Duodagi moddiy ta’sir to’g’risidagi savolga javob

531
0

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fikriy)

 ابو عبدالله خلفning duodagi moddiy ta’sir to’g’risidagi savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, aziz shayx hazratlari! Duoi salomdan so’ng, mening duo masalasida adashgan narsamni topishimga yordamlashsangiz, degandim. Qur’oni Karimda Alloh duo qilgan kishining duosini ijobat qiluvchi ekani aytilgan. Sunnat ham bizga duo tezda yo kelajakda yoxud dunyo yo oxiratda eng yaxshi narsa bilan mustajob bo’lishini bayon qilgan. Hizb «Hizb ut-Tahrir tushunchalari» kitobida duo ruhiy qiymatni ro’yobga chiqarishi, lekin uning ta’siri va natijalari ya’ni savob his qilinmasligini bayon qilgan. Savolim, qanday qilib duoning ta’sirlarini faqat savobga cheklash mumkin, Alloh duoni bu dunyoda ham ijobat qilishi mumkinku? Sizga Alloh barakot ato etsin!

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Chamasi, siz «mafohim» kitobining 57 va 58 sahifasida kelgan so’zlarga ishora qilayotgan va bu mavzuni tushunolmagan ko’rinasiz. Masala quyidagicha:

Ikkala sahifada duo haqida va uning his qilinmaydigan natijani ya’ni savobni ro’yobga chiqarishi to’g’risida kelgan so’zlar muayyan holatdagi ma’noda kelgan. Ya’ni shar’iy nususlar biron masalani ijro etish tariqatini bayon qilgan bo’lsayu lekin biz bu tariqatga amal qilmay balki faqat duo qilish bilangina kifoyalanib qolgan holat ma’nosida kelgan. Kitobda biror qal’ani fath qilish yoki dushmanga qarshi jang qilishda jihod bilan duo qilish misol keltirilgan.

Bundan boshqa holatda esa duodan his qilinadigan natija kelib chiqadi, insha Alloh. Bunga qo’shimcha, savolingizda kelgan Rosululloh Aning hadislariga ko’ra, savob ham amalga oshadi.

Bu ish ravshan bo’lishi uchun mafohimning 57 va 58 sahifasida kelgan matnni ham keltirmoqchiman:

1 – 57 sahifa boshlarida bunday keladi: «Tariqatga taalluqli shar’iy ahkomlar dalolat qilgan bu amallarga diqqat bilan qaragan odam ular his qilinmaydigan natijani yuzaga chiqaradigan amallar emas, balki his qilinadigan natijalarni yuzaga chiqaradigan moddiy amallar ekanini ko’radi».

Bu to’g’ri, chunki dalillar o’rganilsa, tariqat bilan bog’liq amallar his qilinadigan natijalarni haqiqatdan ham ro’yobga chiqarishi ma’lum bo’ladi.

2 – Keyin kitobda qal’a yo shaharni fath qilish yoki dushmanni o’ldirish holatida duo bilan jihod o’rtasi birlashishi lozimligi aytilib, duo qilishning o’zi tariqat emasligi, balki bunday holatda tariqat jihod bo’lib, bu qator dalillarga asoslangani bayon qilingan.

Mafohimda bunday keladi: «Masalan, duo ruhiy qiymatni ro’yobga chiqaradigan amaldir. Jihod ham ruhiy qiymatni ro’yobga chiqaradigan moddiy amaldir. Lekin duo moddiy amal bo’lsa-da, his qilinmaydigan natija, ya’ni savobni yuzaga chiqaradi, garchi duo qiluvchining maqsadi ruhiy qiymatni ro’yobga chiqarish bo’lsa ham».

Bu erda dushmanlarga qarshi jang qilinayotib yoki biror qal’ani fath qilinayotib albatta duo ham, jihod ham birga bo’lishi aytilyapti.

Qachon faqat duoning o’ziga amal qilinsa, his qilinmaydigan natija, ya’ni savob ro’yobga chiqadi. Chunki bu holatda kelgan tariqat jihoddir, duo emas, zero, bu erdagi mavzu, biror masalada bayon qilingan tariqatga amal qilmasdan duoning o’ziga amal qilinib qolinsa, albatta ikkalasi o’rtasini birlashtirish lozimligi mavzusidir.

Shuning uchun his etiladigan natijalarda ta’siri bo’lmagan duoni bu holatda umumiylashtirish joiz bo’lmaydi. Chunki bu holatdagi duo faqatgina savobni ro’yobga chiqaradigan duodir. Zero, oldingi matnda kelgan narsa Shariatda o’zining amaliy tariqati kelganu lekin uni olinmay uning o’rniga faqat duo olinib u bilangina kifoyalanib qolingan, natijada duoning his qilinmaydigan natijasi, ya’ni savobgina bo’lgan masalaga taalluqlidir.

