MXX xorijda ham O’zbekiston fuqarolarini ta’qib qilmoqda

77
0

O’zbekiston milliy xavfsizlik xizmati (MXX) jorijda ham, xususan Rossiyada O’zbekiston fuqarolarini ta’qib qilmoqda. Rossiyadan vataniga qaytgan o’zbek mehnat muhojirlarini MXX xodimlari darhol tergovga chaqirishi odatga aylangan. Ulardan xorijda kim bilan birga bo’lganligi, qaerlarga borganligi va qaysi masjidda namoz o’qiganligi obdon so’raladi.

Olingan ma’lumotlarga ko’ra, hozirda 3,5 million o’zbekistonlik ish izlab Rossiyaga ketgan. O’zbek mas’ullari biometrik pasport olishni bahona qilib yoki mehnat muhojirlarining oila a’zolariga bosim o’tkazish yo’li bilan ulardan ba’zilarini O’zbekistonga qaytishga majbur qiladi. Ular vatanlariga qaytgach, MXX tarafidan xos suhbatga chorlanadi. Suhbat chog’ida MXX Rossiyadagi josuslari yordamida olingan ma’lumotlarga tayanib, ularning kimlar bilan yurganligi va qaysi masjidga borib namoz o’qiganligini aytib beradi.

Inson huquqlari faoli Abdussalim Ergashov O’zbekistondan kelgan josuslar rus hamkasblari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirayotganini va iloji boricha har bir mehnat muhojiri ortidan kuzatuvni orttirish ilinjida ekanligini bildirdi.

“Keyingi paytlarda Rossiya va O’zbekiston maxfiy xizmatlari bu sohada hamkorlikni kuchaytirishdi. Bizga etib kelgan ma’lumotlarga ko’ra, Moskvadagi masjidlarda maxfiy kameralar o’rnatilgan. Namoz o’qish uchun kelganlar kamera qaydiga tushib qoladi. So’ngra ikki davlat josuslari o’zlaridagi ma’lumotlarni o’rtoqlashadi”, deydi inson huquqlari faoli.

Kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin O’zbekistonga safar qilib prezident Islom Karimov bilan uchrashganda o’rtadagi asosiy mavzu “radikal Islom”ga qarshi kurash haqida bo’ldi. Vaziyat toboro beqarorlashib borayotgani va shuning uchun tahdidlarga qarshi birlashib javob qaytarish lozimligini bildirgan Karimov Putindan bu borada yordam so’radi.

“Tobora kengayib borayotgan terrorizm, jangari ekstrimizm, radikalizm tahdidi, shubhasiz, Markaziy Osiyo mintaqasida o’zining bevosita yoki bilvosita in’ikosini topmoqda. Rossiyaning Markaziy Osiyodagi hozirligi, shubhasiz, tinchlik, xavfsizlik va mustahkam taraqqiyotni ta’minlashning, tajovuzkor narkotrafik, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va boshqa muammolar yo’lini to’sishning muhim omili hisoblanadi”, “Rossiya O’rta Osiyodagi barqarorlik uchun kafil bo’la oladi. Radikal Islomga qarshi kurashda bizga yordam beradi”, dedi Karimov uchrashuvdan so’ng bergan bayonotida.

O’z navbatida Vladimir Putin ham mintaqaning yirik davlati bo’lgan O’zbekiston Rossiyaning muhim hamkorlaridan biri ekani va Rossiya mintaqadagi vaziyatga befarq qaramasligini bildirdi.

