Savolga javob Neft narxlarining to’satdan tushib ketishi sabablari

574
0

Savolga javob Neft narxlarining to’satdan tushib ketishi sabablari

Savol:

Ba’zi axborot vositalari 2015 yil 7 yanvar chorshanba kuni Brent xom nefti narxi bir barreli 49,66 dollar qayd etilgani haqida xabar tarqatdi. Shuningdek Amerika xom nefti narxi ham bir barreli 47 dollarga tushib ketdi. Ma’lumki 2014 yil iyunda, yozning boshida bir barrel neft narxi 115 dollarga etgan edi. Ana shundan keyin narx sekin-asta pasayib 2014 yil dekabrning oxirida 60 dollarga, balki undan ham quyiga tushib qoldi. Chunki G’arbiy Texas xom nefti narxi 58,53 dollarga tushib qoldi, 2015 yil yanvarning birinchi haftasida esa 50 dollarga tushib qoldi, ya’ni besh oy ichida 50 %dan ham ko’proq pasayib ketdi! Neft narxlarining bunday to’satdan tushib ketishi sabablari nimadan iborat? Kelgusida neft narxlarining qanday bo’lishi kutiladi?

Javob:

Neft narxlari tushib ketishining turli sabablari bor, bu sabablardan eng ko’zga ko’ringani siyosiy g’araz-maqsadlardan xoli bo’lgan iqtisodiy omildir… Ana shu sabablardan yana biri iqtisodiy omilni siyosiy omil sohibi manfaati sari harakatga keltirish uchun foydalaniladigan siyosiy omildir…

Siyosiy g’arazlardan xoli bo’lgan iqtisodiy omilga kelsak, u quyidagilardan iborat: «neftni taklif qilishni ortishi yoki talabning kamayishi…», «keskinliklar, ayniqsa neft bor mintaqalardagi va ularning atroflaridagi harbiy qaynoq nuqtalar…», «neft bozoridagi chayqovchiliklar va davlatlar iqtisodining zaiflashishi haqidagi neft eksporti yoki importiga ta’sir qiluvchi bayonotlardan foydalanib qolish…».

Iqtisodiy omilni siyosiy omil sohibi bo’lgan davlat manfaati sari harakatlantirish uchun foydalaniladigan siyosiy omilga kelsak unga quyidagilarni misol qilish mumkin: «qazib olishning ortishi yoki neft ehtiyot zaxirasidan katta miqdorni taklif qilish, lekin bu taklif bir iqtisodiy ehtiyoj uchun bo’lmaydi» balki «raqobatchi davlatlar siyosatiga, ayniqsa o’z byudjeti borasida asosan neft narxlariga tayanadigan davlat siyosatiga ta’sir o’tkazish maqsadida narxni pasaytirish uchun» yoki «tabiiy neft narxini slanets neft (tog’ jinsidan olingan neft)ga ketadigan sarf-xarajatdan kam bo’ladigan darajagacha pasaytirish bilan slanets neft qazib olishga chek qo’yish uchun» bo’ladi. «Chunki tabiiy neft narxining bu darajagacha pasayishi bilan slanets neft qazib olish foydasiz bo’lib qoladi».

Endi mana shu ishlarni ko’rib chiqaylik, ana shundan keyin neft narxlarining sezilarli darajada pasayishiga olib kelgan eng kuchli sabablar haqida xulosa chiqaramiz:

Birinchi: siyosiy g’arazdan xoli bo’lgan iqtisodiy omil:

1 – Taklif va talab:

Neft narxi boshqa har qanday tovar kabi taklif va talab orqali belgilanadi. Shuning uchun neft bozorida taklif ortsa uning narxi pasayadi. Bu neft import qiluvchi davlatlarda iqtisodiy krizislar bo’lgan paytda kuzatiladi. Chunki bunday holatda talab va krizisga uchragan mamlakatning yuqori narxdagi neftni import qilish qudrati kamayadi, shuning uchun talab kamayadi. Bu esa narxning pasayishiga olib keladi… Neftga bo’lgan talab kuchayib talab taklifdan ortib ketgan paytda esa buning aksi bo’ladi, chunki bunda neft narxi ko’tarilib ketadi.

