Xalifalik tiklanganidan keyin ribo mollari haqidagi savolga javob

772
0

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

 سفير الخلافةning Xalifalik tiklanganidan keyin ribo mollari haqidagi savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Boshqaruv va idora jihozlari (apparati) kitobidan Xalifalik davlati tiklanganidan keyin ribo mollariga nisbatan sarmoyalarni o’z egalariga qaytarib berish to’g’risida savol… Savol shuki, riboli mollarni nima qilamiz? Davlatning bu mollarni hibs qilib qo’yishi va sarmoya qilib yotqizishi joiz bo’ladimi? Ribo molidan keladigan pul qog’oz pul sifatida aynan o’zi harommi yoki haromlik ishga taalluqli bo’ladimi?

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh

1 – «Ribo mollarini nima qilamiz…», degan savolingizga javob, bu javob «Xalifalik davlatida mollar» kitobida bor, davlat g’ulul (haqsiz ravishda qo’lga kiritilgan mol), ribo, qimor… kabi noshar’iy yo’l bilan topilgan molni qanday tasarruf qilishi aniq bayon qilingan. Masalan 111-112 sahifadagi «hokimlardan va davlat xizmatchilaridan olib qo’yiladigan g’ulul (haqsiz ravishda qo’lga kiritilgan mol) moli, noshar’iy kasb moli va jarimalar moli» bobida quyidagilar kelgan:

«Voliylar, amaldorlar va davlat xizmatchilari noshar’iy yo’l bilan topgan mollar Baytulmol kirimlaridan bo’ladi, bunga Baytulmol kirimlaridan bo’ladigan narsalar ham qo’shiladi, shaxslar mulk qilib olish yoki mulkni o’stirishda foydalanish shar’an man qilingan yo’llar bilan topgan barcha mol ham bunga qo’shiladi, chunki u harom kasb qilish bo’ladi, shuning uchun mulk qilib olinmaydi.

Masalan kimki ribo yo’li bilan biron narsani topsa u harom bo’ladi va mulk bo’lmaydi. Chunki Alloh riboni harom qildi va ribo yo’li bilan molni o’stirishni harom qildi. Alloh Taolo dedi:

 ﴿الَّذِينَ يَأْكُلُونَ الرِّبَا لَا يَقُومُونَ إِلَّا كَمَا يَقُومُ الَّذِي يَتَخَبَّطُهُ الشَّيْطَانُ مِنَ الْمَسِّ ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا إِنَّمَا الْبَيْعُ مِثْلُ الرِّبَا وَأَحَلَّ اللَّهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبَا فَمَنْ جَاءَهُ مَوْعِظَةٌ مِنْ رَبِّهِ فَانْتَهَى فَلَهُ مَا سَلَفَ وَأَمْرُهُ إِلَى اللَّهِ وَمَنْ عَادَ فَأُولَئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ﴾

«Sudxo’r bo’lgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: Bay (oldi-sotdi) ham sudxo’rlikning o’zi-ku? – deganlaridir. Holbuki, Alloh bayni halol, sudxo’rlikni harom qilgan. Bas, kimga Parvardigoridan mav’iza-nasihat etgach (sudxo’rlikdan) to’xtasa, u holda avval o’tgani o’ziga va uning ishi Allohga (topshiriladi). (Ya’ni O’zi xohlasa afv qilar). Va kim (sudxo’rlikka) qaytsa, o’shalar jahannam egalaridir va unda abadiy qolajaklar» [Baqara 275]

Alloh Taolo yana dedi:

 ﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَذَرُوا مَا بَقِيَ مِنَ الرِّبَا إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ * فَإِنْ لَمْ تَفْعَلُوا فَأْذَنُوا بِحَرْبٍ مِنَ اللَّهِ وَرَسُولِهِ وَإِنْ تُبْتُمْ فَلَكُمْ رُءُوسُ أَمْوَالِكُمْ لَا تَظْلِمُونَ وَلَا تُظْلَمُونَ﴾

