Qirg`iziston prezidenti Almazbek Atambaevga

400
0

Qirg`iziston prezidenti Almazbek Atambaevga

hizb ut-Tahrir siyosiy hizb sifatida faoliyat boshlaganiga 60 yildan o`tib, bugungi kunda u dunyoning ellikdan ortiq davlatlarida faoliyat olib bormoqda. hizb o`z faoliyatini ilk davridan boshlab butun insoniyatney zalolatdan nurga, kufrdan Islom diniga chaqirib kelmoqda. O`z faoliyati davomida hizb jamoasi Allohning Keitobi va payg`ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallam Sunnatlaridan qilcha ham og`ishmadi va bu yo`lda zolimning zulmi, malomatchining malomatiga e`tibor bermay harakat qilmoqda. Albatta, bunga Allohning rahmati va marhamati sababdir.

 Hurmatli prezident, Siz Arabiston yarimoroli bo`ylab safar uyushtirayotganiz va Saudiya Arabistoniga qilgan tashrif doirasida Umra ziyoratini ado etganizdan habarimiz bor. Alloh Taolo barcha qodir bo`lgan musulmonlarga umri mobaynida Haj va Umra ibodatini ado etishni farz buyurgan. Kim holislik bilan bu ibodatlarni bajarsa savobga ega bo`ladi, ado etmasa gunohkor bo`ladi, agar inkor qilsa kofir bo`ladi.

 Sizdan oldin ham ko`plab davlat rahbarlari Saudiya Arabistoniga safar qildi. Ularni ichidan Umra va Haj ibodatlarini ado etganlari ham, Umra yoki Haj qilish u yoqda tursin, peshonasini sajdaga qo`ymay qaytib kelgan davlat rahbarlari ham bo`ldi. Shubhasiz, har bir inson o`z amali yoki bajarishi vojib bo`lgani holda vazifalarni ado etmagani uchun Alloh oldida javob beradi.

 Biz Sizni safdoshlaringiz bilan Umra ibodatini ado etganingizni ko`rdik. Biz Sizni Umra ibodatini ado etganingiz bilan tabriclaymiz!

 Muqaddas Ka`baga yuzlanib o`qigan namozlaringiz, yaxshi niyatlar bilan qilgan duolaringiz va barcha yaxshi amallaringiz hamda holis niyatlaringizni Alloh qabul qilsin, Omin.

 Yana Sizga shuni aytib o`tamiz, musulmon shaxs Haj qiladimi, Umra qiladimi va yoki ibodat qiladimi, uning bu ibodatlari Alloh nazdida qabul bo`lgani yoki bo`lmagani u insonning keyingi amallaridan bilinadi. Biz Sizga faqat yaxshilik tilaymiz, zero yaxshilik faqat Islomdadir.

 Alloh Taolo aytadi:

“Ular Menga ibodat hiladilar va Menga biron narsani sherik qilmaydilar. Kim mana shu (va`da)dan keyin kufroni (ne`mat) qilsa, bas ular fosiqlardir” [Nur: 55]

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.