2 – Keskinliklar va harbiy mojarolar bo’layotgan qaynoq nuqtalar:

Bu erda neft narxlariga ta’sir qiladigan yana bir omil bor, u «prognoz», ya’ni neft bozori taxminlaridir. Bunga misol qilib neft etkazib berishlarning uzilib qolishini keltirish mumkin. Bu neft qazib olinadigan mintaqalardagi urushlar yoki keskinliklar natijasida shunday bo’ladi… Shuning uchun demak neft mintaqalari bo’lgan O’rta Sharqdagi geosiyosiy keskinliklar neft narxlarining ko’tarilishiga sabab bo’lishi mumkin. Taklif qilinayotgan neft miqdorida yoki unga bo’lgan talabda hech qanday o’zgarish yuz bermasa ham neft narxi – agar etkazib berishlarning to’xtab qolishi ehtimolidan xavotirlik bo’lsa – ko’tarila boshlashi mumkin. Shuning uchun keskinliklar bosilgan paytda neft narxi pasayadi va o’zining oldingi qiymatiga yoki haqiqiy narxga qaytadi. Masalan 2012 yil fevralda yahud davlati, Qo’shma Shtatlar va Eron o’rtasida urush haqida jar solishlar bo’ldi. Bu esa neft narxlarining ko’tarilishiga olib keldi. «Forbes» jurnali bunday deb yozgan edi: «Neft narxlari ko’tarilib o’zining bir necha yildan buyongi eng yuqori darajasiga etdi, buning katta qismiga sabab geosiyosiy xavotirliklardir, bu xavotirliklarga Eronning yana harbiy kurash stoliga qo’yilishi bo’ldi». («Eronga hujum qilish Qo’shma Shtatlarni turg’unlikka olib kelishi mumkin» Foris, 2012 yil fevral).

3 – Chayqovchiliklar va iqtisodiy bayonotlardan foydalanib qolish:

Qo’shma Shtatlar va Xitoy kabi neft eksporti yoki importiga ta’sir qiluvchi ba’zi aloqador mamlakatlar tomonidan chiqarilgan yomon iqtisodiy bayonotlar – taklif yoki neftga bo’lgan talabning o’zgarishidan qat’iy nazar – neft narxlarining tushishiga olib kelishi mumkin. Bu holatda bozor iqtisodiy ishlab chiqarish sekinlashib qolishidan xavotirga tushib qoladi va buni neft iste’molida qochib bo’lmaydigan ortga ketish deb izohlaydi, binobarin neft narxi pasayadi. Chayqovchilar foyda orttirish uchun bozordagi neft narxlari ko’tarilishi yoki pasayishiga oid prognozlarni kuzatib payt poylab turishadi. Buning natijasida taklif va talab chog’ida neft narxiga ta’sir bo’ladi.

Iqtisodiy bayonotlar va chayqovchiliklar bir necha asosiy o’yinchilar bilan bog’liq bo’ladi, bu asosiy o’yinchilar neft qazib oluvchi davlatlar (Rossiya, Kanada, Saudiya Arabistoni… va boshqalar kabi)dan, neft import qiluvchi davlatlar (Xitoy, Yaponiya… va boshqalar kabi)dan, transmilliy neft shirkatlari (EksonMobil, VR… va boshqalar kabi)dan, neft karteli (OPYeK, chayqovchi degan nom bilan tanilgan neft savdogarlari kabi)dan iboratdir. Bulardan har bir guruhda neft narxlariga ta’sir o’tkazish qudrati bor. Neft narxlariga taklif yoki talab orqali yoki chayqovchiliklar chog’idagi neft narxlaridagi tafovutlarni prognoz qilish orqali ta’sir o’tkazadi. Shuning uchun iqtisodiy bayonotlar va chayqovchiliklar aloqador davlatlarda iqtisodiy krizislar yuz berishi natijasida narxlarga zo’r ta’sir o’tkazadi.