Chamasi, sizga yuqorida misol sifatida keltirilgan jumlaning o’zi tushunarsiz bo’lganga o’xshaydi, chunki unda «Lekin duo moddiy amal bo’lsa-da, his qilinmaydigan natija, ya’ni savobni yuzaga chiqaradi», deyilgan va bu bilan ayni jumladan umumiy bo’lsa kerak, degan gumon kelib chiqqan, boshqacha ibora bilan aytganda, duo hamma holatlarda faqat his qilinadigan natijani, ya’ni savobni ro’yobga chiqaradigan bo’lib qolgan. Holbuki, bu misol oqimi muayyan holatga taalluqli bo’lib, biror qal’ani fath qilish yoki dushmanni tor-mor etishda faqat duo qilib, nususda kelgan tariqatga, ya’ni jihodga amal qilmaslik haqidagi misoldir.

3 – Endi, sabablarga amal qilgan holda duo qilishga kelsak, uning natijalarga ta’siri bor, albatta. Bu Rosululloh A va sahoba Glarda shunday bo’lgan. Zero Rosululloh A jihodga qo’shin tayyorlardilar va chodirga kirib duo qilardilar. Qodisiya jangida musulmonlar ham Nahrga bostirib kirgani tayyorgarlik ko’rganlar, Sa’d r.a. Allohga yuzlanib duo qilganlar. Shu tarzda sodiq-rostgo’y mo’minlar avval tayyorgarlik qilishar, so’ngra duoga kirishar edilar. Rizq izlab harakat qilgan kishi ham duo qilgan holda mehnat va mashaqqat sarflaydi, ilm tolibi ham Alloh subhanahudan zafar tilagan holda bilim oladi va harakat qiladi, bularning natijasi Allohning izni ila amalga oshadi.

Mafohimda bunday deyilgan: «Biroq shu narsa ma’lum bo’lishi lozimki, garchi tariqatga dalolat qilgan amal his qilinadigan natijaga ega bo’lgan moddiy amal bo’lsa-da, bu amal Allohning amru nahiylari asosida yuritilishi va uni Allohning amru nahiylari asosida yuritishdan Allohning roziligi ko’zlanishi lozim. Shuningdek, musulmonning zehnida Alloh Taologa aloqadorlikni idrok qilish hukmron bo’lmog’i zarur. Toki u Allohga Qur’on tilovat qilish, namoz, duo va shu kabi amallar bilan yaqin bo’lsin. Musulmon g’alaba Alloh tomonidan keladi, deb e’tiqod qilishi lozim. Buning uchun qalblarda Allohning ahkomlarini ijro qilish uchun mustahkam o’rnashgan taqvo bo’lishi zarur. Shu bilan birga duo qilish, Allohni zikr qilish zarur va barcha amallarni bajarish paytida Alloh bilan doimiy suratda bog’lanish ham zarur». Bundan ko’rinib turibdiki, mo’minning hamma amallarida duo bilan sabablarga amal qilish tengma-teng olib borilmog’i muhimdir. Zotan, «لا بد zarur», degan so’z bilan ushbu muhimlik yanada kuchayib, hamma amallar duo bilan birga bo’lishi va Allohga doimiy bog’lanishi juda muhimligiga dalolat qilmoqda.

4 – Yuqorida aytganimizdek, Rosululloh A bilan sahoba Glar qilib kelganidek duoga qachon sabablar bilan birgalikda amal qilinsa, ikkalasidan albatta his qilinadigan natija kelib chiqadi, insha Alloh. Ikkalasini birga ishlatish Islom tariqatiga zid emas, aksincha, islomiy mafkurani amalga oshirish uchun nususlarda bayon qilingan tariqatni tashlab, faqat duo qilish bilan cheklanishning o’zi Islom tariqatiga ziddir.

Mafohimda 57 sahifa oxirlari, 58 sahifa boshlarida bunday deyilgan: «Shuning uchun Islom fikratini ijro qilish ko’zlanadigan barcha amallar his qilinmaydigan natijani yuzaga chiqaradigan amallardan iborat bo’lishi butunlay inkor qilinadi va bu Islom tariqatiga zid deb hisoblanadi».

Ya’ni Islom fikratini ijro qilish ko’zlanadigan barcha amallar his qilinmaydigan natijani yuzaga chiqaradigan amallardan iborat bo’lishi Islom tariqatiga zid, demakdir. Biroq amallarning ayrimlari his qilinmaydigan natijalarni (muayyan holatlarda duo qilishni) ro’yobga chiqarishi, ba’zilari esa his qilinadigan natijalarni (moddiy tayyorgarlikni) ro’yobga chiqarishi shariatimizda ma’lum narsa bo’lib, juda ham muhim hisoblanadi, Islom tariqatiga zid hisoblanmaydi.

