Obama maxfiy qaror bilan AQSh qurolli kuchlarining Afg’onistondagi vakolatini kengaytirdi

424
0

 

“New York Times” gazetasining AQSh mudofaa vazirligi va kongressdagi manbaalariga tayangan holda xabar qilishicha, AQSh prezidenti Barak Obama avval erishilgan kelishuvlarga qaramay, yangi maxfiy qarorni imzoladi. Mazkur maxfiy qaror amerikalik harbiylarni Afg’onistondagi ishtirokini bir muncha kengaytiradi hamda mamlakat hududida harbiy amaliyotlarda bevosita ishtirok etishga ruxsat beradi.

Xususan, maxfiy qaror Amerika harbiy bo’linmalariga AQSh qurolli kuchlari yoki Afg’oniston hukumatiga tahdid tug’diruvchi “Tolibon” harakati va boshqa qurolli guruhlarga qarshi harbiy amaliyotlar olib borishga ruxsat beradi.

Gazetaning belgilashicha, qabul qilingan yangi qaror, prezident Barak Obama bahorda Afg’onistondagi AQShning harbiy ishtirokini to’xtatishni e’lon qilganidan ko’ra keng ko’lamli yangi missiya hisoblanadi.

Shuningdek yangi qaror afg’on havfsizlik kuchlari amalga oshiradigan turli harbiy amaliyotlarda AQSh aviatsiyasi, dron va bombardimonchi samoliyotlaridan foydalanishga imkon beradi.

2014 yilning may oyida Barak Obama, 2016 yilning oxiriga qadar Afg’onistondan AQShning barcha qo’shinlari olib chiqib ketilishi kerakligini e’lon qilgan edi. Jumladan, Obama joriy yilning oxiriga qadar Amerika qo’shini soni 32 mingdan 9,8 mingtagacha qisqartilishi, keyingi yilni oxiriga esa bu tarkib yana ikki hissa kamaytirilishi va qoladigan (9,8 ming) askar ham “Al-Qoida bo’linmalari qoldiqlarini” tugatish va mahalliy xavfsizlik kuchlarini tayyorlash uchun qoldirilishi haqida ma’lum qilgan edi.

“New York Times” gazetasining ma’lum qilishicha, AQSh harbiylari vakolatini kengaytiruvchi mazkur qaror, “prezident ma’muriyati ichida tushunmovchiliklarga olib kelgan ikki istak: Obamaning Iroqdagi urishni tugatish hamda Pentogonning AQSh qurolli kuchlariga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli tugatishga imkon berish da’vosi bo’yicha uzoq va qizg’in davom etgan baxslar natijasida” qabul qilindi.

Maqolada qayd etilishicha, “xavfsizlik masalalari bo’yicha yuqori martabali maslahatchilar ishtirokida Oq uyda bo’lib o’tgan kengashda Obamaning qabul qilgan qaroriga uning ayrim yordamchilari e’tiroz bildirishdi. Ularga ko’ra, kelasi yili Afg’onistonda qoladigan harbiylarni “Tolibon” harakati bilan to’qnashuvlarga tortish orqali xavf-xatarga qo’yish kerak emas va ularni amaliyotlarda ishtirok etishi cheklanishi kerak”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.