Ikkinchi: Iqtisodiy omilni siyosiy omil sohibi bo’lgan davlat manfaati sari harakatlantirish uchun foydalaniladigan siyosiy omil:

1 – Slanets neft mavzusi:

Amerika olamda eng katta neft qazib chiqaruvchi sifatida Saudiya Arabistoni va Rossiyadan ustun turadi. Chunki Amerika er bag’ridagi slanetslarni parchalash orqali neft qazib chiqaradi. Masalan «Bank of Amerika» 2014 yil yozida bunday deb yozdi: «Qo’shma Shtatlar bu yil olamda eng katta neft qazib chiqaruvchi bo’lsa kerak, chunki u moyli slanetsdan energiya manbaini qazib chiqarish bo’yicha Saudiya Arabistoni va Rossiyadan o’tib ketdi, bu esa mamlakat iqtisodini jonlantiradi. Qo’shma Shtatlar suyuq moddalar va ularni tabiiy gazdan ajratib olish bilan bir qatorda xom neft qazib olish bo’yicha bu yil boshqa mamlakatlardan o’zib ketdi, kunlik qazib olish bu yilning birinchi choragida 11 million barreldan oshib ketdi…». (Qo’shma Shtatlarga u neft qazib olishda Saudiya Arabistonidan o’zib ketganidan keyin eng katta neft qazib oluvchi davlat sifatida qaralmoqda, Blomberg, 2014 yil 4 iyul).

Qo’shma Shtatlarda slanetsdan neft va gaz olinishi 2011 yildagi kuniga 5,5 million barrel neft qazib chiqarishdan bugunga kelib kuniga 10 million barreldan oshiq qazib olishga sabab bo’ldi. Bu esa Amerikani o’z ehtiyojlarini – ozginasini mustasno qilganda – qondiradigan qilib qo’ydi, natijada Amerikaning Saudiyadan neft import qilishi yarmidan ozroqqa, ya’ni kuniga 878 ming barrelga kamaydi. Ilgari kuniga 1,32 million barrel import qilar edi.

Lekin muammo shundaki, slanetsdan neft qazib olish sarf-xarajati juda yuqori, bir barreli uchun 75 dollarga etishi mumkin. Tabiiy neft qazib olishga ketadigan sarf-xarajat esa bir barreli uchun 7 dollardan oshmaydi. Bu esa slanets neft qazib chiqaruvchi davlatlar uchun va eng avvalo Amerika uchun neft narxi unga ketadigan sarf-xarajatdan pasayib ketishi halokatli zarbadir…

2 – Biron iqtisodiy ehtiyoj uchun emas, balki raqobatchi davlatlarni jazolashning bir qismi sifatida narxni pasaytirish mavzusi:

Bu erda ikkita ta’sirli va ahamiyatli masala bor:

Eronning yadroviy programmasi bo’yicha muzokaralar mavzusi va Rossiyaning Qrimni bosib olganligi mavzusi. Bu ikki davlat o’z byudjetining katta qismida neft eksportiga tayanadi. Shuning uchun neft narxining to’satdan yarmiga tushib qolishi hech shubhasiz bu ikki davlatning mazkur ikki masala borasidagi siyosatiga ta’sir qiladi. Masalan Rossiyaning byudjetiga neft va gaz, ya’ni energiya manbai 50 % chegarasida hissa qo’shadi, balki ba’zi baholashlarga qaraganda bu raqam bundan ham yuqoridir. Shunday qilib demak Rossiya neft narxi barreli uchun 105 dollar bo’lishiga muhtojdir. Chunki ana shunda u o’z iqtisodida muvozanatga erishadi.