Turkiston:

Rossiya O’zbekistonga bosim berish richaglaridan deyarli maxrum bo’lgan. Xatto migrantlar muammosi xam xozir O’zbekistondan ko’ra ko’proq Rossiyaning muammosi bo’lib borayapti. Demak Rossiya O’zbekistonga siyosiy, iqtisodiy, saqofiy, xarbiy yoki boshqa bir tarmoq orqali bosim qila olmaydi. Putin Karimovni rozi qilish uchun, bir necha o’n yil mobaynida, O’zbek rasmiy ayg’oqchilari uchun o’z xududini keng ochib berish va kerak bo’lsa ular bilan birga maxfiy xamkorlik ishlarini olib boradi. Bu Rossiyada yuzlagan musulmonlarni g’oyib bo’lib qolishlari, so’ng ular O’zbek qamoqxonalarida paydo bo’lib qolishlarida yaqqol namoyon bo’ladi. Shularning xammasi faqat Karimovni rozi qilish yoki ba’zi ra’ylariga uni rozi qilish maqsadida olib boriladi. Masalan Putin O’zbekistonning 900ming dollor qarzini kechib yubordi. Lekin bu qarz faqat simvolik xujjatlarda yozilgan bo’lib, Karimov bu pullarni to’lash niyati xam yo’q edi.

Putin O’zbekistonga tashrif buyurganida, bosimni terrorizm xavfi va uni bartaraf etish muammosiga qaratdi. Rejimning bu qiziqishi, avvalo O’zbekiston shu yili ShOS tashkilotida terrorizm masalasida etakchilik qilib borayotganidan deb qaralsa xam, aslida Rossiyani o’zi uchun boshpana qilib olishdi deb gumon qilingan o’zbek siyosiy qochqinlari mavjudligidan va ular ertami kech albatta o’z yurtiga qaytishlari mumkinligidan kelib chiqadigan xavotirga borib taqaladi. Ular Rossiyada erkin da’vatlar olib borib, o’zbek rejimi uchun juda katta islomiy siyosiy muammolar olib kelish xavfi bor deb gumon qilishadi. Shuning uchun xozirda Rossiyadan O’zbekistonga qaytayotgan fuqorolarini birma bir qattiq tekshir va xatto ular aloqa qilgan shaxslarni xam aniqlashga urunish ishlari kuchaytirilgan.

Demak Rossiya va O’zbekiston xamkorligi davom etadi. Ular nafaqat islomiy shaxsiyalarni balki o’zlari uchun noqulay bo’lgan shaxslarni xar xil yo’llar bilan izolyatsiya qilish ishlarini olib borishadi. Lekin bu amaliyotlar, e’tibor berayotgan bo’lsanglar bir tomonlama, faqat O’zbekiston uchun noqulay shaxslarni jismonan yo’q qilish bilan borayapti. Masalan Qirg’izistonda Rofiq qori Kamolov, jurnalist Alisher Soipov otib o’ldirilishdi. Shvedtsiyada Obid qoriga suiqasd qilindi. Turkiyada esa Abdullox Buxoriy otib o’ldirildi. Roshod qori Kamolovga suiqasd qilish maqsadida kelgan deb gumon qilingan shaxs qo’lga olindi va sud xukmi bilan aybdor deb topilib qamaldi. Abduvali qori mutlaqo yo’q qilib yuborildi. Rossiyada yuzlagan O’zbekistonlik Xizb ut Taxrir a’zolari bo’lgan musulmonlar be’tayin yo’q qilib yuborilgan bo’lsa, yana shunchasi O’zbek qamoqxonalarida paydo bo’lib qolishdi.

Bularning barchasi – e’tibor bering – Rossiyaning yordami bilan va faqat Karimovning rejimining manfaatlari uchun amalga oshirilib kelyapti. Bu qotilliklar, faqat shu amaliyottlarga ruxsat berayotgan davlat raxbarlarining roziligi bilan amalga oshirilib keladi. Masalan Rofiq qori Kamolovni va Alisher Soipovni, Qirg’izistonni o’sha vaqtda boshqarib kelayotgan Bakiev rejimining Rossiyaga tuxfa sifatida berishi va O’zbekiston xavfsizlik kuchlari uni o’ldirib ketishlari, yuqoridagi Putinni Karimovga qotillik yo’llarini ochib beradi degan fikrimizga dalil bo’la oladi. Abdullox Buxoriyning qatli xam xuddi shu pocherkni eslatadi. Faqat qotillik Turk xukumatining Rossiya boshchisiga qilgan tuxfasi asosida amalga oshirilganga o’xshaydi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.