5 – Shunday qilib, mafohimda duo haqida aytilgan matn ikki holatda bo’ladi:

Birinchi: fikratni ijro qilishda yolg’iz duoning o’zi kelishi fikratni ijro qilish tariqatidan emas, balki nususlar uni ijro qilish uchun boshqa tariqatni keltirgan. Masalan, jangga qo’shin tayyorlamasdan, faqat duo qilish bilan kifoyalanib, biror qal’ani fath qilish uchun dushmanga qarshi jang qilish holati. Bunday holatda duodan his qilinmaydigan natija, ya’ni savobdan boshqa narsa ro’yobga chiqmaydi.

Ikkinchi: Duo bilan birga sabablarga ham amal qilish. Bu juda zarur ish bo’lib, bunday holatda ikkala ish ya’ni duo bilan sabablarga amal qilish ishtirok etib, his qilinadigan natijalar kelib chiqadi, insha Alloh.

Mafohimda boshqa holatlarda duo to’g’risida zikr qilinmagan, balki imom Ahmad o’zining «Musnad»ida rivoyat qilgan ushbu umumiy hadis o’z ichiga olgan narsa kelgan:

«مَا مِنْ مُسْلِمٍ يَدْعُو بِدَعْوَةٍ لَيْسَ فِيهَا إِثْمٌ، وَلَا قَطِيعَةُ رَحِمٍ، إِلَّا أَعْطَاهُ اللَّهُ بِهَا إِحْدَى ثَلَاثٍ: إِمَّا أَنْ تُعَجَّلَ لَهُ دَعْوَتُهُ، وَإِمَّا أَنْ يَدَّخِرَهَا لَهُ فِي الْآخِرَةِ، وَإِمَّا أَنْ يَصْرِفَ عَنْهُ مِنَ السُّوءِ مِثْلَهَا قَالُوا: إِذًا نُكْثِرُ، قَالَ: اللَّهُ أَكْثَرُ، أي يستجيب الله سبحانه للداعي بإحدى ثلاث، ومن بينها إِمَّا أَنْ تُعَجَّلَ لَهُ دَعْوَتُهُ»

«Qaysi bir musulmon bir duo qilsa, duosida gunoh va qarindoshchilikni uzish bo’lmasa, Alloh unga shu duosining evaziga uch narsadan birini beradi: yo duosini tez ro’yobga chiqaradi, yo shu duoni uning oxiratiga olib qo’yadi, yo shu duochalik yomonlikni undan burib yuboradi. Sahobalar: unda duoni ko’paytiramiz, deyishdi. Payg’ambar A: Alloh ko’paytirsin, dedilar». Ya’ni Alloh Subhanahu duo qiluvchining duosini uch narsadan birini beradi. Ularning orasida «yo duosini tez ro’yobga chiqaradi» deb aytilgani bor. Bu esa his qilinadigan natijadir.

6 – Shunga ko’ra, demak, mafohimda zikr qilingan holatdan boshqa ya’ni duoda his qilish mumkin bo’lgan natijalar bor bo’lsa, mazkur hadisda «yo duosini tez ro’yobga chiqaradi» deya zikr qilinganidek his qilinadigan natija ham bor. Darhaqiqat, Alloh muztar-nochor odam qachon duo qilsa, uni ijobat qilajagi to’g’risida O’z oyatlarida bandalariga iltifot ko’rsatdi va bu ijobat qilishni O’zidan boshqa iloh yo’q ekaniga hujjat-dalil darajasiga olib chiqdi. Bularning hammasidan ochiq ko’rinib turibdiki, muztar-nochor odam duosini shu dunyoda ijobat qiladi, chunki oyatdagi «مُضطر nochor» kalimasi muhtoj bo’lingan narsani shu dunyoda so’rash kerakligini anglatadigan mufham vasfdir. Demak ijobat Alloh izni ila his qilinadigan bo’ladi… Alloh Subhanahu bunday deydi:

أَمَّنْ يُجِيبُ الْمُضْطَرَّ إِذَا دَعَاهُ وَيَكْشِفُ السُّوءَ وَيَجْعَلُكُمْ خُلَفَاءَ الْأَرْضِ أَإِلَهٌ مَعَ اللَّهِ قَلِيلًا مَا تَذَكَّرُونَ «Yoki (Allohdan o’zga) kim ham muztar-nochor odam duo qilgan vaqtida ijobat qiladi va mushkulini oson qiladi hamda sizlarni erning xalifasiga aylantiradi?! Alloh bilan birga yana biron iloh bormi?!, kamdan-kam eslatma-ibrat olmoqdasiz» [Naml 62]