Eronning byudjetiga esa neft bundan ham ko’proq hissa qo’shadi. Chunki bu hissa byudjetning 80 %dan ko’prog’ini tashkil qilishi mumkin. Shuning uchun Eron neft narxi barreli uchun 130 dollardan oshiqroq bo’lishi zarur deb biladi. Chunki o’shanda keladigan foyda Eronning ichki loyihalari va o’zining mintaqadagi tobelariga beradigan yordamlari bilan mutanosib bo’ladi. Shuning uchun demak neft narxining bunchalik past narxga tushib ketishi Eronning byudjetiga kuchli ta’sir qiladi.

Uchinchi: yuqorida aytilgan sabablarni ko’rib chiqish bilan quyidagi narsalar ayon bo’ladi:

1 – Siyosiy g’arazdan xoli bo’lgan iqtisodiy omil:

  1. a) Taklif va talab oxirgi yillarda deyarli o’zgarmadi, uning o’zgarishi arzimas bo’lib, bu darajada to’satdan pasayib ketishga olib kelmaydi. Masalan hatto o’tgan yili yozda ham neftning olamiy narxi nisbatan barqaror bo’lib (G’arbiy Texas xom nefti) bir barreli 106 dollarga etgan edi, qariyb to’rt yilgacha shunday bo’lib kelayotgan edi. Lekin neft narxlarining katta darajada pasayishini butunlay iqtisodiy deb izohlash mumkin emas. Chunki 2004 yildan buyon o’tgan o’n yil davomida neft qazib olish kuniga 80 million barreldan oshib ketgan edi. 2013 yil oxirida esa olam neft bozori kuniga 86,6 barrel qazib chiqaradigan bo’ldi. Ana shundan keyin qazib olish ortib 2013 yil oxirida va 2014 yilning uchinchi choragida talabdan oshib ketdi. Natijada taklif va talab bir-biriga yaqin bo’lib qoldi. Masalan Xalqaro Energiya Agentligining 2014 yil uchinchi choragida ko’rsatgan raqamlarga qaraganda taklif o’rtacha 93,74 million barrelga, talab esa o’rtacha 93,08 million barrelga etdi. (Olingan manba: Xalqaro Energiya Agentligi sayti). Bu esa to’rt yil orasidagi arzimas oshish bo’lib, u bir barreli uchun bir necha dollar miqdorida asta-sekin pasayishda ta’sir qilish mumkin. Lekin besh oy orasida yarim narxiga faqat agar iqtisodiy omil bosh sabab bo’lmasagina tushib ketishi mumkin, xolos.
  2. b) Keskinliklar va harbiy mojarolar bo’layotgan qaynoq nuqtalar ham yangilik emas, aksincha bular oxirgi to’rt yil davomida deyarli o’zgarmas bo’lib kelyapti. Chunki mintaqadagi krizislar neft narxlarining to’satdan tushib ketishiga sabab bo’ladigan darajada to’satdan shiddatli tus olgani yo’q. Chunki mintaqadagi g’alayonlar va keskinliklar 2011 yildan boshlab hozirgacha deyarli to’satdan bo’lmaydigan tarzda bir maromda davom etib kelyapti.

Shunisi ham ma’lumki, neft narxlarining ko’tarilishi aslida mintaqa va olamdagi siyosiy krizislar sharoitida yuz beradi. Bunday hol 1973 yildan beri bir qancha hodisalarda kuzatilgan. Hozir esa Ukraina, Suriya, Iroq va Liviyada krizislar jiddiy tus oldi. Shuning uchun ba’zi taxminlar bo’yicha bir barrel narxi 120 dollarga, balki 150 dollarga sakrab ketishi taxmin qilingan edi. Shuning uchun narxlarning bu shaklda tushib ketishi – agar sababchi omillar faqat iqtisodiygina bo’lsa – g’ayriodatiy holdir. Chunki krizislar v urushlar etkazib berish yo’llariga ta’sir qiladi va shundan keyin taklif kamayadi, natijada narx ko’tariladi, faqat agar bu erda quruq iqtisodiy omillardan boshqa sabablar bo’lsagina tushib ketishi mumkin.

