Ikki partiya birlashdi, “Respublika-Ata Jurt” vujudga keldi

412
0

21F73835-F8AD-44A2-B353-80D02EC46784_w640_r1_s_cx4_cy13_cw93 Qirg’izistonda mashxur bo’lgan O’murbek Babanov asos solgan “Respublika” va Qamchibek Tashiev boshchiligidagi “Ata Jurt” partiyalari birlashishi natijasida yangi “Respublika-Ata Jurt” partiyasi vujudga keldi.

 20 oktyabr kuni Bishkekdagi opera va balet teatrida yangi tashkil etilgan va “Respublika- Ata Jurt” nomini olgan partiyaning ta’sis qurultoyi (s’ezd) bo’lib o’tdi.

 Parlamentdagi “Respublika” fraktsiyasi etakchisi Maqsat Sobirov, “ikki partiyaning birlashishiga asosiy sabab, mamlakatni shimol va janubga bo’lishga yo’l qo’ymaslik. “Ata Jurt” – janubiy partiya, “Respublika” – shimoliy. Biz odamlarni, xalqni birlashtirishni xohlaymiz”, -dedi va ikkinchi sabab qilib, “o’tgan safar (parlamentga) saylovlarda 29 partiya o’z namzodini ilgari surganligini, ulardan faqat beshtasigina o’tganligi”ni aytib o’tdi.

 Bundan xulosa qilish mumkinki, “Respublika” va “Ata Jurt” birlashib, 2015 yilda bo’lib o’tadigan parlament saylovlariga tayyorgarlik ko’rishmoqda, chunki yirik partiyalarda deputatlik mandatlarini ko’proq qo’lga kiritish imkoniyati yuqori bo’ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.