Qirg’iziston hukumatini Islom va musulmonlardan atayin qo’rqitish kampaniyasi olib borilmoqda

394
0

Qirg’iziston hukumatini Islom va musulmonlardan atayin qo’rqitish kampaniyasi olib borilmoqda

Prezident Almazbek Atambaev bosh bo’lgan Qirg’iziston siyosiy doirasi “Islom davlati” kabi islomiy tashkilotlardan vahimaga tusha boshladi. Bu qo’rquv tarqatish kampaniyasi Qirg’izistondan tashqari xalqaro siyosatga aloqador bo’lib, ichkarida ham ba’zi siyosiy arboblar tomonidan ilgari surib kelinmoqda.

Qirg’iziston rejimi Suriyadagi inqilobiy harakatlarga qarshi AQSh tomonidan olib borilayotgan vahima tarqatish kampaniyasi atayin Islom va musulmonlarga qarshi musulmonlar yurtlarini salbiy harakatlar olib borishga jalb qilish maqsadi sari yo’naltirib borishayotganidan qisqacha bo’lsa ham xabardor bo’lishlari kerak. AQSh ochiq Turkiyani urushga tortayotgani, Turk hukumati o’z navbatida urushga majburlanishayotganlari va ular buni rad etib borayotganlari haqida bir necha bayonotlar berishdi. Shuningdek, AQSh qolgan islomiy o’lkalarni ham Islomiy harakatlarning barchasiga qarshi o’zi bilan elkama-elka turib, keskin munosabatda bo’lishga chaqira boshladi.

Aslida esa Qirg’iziston yurtida hokimiyatga Islom va musulmonlar tomonidan hech qanday tahdid yo’q va avval ham bo’lgan emas! Bu sun’iy uyushtirilgan vahimalar o’z manfaatlari yo’lida vaqti vaqti bilan ba’zi bir kuchlar tomonidan ilgari surib kelingan. O’sha kuchlar hokimiyatni ekstremistik harakatlar bilan tortib olishayotgan vaqtlarda davlat bir necha oylar mobaynida siyosiy bo’shliq holatida qolib ketgan edi. Vaziyatdan foydalanib, yurtni bosib olish uchun birorta islomiy harakat tomonidan hatto tashviqot amaliyoti bo’lganligi haqida hatto birorta ham hujjat yo’q.

O’timishda o’z hokimiyatlarini saqlab qolishga intilgan, musulmonlar tomonidan kutilayotgan vahimalar bilan dunyoga jar solgan, rejimlarini saqlab qolishga urinib, o’nlagan musulmonlarni hibsga olib, ba’zilarini qatl ettirgan Akaev va Bakiev rejimlari quladi. Lekin ular ilgari surgan musulmonlar to’g’risidagi vahimalarining birortasi o’z tasdiqini topmadi. Hozirgi kunda ham davom etayotgan, o’zlarining omadsizliklarini musulmonlar bilan yopish ilinjidagi harakatlar na Putinni va na Atambaevni saqlab qola olmaydi. Xuddi Akaevni ham, Bakievni ham saqlab qola olmaganidek.

Shundan kelib chiqib ayta olamizki, Atambaev musulmonlarga qarshi harakat boshlamoqchi bo’layotganida ulardan qo’rqqanidan yoki Karimov singari shaxsiy g’arazidan kelib chiqib harakatlanmaydi. Balki Qirg’iziston davlatining o’ta zaiflashib borayotganidan, Rossiya singari katta davlatlarga o’ta qattiq tobe’ bo’lib qolganidan ularni rozi qilish maqsadida ish olib boradi. Atambaev musulmonlarning agressivligi, faqat ularni provokatsiya qilish bilan kuchayishini yaxshi biladi. Lekin u ham Akaev va Bakiev singari musulmonlarni katta kufr davlatlari bilan bir bo’lib, xorlashga harakat qilib ko’rish haqida fikrlay boshladi. Kimlardir uning atrofida, unga maslaxatchi bo’lib olib rejimni kuchaytirishning birdan bir yo’li shu deb, Karimovning tariqatini taklif qilmoqda. Ular musulmonlarni tek turgan holatlaridan qo’zg’atib, ularning ayollarini qamab, qizlarini ro’molini echib, hijobga qarshi kurashib o’zlariga qarshi yo’naltirishmoqchi. Agar bular Karimovning yo’lidan borishsa, 16 fevral voqeasi singari qo’poruvchilik stsenariysini ham amalga oshirishadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qirg’iz hukumati “Din sohasida 2014-2020 yillarga mo’ljallangan davlat siyosati” kontseptsiyasini ishlab chiqdi va davlatni dinga va dindorlarga bo’lgan munosabatini belgilab beruvchi ishchi guruhini tashkil etib, davlat xavfsizlik qo’mitasining 2014 yil 3 oktyabr kungi majlisida komissiya tuzdi. Ular hozirgi kunda Qirg’iziston bo’ylab ish olib borishmoqda.

Qirg’izistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir nomidan prezident Atambaevga shuni eslatib o’tamiz!

Siz boshqarib turgan Qirg’iziston xalqi siz uchun omonat. Kufr olami shu mintaqada notinchliklar paydo qilmoqchi. Chunki Qirg’iziston ular uchun strategik ahamiyatga ega bo’lgan mintaqa bo’lib qoldi. Siz bundan bexabar bo’lmasangiz kerak?

Ular sizni xato yo’l qo’yish orqali o’z fuqorolaringizga zulm qilib, musulmonlarni ular topgan har xil atamalari asosida toifalarga bo’lib berishingizni kutishayapti. Bu mustamlakachi kuchlar Afg’oniston, Vetnam, Iroq, Suriya… va boshqa davlatlarni huddi shu tariqa urush holatiga olib borishgan. Bu xato Siz uchun ham, Qirg’iziston xalqi uchun ham juda katta ofatlar olib kelishi mumkin.

Sizni atrofingizdagi maslaxatchilaringiz ham, tashqaridagilari ham Qirg’iziston xalqi manfaati haqida zarracha qayg’urishmaydi. Ular biz kabi xalq ichida emasligidan hatto holatga to’g’ri baho bera olishmaydi ham. Biz sizni hech bo’lmaganda musulmonlarni himoya qilish haqida fikrlashga chaqiramiz. Negaki Qirg’iziston hozirda Islom davlatini tiklash uchun yaroqli davlat emas. Demak, musulmonlarga zulm kuchayib, unga qarshi kurashish vojib bo’lib qoladigan sharoitlar yaratilib qo’yilmasa yoki kufr sistemasi tomonidan atayin uyushtirilmasa musulmonlardan xavf-xatar bo’lmaydi.

Sizni kufr manfaatlariga xizmat qilishdan ehtiyot bo’lishga, aksincha Olloh va uning Rosuli tarafida Islom va musulmonlar manfaatiga xizmat qilishga chaqirib qolamiz.

Tamim ibn Avs Doriydan rivoyat qilingan hadisda, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:

“Din bu nasihatdir. Kim uchun? – deb so’radik biz. Alloh uchun, Uning kitobi uchun, Rasuli uchun hamda musulmonlarning rahbarlari va ommalari uchun!” – deb javob berdilar.

Xizb ut Taxrirning Qirg’iziston matbuot bo’limi raisi.

21.11.2014.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.