  1. v) Chayqovchiliklar va iqtisodiy bayonotlardan foydalanib qolish, iqtisodiy krizis shiddatli tus olgan 2008 yildan boshlab ishlar o’z joyida depsinib turibdi, yanada shiddatli tus olmadi, aksincha bir oz yaxshilandi. Shuning uchun aytish mumkinki, iqtisodiy omilning bir o’zigina neft narxlarining, besh oy oldingi narxidan 50 %dan ko’proq pasayib ketgan bu ma’dan narxlarining tushib ketishidagi bosh sabab emas.

2 – Iqtisodni siyosiy omil sohibi bo’lgan davlat manfaatiga xizmat qilish sari harakatlantirish uchun foydalaniladigan siyosiy omil:

  1. a) Slanets neft mavzusi: Slanets neft qazib olish sarf-xarajati bir barreli uchun 70-80 dollarga etadi, takomillashgan zamonaviy texnikalardan foydalanilganda esa bu sarf-xarajat kamayib bir barreli uchun 50-60 dollarga tushishi mumkin. Masalan HIS shirkatining (u qidiruv ishlari olib boruvchi shirkatdir) hisoblashicha, slanetsdan qazib olinadigan bir barrel neft sarf-xarajati o’tgan yili 70 dollardan 57 dollarga pasaydi. Chunki neftchilar quduqlarni tezroq qazish va ko’proq neft qazib chiqarish yo’llarini o’rganib olishdi. («Senatorlar slanetsdan neft olishga qarshi», Ekonomist, 2014 yil 6 dekabr).

Shuning uchun demak neft narxining bir barrel uchun 50 yoki 40 dollarga pasayishi slanets neft qazib chiqarishni foydasiz qilib qo’yadi, balki hatto bir barreli uchun 60-70 dollarga pasayganida ham munosib foyda keltirmaydigan bo’ladi. Chunki iqtisodiy foyda sarf-xarajat bilan sotilish narxi o’rtasida bir munosib farq bo’lishini talab qiladi. Shuning uchun OPYeKning neft qazib olishni kamaytirmasligi yoki to’g’riroq aytganda Saudiyaning qazib olishni kamaytirmasligi sabablardan biri bo’lishi mumkin… Ma’lumki, Amerika tabiiy neft narxlari bir barrel uchun yuz dollardan ko’tarilib ketganligi sababli slanets neft qazib olishni yo’lga qo’ygan edi. Shuning uchun demak tabiiy neft narxlarining tushishi slanets neft qazib olishni foyda keltirmaydigan qilib qo’yadi.

Tabiiy neft narxlari tushishga bardosh beradi va foyda keltirishda davom etaveradi. Chunki sarf-xarajat bir barrel uchun 7 dollardan oshmaydi, slanets neft sarf-xarajatlari esa – hozirgina aytib o’tganimizdek – bundan o’n baravar ko’pdir. Shunga ko’ra demak tabiiy neft narxi qanchalik tushmasin foyda keltiruvchi bo’lib qolaveradi. Shuning uchun ham Saudiya neft vaziri Ali Nuaymiy bunday dedi: «OPYeK neft qazib chiqarishni – hatto xom neft narxi olam bozorlarida bir barrel uchun 20 dollarga tushib qolgan taqdirda ham – aslo kamaytirmaydi». (Al-Jazira 2014 yil 24 dekabr). Nuaymiy izoh berib «OPYeK bilan Saudiya hissasi bir necha yildan beri o’zgargani yo’q, u kuniga o’ttiz million barrel chegarasidadir, undan 6,9 million barrelga yaqinini Saudiya qazib oladi, ayni paytda OPYeKka kirmagan boshqa davlatlarning neft qazib olishi ham tinimsiz oshib bormoqda» dedi.

Shunisi ham ma’lumki, Saudiyadagi boshqaruv hozirgi podshoh Abdulloh davrida inglizlar bilan kuchli aloqalar o’rnatgan. Shunga asoslanib aytish mumkinki, Saudiyaning neft qazib olishni kamaytirmaslikka va bu to’g’rida OPYeKka bosim o’tkazishga zo’r e’tibor berishi inglizlarning Saudiya bilan kelishib yuritayotgan siyosati doirasidagi ishdir. Bundan maqsad Amerikaning slanets neft qazib olishiga ta’sir ko’rsatishdir.

