442
0

Rossiya mudofaa vazirligi harbiy inspektsiyasi “Qant” aviabazasi harbiy tayyorgarligini tekshirib chiqadi

Rossiya mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okurigi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Mudofaa vazirligi harbiy inspektsiyasi Qirg’izistonda joylashgan “Qant” rus aviabazasi harbiy tayyorgarligini tekshirishga kirishdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, “Tekshiruv mobaynida asosiy e’tibor tuzilmaning harbiy tayyorgarligi, jumladan hujum va armiya aviatsiyasini maqsadli harakatlariga qaratiladi. Terrorizmga qarshi kurashni tashkillashtirish alohida o’rganib chiqiladi”.

“Tekshiruvdan asosiy maqsad – boshqaruv organlar va bo’linmalaridagi vaziyatni o’rganish hamda kundalik faoliyatni tashkil etish ishlari bo’yicha boshqaruv samaradorligini baholashdan iborat”, – deyiladi xabarda.

Turkiston:

Rossiya Qirg’izistonni vahimaga solishda davom etmoqda. Maqsadi Qirg’iz hukumatini, o’zidagi eskirib borayotgan harbiy texnikalarini sotib olishga majbur qilish. Rossiya investitsiya yotqizib qarz qilishdan ko’ra o’n barobar qulay va manfaatliroq yo’llarni tutishga urinmoqda. Qulayligi, bu texnikalarni joylash, ta’mirlash, o’rnatish kabi muammolarning barchasi Qirg’iziston zimmasida. Manfaatliligi, Qirg’izistonni siyosiy ta’siri ostida va harbiy muxtojlik ostida ushlab qolishga imkoniyatlarini kengaytiradi.

Siyosiy bosim, Qirg’izistonni qarzga botirib olish va harbiy xatarlar yoki quruq vahimalar paydo qilish bilan, o’ziga bo’lgan muxtojliklarimizni oshirish orqali olib boriladi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.