Qirg’izistonga migrantlar yoppasiga qayta boshlashdi

499
0

Qirg’izistonga migrantlar yoppasiga qayta boshlashdi. Ular Qirg’iziston VVPsining asosiy rivojlantiruvchi omillari edi. Endi ular Qirg’izistonni ishsizlik armiyasiga aylanishlari kutilmoqda.

DanChurchAid, migrantlarga yordam ko’rsatish tashkilotining bildirishicha. Qirg’iziston fuqorolarining taqriban bir millioni tashqarida asosan Rossiya va Qozog’istonda ishlashadi. O’tgan yili migrantlar o’z oilalariga 2.3 milliard dollor jo’natishgan. Bu butun Qirg’iziston IMMsi (IChKI MILLIY MAXSULOTI)ning taqriban 3.2% ni tashkil etadi.

2014 yilning ikkinchi yarmidan, migrantlardan keladigan mablag’lar ko’lami bir necha barobar kamayib borayapti. Bu Rossiyaning boshiga tushib borayotgan krizisga bog’liq albatta. Lekin dollorga nisbatan qirg’iz pulidan xam pasayib borayotgan rus rubli va Rossiyadagi iqtisodiy krizis oqibatlaridan u erdagi fuqorolarda xam ishsizlik kuchayib borishi, Qirg’iz fuqorolarini o’z yurtiga qaytishga majbur qila boshladi. Bu Qirg’iz xukumati uchun juda katta muammolar olib kelishi mumkin. Chunki Qirg’iziston, xalqaro qonunlarga muvofiq va belgilangan miqdorda ularni ishsizlik nafaqalari bilan ta’minlashi lozim.

Qirg’iz migrantlari internet ijtimoiy tarmoqlaridan, “ biz qaytayapmiz, bizlarni ish bilan ta’minlaysizlar. Yo’qsa nima bo’lishini yaxshi bilasizlar” degan manoda xabarlar tarqata boshlashdi. Buni qirg’iz xavfsizlik xizmatlari, pravokatsiya deyishi aniq. Lekin shu pravokatsiya uchun juda qulay vaziyat paydo bo’layotganini ular inkor eta olishmaydi. Chunki migrantlarning asosini yosh, kuch quvvati bor va tashqi muxitdan ta’sirlangan, asosiysi islomiy tuyg’ulari kuchaygan shaxslar tashkil etadi. Qirg’iz xukumati xalqini chalg’itish uchun, Suriyadan qaytayotgan muxojirlar vaximasini ko’tarishmoqda. Lekin aslida Rossiyadan qaytayotganlari xavfliroq ekanini ular yaxshi bilishadi.

Bu juda katta quvvat va bu quvvatni muayan tomonga yo’naltirish o’ta qiyin. Iqtisodiy krizis xolatida esa, tashqi uchunchi kuchlar uchun qiyinchilik va ishsizlik muammolari o’ta qulay vaziyatlar paydo qilishi mumkin. Iqtisodiy krizis, fuqorolarni xukumatga nisbatan salbiy qarashga majbur qiladi. Ikkinchi katta idiologik quvvat bo’lgan Islomiy va Musulmonlar esa, islomiy qadriyatlarni oyoq osti qilib borayotgan xukumat bilan xamkorlik qila olmaydi.

Bundan tashqari “Vecherny Bishkek» gazetasining bildirishicha, 2014 yili 2013 yilga nisbatan, Qirg’izistonga tashqi davlatlardan kirib kelayotgan tashqi investitsiya ko’lami 77% ga kamaygan. Qumtor muammosi xam yana ko’ndalang turib qoldi.

 Qirg’iziston Rossiya tomon yuzlanib, ikki marotaba davlat ag’darilishi u bilan xamkorlikda amalga oshirilgani uchun, yuqoridagi paydo bo’lib kelayotgan krizis xolatiga unchalik e’tibor qaratmayapti. Lekin bu safar, bir muncha boshqacha stsenariylar asosida borayapti. Ish rangli revolyutsiyalar tomon ketayotganga o’xshaydi.

 Tarixda bu kabi revolyutsiyalar, Gruziya, Ukraina kabi Rossiya uchun Qirg’izistondan ko’ra muximroq mintaqalarda bo’lib o’tgan. Rossiya bu amaliyotlarni to’xtatib qololgan emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.