  1. b) OPYeK o’zidagi eng katta ulushga ega Saudiya tomonidan o’tkazilgan bosim sababli shunday yo’lni tutdi. Ayniqsa neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPYeK)ning 2014 yil 27 noyabrda shu tashkilotning Venadagi qarorgohida o’tkazilgan yig’inida tashkilot a’zolari narxlarni quvvatlash uchun qazib chiqarishni kamaytirishga kelisha olishmadi. Chunki Saudiya qazib olishni kamaytirishni rad etdi, saudiyaliklar qisqa davrgacha narxlarning tushishiga chidashlari mumkinligini aytishdi. Amerika OPYeKning shunday yo’lni tutganini bilgach Amerika tashqi ishlar vaziri Kerri 2014 yil 11 sentyabrda Saudiyaga keldi va Saudiya podshohi Abdullohni uning yozgi qarorgohida ziyorat qildi. Bu ziyorat ilgari belgilanmagan edi. Axborot vositalari garchi bu ziyoratga sabab neftdan boshqa sabablardir, deb bildirgan bo’lsa-da lekin dalillar bu ziyorat mavzusi neft va uning narxlari bo’lganini ko’rsatib turibdi… Chunki aynan shu ziyoratdan keyin Saudiya sentyabr oyining qolgan kunlarida neft qazib olishni kuniga 100.000 barreldan ko’prog’i bilan oshira boshladi, noyabr oyining birinchi haftasida esa Saudiya neft narxini barreliga 45 tsent miqdorida kamaytirdi. Bu esa neft narxlarining barreliga 80 dollardan tez tushirib yubordi. Amerika tashqi ishlar vazirligidagi bir yirik mas’ulning ta’kidlashicha o’sha uchrashuv chog’ida olam bo’ylab neft etkazib berishlar masalasi muhokama qilingan.

Kerri Saudiyani neft qazib olishni kamaytirishga ko’ndira olmagach bu mavzuga boshqa tomondan yondashdi. Chunki u narx tushishiga rozilik berdi. Bu Qrimni bosib olgan Rossiyaga ta’sir ko’rsatadi, Eronga ham yadroviy muzokaralar jihatidan ta’sir ko’rsatadi, bu ikki oqlovchi omilga Saudiya ham rozi bo’ladi, degan fikrni bildirdi, lekin Kerri narxning pasayishi 80 dollar chegarasida bo’lishi kerak degan fikrni bildirdi. Saudiya bunga rozi bo’lgan yoki o’zini rozi bo’lgan qilib ko’rsatgan ko’rinadi. Chunki Britaniyaning «Tayms» gazetasi 2014 yil 16 oktyabrda bunday deb yozdi: «Saudiya neft narxining 80 dollar chegarasida tushishini qo’llab-quvvatlab aniq hisob-kitob qilingan pozitsiyani egalladi. Oqibatda slanets neft qazib olishni iqtisodiy jihatdan foydasiz qilib qo’ydi. Bu esa Amerikani yana Saudiyadan neft import qilishga va bozordan slanetsdan olinadigan gazni chiqarib tashlashga majbur qiladi». Bu so’zlar Saudiya ortida inglizlar turganini ko’rsatmoqda. Inglizlar Saudiyani Amerikaga qarshi turishda qo’llab-quvvatlashmoqda, Amerika moliyaviy krizis oqibatlaridan qutulish uchun o’z iqtisodini boshqalarning hisobiga bo’lsa ham, ularga zarba berib bo’lsa ham jonlantirishga harakat qilmoqda. Ma’lumki hozirgi Abdulloh oli saud rejimi inglizlar chizgan chiziq bo’ylab yuribdi.

