Afyunning ulkan miqdorda ishlab chiqarilishi Afg’onistonning mustamlakachilar tomonidan bosib olinishi oqibatidir

447
0

Afyunning ulkan miqdorda ishlab chiqarilishi Afg’onistonning mustamlakachilar tomonidan bosib olinishi oqibatidir

Afg’onistonni qayta obodonlashtirish ishlari bo’yicha umumiy hay’atning – bu hay’at Afg’onistondagi AQShga qarashli rivojlantirish tadbirlarini himoya qilishga ham mas’ul doira hisoblanadi – so’nggi hisobotida «7.6 milliard dollar sarflanganiga qaramasdan, Afg’oniston hamon dunyoda eng ko’p afyun ishlab chiqariluvchi davlat bo’lib qolayotgani» aytiladi.

Amerika va NATO kuchlarining Afg’onistonga vahshiyona urush boshlashi ortidan ularning axborot vositalari tomonidan – afyun ishlab chiqarilishi va boshqa davlatlarga eksport qilinishi endi pasayadi, deya qilinayotgan da’volarga ayrim kishilar ishongandilar. Biroq voqeda bunday xato taxminning tamoman aksi bo’ldi, afyun ishlab chiqarilishi ortgandan ortib ketdi. Ya’ni urush boshida afyun ishlab chiqarilishi yiliga 138 tonnani tashkil qilgan bo’lsa, hozir bu raqam dahshatli ko’rsatkichni, 5500 tonnani ko’rsatmoqda. Bundan tashqari, afyun kashandalari soni 2005 yil 130 ming shaxsni tashkil qilgan bo’lsa, 2014 yilga kelib, ularning soni 1.3 millionga etdi va bu haqiqatda ulkan xavfdan ogohlantiruvchi raqam.

Ochiq ko’rinib turibdiki, Afg’onistonda ayni modda tijoratidan ulkan daromad ko’rayotgan, davlatlar AQSh va Britaniyadir.

Binobarin, bu mustamlakachilarning Afg’onistonda mavjud bo’lib turishi afyun ishlab chiqarilishi ortib ketishiga bevosita sababdir. Demak, bu davlatlar mudom yurtni istilo qilib turishar ekan, biz ayni xavfdan xalos bo’lolmaymiz. Zero, bu xavf tufayli kelasi yillarda yurtimiz butunlay hukmron bo’ladigan korruptsiya va siyosiy beqarorlikka yuz tutishidan tashqari, yoshlarimiz ayanchli darajada buzilmoqda.

Hizb ut-Tahrir-Afg’oniston viloyati matbuot bo’limi

E-Mail: hizbuttahrir.af@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.