Alloh Subhanahu bizga duo qilishni buyurdi va uni ijobat qilishga va’da berdi:

﴿وَقَالَ رَبُّكُمُ ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ﴾

«Robbingiz – Menga duo qiling, sizlarga ijobat qilaman, dedi» [G’ofir 60]

Rosululloh A uch narsadan birini beradi, deya ushbu ijobatni tafsirladilar va bu holatlardan biri his qilinadigan natijadir. Tabiiyki, natijalarning his qilinadigan yo his qilinmaydigan tarzda ro’yobga chiqishi Allohning izni bilan bo’ladi.

Xulosa:

  • Mafohimda kelgan matn izohi quyidagicha:
  1. a) Tariqat his qilinadigan natijalarni ro’yobga chiqaruvchi amallardir;
  2. b) Biror qal’ani fath qilish yoki dushmanga qarshi jang qilish mavzusidagi jihod bilan faqat duo qilish bilangina kifoyalanish o’rtasini solishtirish masalasiga kelsak, bunda duo his qilinadigan natijaga olib bormaydi, balki faqat savobni ro’yobga chiqaradi. Chunki uning faqat bir o’zigina qal’ani fath etish yoki dushmanga qarshi jang qilish tariqatidan emas.
  3. v) Islom fikratini ijro etish ko’zlangan amallarning hammasi his qilinmaydigan natijalarga olib boruvchi amallar bo’lishi durust emas. His qilinadigan va his qilinmaydigan natijalarni ro’yobga chiqaradigan amallar o’zaro qorishgan bo’lishi mumkin. Xuddi Alloh Subhanahuga nusrat so’rab duo qilish bilan birga jangga qo’shin tayyorlash kabi.
  4. g) Musulmon tariqat amallarini bajarayotganda duo qilmog’i juda zarur. Rosululloh A ham, sahoba Glar ham shunday qilganlar.
  • Mafohimda faqat savobga olib boradigan duoni qilish, ya’ni qal’ani fath qilish kabi biror masalada faqat duodangina foydalanish, tariqatga esa amal qilmaslik holati to’g’risida mana shular kelgan. Zotan, tariqatni ya’ni jihod qilishni shar’iy nususlar bayon qilgan.

Endi duoning boshqa holatlariga kelsak, bu Rosulullohning yuqoridagi umumiy hadislariga to’g’ri keladi:

«مَا مِنْ مُسْلِمٍ يَدْعُو بِدَعْوَةٍ لَيْسَ فِيهَا إِثْمٌ، وَلَا قَطِيعَةُ رَحِمٍ، إِلَّا أَعْطَاهُ اللَّهُ بِهَا إِحْدَى ثَلَاثٍ: إِمَّا أَنْ تُعَجَّلَ لَهُ دَعْوَتُهُ، وَإِمَّا أَنْ يَدَّخِرَهَا لَهُ فِي الْآخِرَةِ، وَإِمَّا أَنْ يَصْرِفَ عَنْهُ مِنَ السُّوءِ مِثْلَهَا قَالُوا: إِذًا نُكْثِرُ، قَالَ: اللَّهُ أَكْثَرُ»

«Qaysi bir musulmon bir duo qilsa, duosida gunoh va qarindoshchilikni uzish bo’lmasa, Alloh unga shu duosining evaziga uch narsadan birini beradi: yo duosini tez ro’yobga chiqaradi, yo shu duoni uning oxiratiga olib qo’yadi, yo shu duochalik yomonlikni undan burib yuboradi. Sahobalar: unda duoni ko’paytiramiz, deyishdi. Payg’ambar A: Alloh ko’paytirsin, dedilar». Ahmad o’zining musnadida keltirgan.

Ushbu hadisdan ma’lum bo’lmoqdaki, Alloh Subhanahu duogo’yning hojatini, ya’ni his qilinadigan natijani ba’zan bu dunyoda ro’yobga chiqarar ekan, ba’zan o’sha duochalik miqdorda yomonlikni undan daf qilar ekan yoxud his qilinmaydigan natijasini, ya’ni savobni oxiratga olib qo’yar ekan.

Alloh Subhanahu va Taolo buyuk fazl egasi bo’lib, Rahmon va Rohimdir. U Zot duoni bu dunyoda ijobat qilsa-da oxiratga ham savobini olib qo’yish bilan o’z bandasiga ikrom ko’rsatdi. Alloh Robbul olaminga hamdu sano bo’lsin.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

1 muharram 1436h

25 oktyabr 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.