Oligarxlar pul berdi, rubl ko’tarildi

380
0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin oligarxlardan har kuni bir milliard dollar talab qilganidan keyin rublning qadri biroz ko’tarilganligi kuzatildi.

Rossiya rublining qadri misli ko’rilmagan darajada pasayib ketgan “qora seshanba” haftasining oxirida prezident Putin qirqqa yaqin oligarxlarni to’plab pul so’ragan edi. Uning bu ishi biroz foyda keltirdi. Dushanba kuni valyuta bozorida rublning qadri ko’tarilib, 1 dollar 56 rublga baholandi. O’tgan hafta 1 dollar 70 rublga baholangan edi.

31 dekabrdan boshlab 12 kun davom etadigan yangi yil ta’tilidan keyingi vaziyat uchun reja ishlab chiqqan Putin neft narxlarini uzoq vaqt past bahoda qolmasligini hisobga olgan holda, iqtisodni ko’tarish uchun 2008 yilgi inqirozdan chiqish modelini amalga oshirishga qaror qildi. Rejaga ko’ra, Rossiyaning etakchi banklariga sarmoyalarni 10 foizga orttirish uchun bir tirillion rubl (taxminan 16,5 milliard dollar) pup tikiladi. Bu ulkan miqdordagi pulning katta qismini asosan davlat shirkatlariga arzon va qulay muddatli kreditlar sifatida taklif qilinadi.

Moskva hukumati, markaziy bank, moliya vazirligi va oligarxlar birlashib inqirozga qarshi kurashish borasidagi Putin tuzgan bu rejaning oqsoq tarafi ham bor. Rossiyaning valyuta zaxirasi 400 milliard dollar atrofida bo’lishiga qaramay, xususiy shirkatlarning to’plangan tashqi qarzlari 600 milliard dollarga teng keladi. Shu sababli berataf iqtisod ekspertlari bu rejaning doimiy echimga emas, balki psixologik ta’sir ko’rsatishga qaratilgan deya baholashmoqda.

Ayni paytda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I agar ehtiyoj tug’ilsa Xitoy hukumati Rossiyaga iqtisodiy jihatdan yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. Chunki Pekin Moskvaning iqtisodiy muammolarni engib o’tishiga ishonadi.

Xitoy tashqi ishlar vaziri rasmiy “China Daily” gazetasiga bergan intervyusida Pekin-Moskva bir biriga doim ko’makdosh bo’lib kelganligiga ishora qilar ekan, “Agar Rossiya taraf uchun ehtiyoj tug’ilsa biz imkoniyatimiz boricha kerakli yordamni etkazib beramiz”, dedi.

Turkiston:

Putin Rossiyaning boshiga tushib borayotgan krizisni, go’yoki moliyaviy vaqtinchalik muammolardek ko’rsatishga urunmoqda. Aslida bu, uzoq muddat davom etib kelayotgan iqtisodiy krizis. Bu sun’iy krizis, xuddi SSSRni qulatishdagi strotegiya asosida olib borilgan xarakatlarni eslatadi. Sovet xukumati xam xuddi Putinning rejimi singari, ishlab chiqarishni davlat nazorati ostida, mutloq xalaj xolatiga etib borguncha ushlab turgan edi. Byudjetini xam Rossiyaning xozirgi xolati kabi, neft va gazni xom ashyo sifatida sotish bilan to’ldirar edi. Unda xam xuddi xozirgi, AQShning qo’l ostidagi Saudiya davlati va OPYeK tashkiloti a’zolari, dunyoda neftni narxini pasaytirish bilan, SSSRni parchalanishiga asosiy sababchilardan bo’lishgan edi. Tarix qaytarilayotgandek. Lekin xozirgi Rossiyaning xalqaro siyosatda xam, o’z ta’siri ostidagi davlatlar orasida xam, SSSRning vaznidek ta’siri qolgan emas. Uning boshiga tushib borayotgan krizis xam, shu kunning ba’zi sabablari yoki xolatlaridan kelib qolgani yo’q. Bu Putinning qariyb boshqaruv tizginini o’z qo’liga olganidan boshlangan. Bugungi Rossiyaning xolati esa, G’arb tomonidan Putin uchun qo’yilgan tuzoqning tortilishi bo’ldi desak to’g’ri bo’ladi. Tuzoq, tashqi investitsiya va moliyavik ko’maklar bilan kirib keladigan xar qanaqangi vaqtinchalik moddiy manfaatlar ko’rinishida bo’ladi. Yuqoridagi Xitoyning moliyaviy ko’mak taklif qilishi esa, Rossiyaning o’ta tubanlashib borayotganiga dalolat qiladi. Bu, Putinni milliy ishlab chiqarishga beparvo qilib qo’yish maqsadida olib boriladigan amaliyotlar xisoblanadi.

Putinning yuqoridagi moliyaviy ko’mak so’rashi, ichki yoki tashqi quvvatlardan farqi yo’q, faqat vaqtinchalik nafas olib olish imkoniyatini beradi xalos.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.