Amerika narxlarni pasaytirishga rozilik berib o’zini Saudiyani rozi qilganligini ko’rsatdi. Amerika Yevropaga ham uning Amerikani Rossiyaga u Qrimni bosib olgani uchun jiddiy bosim o’tkazmaganlikda va yadroviy energiya programmasi borasida Eronga ham jiddiy bosim o’tkazmaganlikda ayblashi noto’g’ri ekanini, bunga neft narxini shu ikki davlat byudjetiga ta’sir o’tkazadigan darajada kamaytirishga o’zining rozilik bergani dalil ekanini ko’rsatdi… Amerika ba’zi rus oppozitsiyachilarini ham rozi qildi. Chunki mart oyining boshlarida milliarder Jorj Soros Amerika idorasiga Rossiyani – u Qrim Yarim Orolini o’ziga qo’shib olgani uchun – neft narxlarini tushirib jazolash vositasini taklif qildi… Shunday qilib Kerri o’zini narxni tushirishga rozi bo’lgan qilib ko’rsatdi.

Lekin bu tushirish muayyan chegaralarda bo’lishi kerakligini bildirdi, so’ngra Yevropani va rus oppozitsiyachilarni aldab o’zining Ukrainaga ruslarga qarshi yordam berish borasida jiddiy qilib ko’rsatdi… Lekin birinchi marta Amerika o’zini muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ko’rib turibdi. Chunki «shamol» u istagandek «esmadi». Neft narxi tushishda davom etib bir necha oy ichida bir barreli 60 dollarga tushib qoldi. Chunki Saudiya neft qazib olishni kamaytirishga ko’nmay qattiq turib oldi, aksincha qazib olishni ko’paytirdi. Bularning barchasi bozorda – bozor narxlaridan manfaatdor tomonlarning ta’siri sababli – hammaga ma’lum reaktsiyani keltirib chiqardi.

To’rtinchi: hozirda kutilayotgan narsa:

1 – Bu erda narxning ilgarigi holatiga qaytishi borasida birmuncha qiyinchilik bor.

2 – Lekin narx pasayishining davom etishi ikkala tarafga ham ta’sir qiladi:

  1. a) Narxning pasayaverishi Saudiyaga va uning ortida turgan Yevropaga, ayniqsa Britaniyaga ham ta’sir qiladi. Chunki Saudiyaning bu yilgi byudjeti sarf-xarajatlar uchun ajratilgan 860 milliard riyol umumiy summadan 145 milliard riyol miqdorida kamomadga uchradi, ya’ni kamomad 40 milliard dollarga yaqinni tashkil qildi. Bunga neft narxining tushishi sabab bo’ldi. Bu esa Saudiyaning ichki loyihalariga ta’sir qiladi. Bundan ham muhimrog’i Britaniyaning Saudiyaga qiladigan eksporti, ayniqsa qurol-aslaha eksportiga xalal etishidir. Bu Saudiya byudjetining kamayishi va unga etgan kamomad sababli bo’ladi… Britaniyaning Saudiyaga qiladigan eksporti 2012 yilda 7,5 milliard funt-sterlingga etdi. Bundan tashqari Britaniyaning 200ga yaqin shirkati Saudiyada o’sha yili 11,5 milliard funt-sterling sarmoya yotqizdi. Bularning barchasiga Saudiyaning moliyaviy qudrati – neft narxlarining tushishi sababli – kamayishi ta’sir qiladi… Ayniqsa Saudiya hukumati byudjeti o’z daromadlaridan 89 %ini neft eksportidan olgani uchun shunday bo’ladi. Shuning uchun demak narx tushishining davom etishi mana shu tomondan ta’sir qiladi…
  2. b) Boshqa tomondan esa, narx tushishining davom etishi Amerikaning slanets neft qazib olishiga ham ta’sir qiladi. Chunki Amerika o’tgan yillarda neft narxining ko’tarilishi sababli Amerikadagi slanets neft qazib chiqarishga milliardlab dollarni sarmoya qilib yotqizish yo’liga o’tgan edi. Buning foyda keltirganini ko’rgach Amerika 2008 yildan boshlab kuniga qo’shimcha 4 million barrel neft qazib oladigan bo’ldi. Bu esa olamda neft qazib olishga ta’sir ko’rsatadigan raqamdir.