«Ey mo’minlar, Allohdan qo’rqingiz va agar chindan mo’min bo’lsangizlar, sudxo’rlik sarqitlarini tark qilingiz. (Ya’ni odamlarga bergan qarzlaringizdan chiqadigan foydani olmangiz). Endi agar (farmonimizni) qilmasangiz, u holda Alloh va payg’ambari tomonidan bo’lgan urushni bilib qo’ying! Agar tavba qilsangiz, dastmoyangiz o’zingizga – zolim ham, mazlum ham bo’lmaysiz» [Baqara 278-279]

Ribo molini kimdan olib eyilgan bo’lsa o’sha egalariga – agar ularning kimligi ma’lum, tanish bo’lsa – qaytarish lozim, agar kim ekanliklari ma’lum bo’lmasa musodara qilinib Baytulmolga qo’yiladi. Bu Muslim Jobirdan chiqargan

«لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ آكِلَ الرِّبَا، وَمُؤْكِلَهُ، وَكَاتِبَهُ، وَشَاهِدَيْهِ، وَقَالَ: هُمْ سَوَاءٌ»

«Rosululloh A ribo eyuvchini, uni ediruvchini, yozuvchisini va ikki guvohini la’natladilar va ular baravardir», dedilar degan hadis sharifda kelganidek ribo bilan muomala yurituvchilarga «uning eyuvchisiga, ediruvchisiga, yozuvchisiga va ikki guvohiga» uning oqibatida beriladigan shar’iy uqubat-jazoga qo’shimcha bo’ladi.

Kimki qimor yo’li bilan mol topsa u haromdir va mulk bo’lmaydi, shuning uchun uni egasiga qaytariladi. Egasi noma’lum bo’lsa musodara qilinib Baytulmolga qo’yiladi. Bu qimor bilan muomala yuritadigan kimsaga – u yutqazgan bo’lsin yoki yutgan bo’lsin, buning farqi yo’q – beriladigan shar’iy uqubat-jazoga qo’shimcha bo’ladi. Chunki qimor orqali mulkni o’stirish shar’an joiz bo’lmaydi. Chunki qimor harom qilingan. Alloh Taolo dedi:

 ﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنْصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ * إِنَّمَا يُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَنْ يُوقِعَ بَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاءَ فِي الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ وَيَصُدَّكُمْ عَنْ ذِكْرِ اللَّهِ وَعَنِ الصَّلَاةِ فَهَلْ أَنْتُمْ مُنْتَهُونَ﴾

«Ey mo’minlar, aroq (mast qiladigan ichimlik ichish), qimor (o’ynash), butlar (ya’ni ularga sig’inish) va cho’plar (ya’ni cho’plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo’lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo’lingiz! Ichkilik, qimor sababli shayton o’rtalaringizga bug’zu adovat solishni hamda sizlarni Allohni zikr qilishdan va namoz o’qishdan to’sishni istaydi, xolos! Endi to’xtarsizlar!» [Moida 90-91]

2 – Endi savolning ribo molining aynan o’zi yoki fe’l (ish) haromligi haqidagi ikkinchi qismiga kelsak, unga javob shuki, noshar’iy ish bilan topilgan molning o’zi harom emas, balki haromlik uni topish yoki o’stirish kayfiyatiga oiddir. Ammo molning o’zi harom emas. Masalan kimki mast qiluvchi ichimlik sotib yoki ribo yo’li bilan dinorlarni topsa dinorlarning o’zi harom bo’lib qolmaydi, balki haromlik ularni topish yoki o’stirish kayfiyatidadir. Shuning uchun dinorlarni harom yo’l bilan kasb qilib topgan kimsa ularni mulk qilib ololmaydi. Ammo dinorlarning o’zi harom bo’lmaydi, shuning uchun ularni musulmonlarning Baytulmoliga qo’yiladi va ulardan ularning ishlariga sarflanadi. Bundan faqat to’ng’iz va xamr (mast qiluvchi ichimlik) kabi aynan o’zi harom bo’lgan mol mustasnodir, chunki ular o’zi harom bo’lgan mollardir.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

26 zul-hijja 1435h

20 oktyabr 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.