlar nomidan qo’poruvchilik harakatini amalga oshirib bu ishda Hizbni ayblashga urinishlari mumkin. Shuning uchun, agar shunday voqea sodir bo’lgudek bo’lsa unga ishonmanglar. Chunki Hizb biror kun ham o’zining siyosiy loyihasini yashirmagan. Hatto Hizb a’zolarining o’nlab yillar qamoqda bo’lishi ham Hizbni tariqatidan burolmadi. Agar Hizb moddiy ishni amalga oshirgudek bo’lsa buni sir saqlamagan bo’lardi. Chunki Hizb yigitlarining da’vatni yoyish yo’lidagi jur’ati va salobati hech kimga sir emas.

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi raisi

Rasmiy sayt: http://hizb-turkiston.net

Elektrot pochta: webmaster@hizb-turkiston.net

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.