Xitoy so’nggi besh yil ichida mudofaaga sarflangan xarajatlarini ikki barobariga ko’paytirdi  

553
0

Butunxitoy xalq vakillari kengashi 3-sessiyasining matbuot kotibi Fu Inning ma’lum qilishicha, 2015 yilda Xitoyda milliy mudofaaga xarajatlar 10 foizga oshadi va bu mamlakat markaziy byudjetining o’sayotgan daromadlariga mos keladi.

Fu In mamlakat konstitutsiyasiga ko’ra xitoy milliy mudofaa siyosati mutlaqo mudofaa xarakteriga ega, deya ta’kidlab o’tdi. Xitoy kabi yirik mamlakat davlat va millat xavfsizligini ta’minlash uchun etarli darajada harbiy qudratga ega bo’lishi kerak, shunda xalq xotirjam hayot kechiradi va bunyodkorlik ishlari bilan shug’ullanadi. Buning uchun esa armiyani va milliy mudofaa tizimini zamonaviylashtirishi zarur. Buning uchun esa o’z navbatida moliyalashtirish etarli darajada bo’lishi kerak.

Joriy yilda Xitoyning harbiy byudjeti 145 mlrd dollarni tashkil etadi.

Eslatib o’tamiz, XXR 2010 yilda mudofaaga 78 mlrd dollar sarflagan. Shunday qilib, besh yil ichida mamlakat byudjeti ikki barobariga o’sdi. Harbiy tahlilchilarga ko’ra, Xitoyning haqiqiy harbiy byudjeti bildirilganga qaraganga ancha yuqori. Mamlakatda harbiy suv osti kemalari va ko’rinmas samolyotlarni qurish sohalarini moliyalashtirib kelinmoqda.

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi dunyodagi eng yirik armiya hisoblanib, uning tarkibida 2,5 mln kishi xizmat qiladi. XXR Qurolli kuchlari ettita harbiy okrug va uchta flotga taqsimlangan.

Turkiston:

Sharqiy turkiston nomi bilan, Islom davlati yurti bo’lgan mintaqa, xozirda Xitoy bosqinchilari tomonidan bosib olingan. Xitoy uni 1949 yilda bosib olib, unga “stsinzyan” (yangi er) deb nom berdi. Sharqiy Turkiston, XXRga avtonom respublika bo’lib biriktirilgan. Axolisi 21 813 334 million xisoblangani bilan, aslida taqriban ikki barobar ko’p. Bu xolat, ularni Xitoy davlati tomonidan tug’ishlarining cheklash qonunlari qabul qilganidan keyin, norasmiy ko’payib ketishlaridan kelib chiqdi.

Sharqiy Turkistonda, Musulmonlarga nisbatan zulm o’ta kuchli. Ayniqsa oxirgi vaqtlarda, butun bir qishloqlar Musulmonlari ommaviy qirg’inlarga xukm etilishmoqda. Ba’zi qishloqlarning butun erkaklari noma’lum tomonlarga olib ketilgan. Ular xanuzgacha dom daraksiz yo’q. Ayollar avratlarini to’sganlari uchun qamoqqa olinishmoqda. Soqol qo’ygan erkaklar qamoqqa olinishyapti. Ba’zilari esa, sud xukmisiz otib yuborilishayapti. Natijada millionlagan uyg’ur birodarlarimiz, o’z yurtlarini tashlab xijrat qilishga majbur bo’lishmoqda. Qolgan, imkoniyatlari yo’qlari, dinlarini yashirishga majbur bo’lishsa, ba’zilari dinlarini xuddi qo’llarida cho’g’ ushlagandek ushlab turishibdi. Ollox ularga yordam sabr va nusrat bersin.

Xitoy davlati, xarbiy soxasini kuchaytirishdan, ichki va tashqi siyosatida o’zgarishlar yasamoqchi. U, tashqi kuchlar tomonidan ichkarida sun’iy paydo qilinib kelinayotgan (islomiy jangarilar) vaximalarini, o’zi atayin gupurtirib yubordi. Shu vaximalar va Xitoyning insoniylik chegaralaridan o’tib ketgan zulmlari oqibatidan paydo bo’lgan bir necha uyushtirilgan qirg’inbarot amaliyotlarni baxona qilib, xozirda Sharqiy Turkistonni bir yo’la bosib oldi.

Xitoy xalqaro siyosiy maydonda, xalqaro ta’sir quvvatiga ega mustamlakachi davlatlar bilan yashirin shartnoma imzolagan. Unga ko’ra Xitoyga, iqtisodiy o’nikishi uchun juda katta imkoniyatlanga ega bo’lish sharoitlari paydo qilib berildi. Natijada Xitoy dunyo bo’ylab iqtisodiy ishlarini o’niktirish imkoniyatini qo’lga kiritdi. Shu kunga kelib u, xom ashyo krizisiga uchrab borayapti. Bu esa uni iqtisodiy krizisga olib boradi.

Xitoyni bu xolatdan, faqat kengayish, ya’ni boshqa yurtlarni mustamlaka qilish amaliyotlari qutqara oladi. Shuning uchun u, AQSh tomonidan, uni qo’rqitish uchun atayin paydo qilinib kelinayotgan vaximali xolatlardan, o’z manfaati yo’lida foydalanib olmoqchi bo’lyapti. Lekin bu asosiy muammo emas. Asosiysi, dunyo sistemasi sezilarli zaiflashib bormoqda. Sistemaning quvvati uni xalq va davlatlar qabul qilishi va ximoya qilishi bilan aniqlanadi. Mavjud xalqaro sistema esa, asoslaridan dars keta boshladi. Xatto demokratiya onasi nomi bilan dunyo tan olgan Yevropa davlatlari xam, demokratiyaning asoslarini birin ketin buzishga majbur bo’lib borishmoqda. Islomiy o’lkalar esa uni xaligacha e’tiqodan qabul qilishgani yo’q. Endi qabul qilishlari mumkinligidan umidlari xam uzilgan.

Demak dunyo qalqib turipti. Dunyo sistemasi o’zini o’rnini egallashi mumkin bo’lgan boshqa sistemani kutib turgandek. Bu esa mavjud sistemaning xam, unga Xitoy tomonidan berilgan va’dalarni xam, bekor bo’lishini anglatadi. Shuning uchun Xitoy qurollanishga jiddiy e’tibor bera boshladi. Xalqaro qonunlar va xuquq normalarining yo’q bo’lishi, qanday oqibat va xodisalar olib kelishini Xitoy qayoqdan bilsin. Shuning uchun bugun xamma uchun, biror ishni ro’yobga chiqarishda nishon yoki baxona bo’lib qolgan Musulmonlarni, Xitoy xam o’z maqsadlarini ro’yobga chiqarish uchun qurbon keltira boshladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.