Neft narxining pasayishi garchi Amerika iqtisodini jonlantirsa-da lekin Amerikaning slanets neft tijoratidan mahrum bo’lishidan ko’radigan zarari bundan ko’p baravar oshib tushadi. Shuning uchun Yevropa va Saudiyaning Amerika investitsiyasini vayron qilishiga yo’l qo’yib berishni Amerika osonlik bilan qabul qilmaydi.

3 – Shunga ko’ra demak Amerika yo slanets neft qazib olish sarf-xarajatlarini kamaytirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish uslublariga o’tishi kerak – chunki o’shanda slanets neft qazib olish hozirgi neft narxlari tushishi sharoitida ham foyda keltiradigan bo’lib qoladi – bu esa oson ish emas. Ayniqsa neft narxi tushishda davom etaveradigan bo’lsa bu ish oson bo’lmaydi. Neft narxining tushishi esa hali to’xtamagani ko’rinib turibdi. Chunki 2015 yil 7 yanvarda narx bir barreli uchun 50 dollardan ham pastlab ketgani haqida xabar tarqaldi… Yoki Amerika Saudiyani bevosita nishonga olish yo’liga o’tishi kerak. Bunda Amerika Saudiya uchun ba’zi muammolarni keltirib chiqaradi va uning byudjetidagi kamomadni tobora ko’payadigan qilib qo’yadi. Natijada Saudiya neft qazib olishni kamaytirishga majbur bo’ladi va ana shundan keyin neft narxi oshadi… Yoki Amerika Britaniya uchun Yaman va Liviyada muammolar keltirib chiqarishni kamaytirish yo’lini tutishi kerak bo’ladi. Buning evaziga Britaniya Saudiyaga bosim o’tkazadi, natijada Saudiya neft qazib olishni kamaytiradi va ana shundan keyin OPYeK ham uni kamaytiradi, natijada neft narxi yana ko’tarila boshlaydi… Bu uch variantdan har qaysisi uchun ba’zi bir rejalar balki til biriktiruvlar kerak bo’ladi… Shunga ko’ra demak neft narxlarining tushishi muammosi talashib-tortishish o’rni bo’lib qolaveradi. Kuchlar o’rtasidagi kurash natijalariga qarab yoki kapitalizm tariqatidagi o’rtacha (murosasoz) echim bitimlariga qarab bir pasayib, bir ko’tarilib turaveradi…

Beshinchi: Xalqaro siyosat depsinish va larzaga tushishda davom etmoqda. Chunki endi bir krizisdan qutuldim deguncha boshqasiga tutilmoqda. Bularning barchasi olamda hukm surayotgan kapitalizm nizomining fasodligi oqibatida kelib chiqmoqda. Chunki bu nizom xalqaro krizislar uyasidir. Buning oqibatida xalqaro nizom, ayniqsa odamlar tang hayotga duchor bo’lmoqda… Bu fasod, baxtsizlik, fasod tarqatish, mashaqqatlarning barchasi – modomiki kapitalizm nizomi hukm suraverar ekan – davom etaveradi. Bu krizislarga faqat Alloh O’z bandalariga farz qilgan Rabboniy nizom maydonga kirib kelsagina chek qo’yiladi. U roshid Xalifalik nizomidir. Zero Xalifalik o’z soyasidagi barcha odamlarga adolat va xotirjamlikni olib keladi:

 ﴿وَيَقُولُونَ مَتَى هُوَ قُلْ عَسَى أَنْ يَكُونَ قَرِيبًا﴾

«Va sizlar Alloh bilan birga yana boshqa biron iloh bor, demanglar! Albatta men sizlar uchun U Zot(ning azobi)dan ochiq ogohlantirguvchidirman» [Isro 51]

16 robiul-avval 1436h

7 yanvar 2015m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.